Tarkibiy bo'linmalar

  Bosh sahifa   

UZB         RUS        en.gif ENG

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyent - 2010
Talabalar hayoti
Bitiruvchilar
Ilmiy anjumanlar
2010 yil - "Barkamol avlod" yili
Muntazam Akademik seminarlar
International students guide

 

 

 

 

Samarqand davlat chet tillar instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Institut o’tgan o’n yildan sal ko’proq vaqt mobaynida respublikamizning oliy va xalq ta’limi sohasiga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, xuddi shuningdek tarjimonlar tayyorlashning yirik markazlaridan biriga aylandi.

samsifl1.jpg Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, haq-huquqi uchun kurashadigan, o’z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko’rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar ma’naviy merosini, umumbashariy qadriyat va kashfiyotlarni barobar o’zlashtirmoqdalar. Yuragida milliy iftixor tuyg’usi, Vatan muhabbati jo’sh urgan bilimdon, dono, tadbirkor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilaydigan buyuk kuchdir.

Jamiyatda iqtidorli, yetuk, xorij tillarini mukammal biladigan yosh kadrlar qancha ko’p bo’lsa, taraqqiyot ham shunchalik yuqori bo’ladi va, ayni vaqtda, yurt osoyishtaligi, siyosiy iqtisodiy barqarorlik kafolati yuzaga keladi.

Shuning uchun ham mustaqillikning ilk yillaridanoq O’zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, unda belgilab berilgan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Aslida salohiyatli mutaxassis kadrlar - O’zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Institut o’tgan o’n yildan sal ko’proq vaqt mobaynida respublikamizning oliy va xalq ta’limi sohasiga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, xuddi shuningdek tarjimonlar tayyorlashning yirik markazlaridan biriga aylandi.

Hozirgi paytda institutda 4 fakultet, 19 kafedra, 14 til va madaniyat markazlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, mintaqaviy til o’rgatish markazi, nashr-matbaa markazi, akademik lesey, 14 ta bo’lim, ilmiy kutubxona mavjud.

Institutda 6 yo’nalishda bakalavriatura, 4 mutaxassislik bo’yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo’yicha aspirantura faoliyat ko’rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo’ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, majlislar zali, 250 o’rinli oshxona mavjud.

Joriy o’quv yilida institutda 2343 nafar talaba, 13 nafar aspirant tahsil olmoqda. Ilmi toliblarga fan sirlarini o’rgatish, ta’lim jarayonini faol olib borish uchun salohiyat mavjud. 247 nafar professor-o’qituvchilar, shundan 18 nafar fan doktorlari, professorlar, 68 nafar fan nomzodlari, dosentlar, 151 nafar o’qituvchi mehnat qilmoqda. Shuningdek, institutimizda 15 ga yaqin xorijlik mutaxassislar  ishlamoqda.

O’tgan o’quv yili davomida 1 ta doktorlik, 3 ta nomzodlik dissertasiyasining himoyasi o’tdi.

Institut olimlari 2009 yilda mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 250 maqola, 4 ta konferensiya materiallari va ilmiy axborotlar, 3 ta monografiya, 4 ilmiy to’plam, 2 ta darslik (shu jumladan, 3 ta elektron darslik) va 18 ta o’quv qo’llanmalari, 5 ta risola yaratdi. «Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim» jurnali muntazam chop etilmoqda.

Institut 260044 ming kitobni jamlagan ilmiy-o’quv kutubxonaga ega.

«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-aloqa texnologiyalarini qo’llash borasida»gi Prezidentimizning Farmoni va Vazirlar Mahkamasi qarori bo’yicha ham institutda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda institutda 262 ta kompyuter mavjud. Ulardan 109 tasi lokal tarmoqqa ulangan, 2 ta lingofon sinfi, 7 ta kompyuter sinfi ishlab turibdi. Hozirgi paytda institut  “ZiyoNet” tarmog’iga tutashtirilgan. Keyingi ikki yil davomida institutning 30 nafar professor o’qituvchilar xorijiy davlatlarda o’z malakalarini oshirib, ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganib kelishdi.

Institutda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari natijasida fransuz, nemis, koreys, turk, arab, yapon, italyan, fors, rus tili va madaniyati kabi markazlar, Koreya kompyuter markazi, italyan bo’limi markazi, yapon lingafon sinfi faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, institutda Murabbiylar va ustozlar, Vasiylar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Institutda mamlakatimizning ko’plab chekka qishloqlaridan kelib, saboq olayotgan yuksak salohiyatli, iqtidorli talabalar ko’p. Bunday umidli yoshlarni xorijdagi nufuzli oliygohlarda o’qitish va ularga har tomonlama chuqur ta’lim berish borasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Institutda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablariga mos ravishda tuzilgan tashkiliy, ma’naviy, ma’rifiy, o’quv-uslubiy, ilmiy, iqtisodiy va xalqaro aloqalar sohasidagi rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan istiqbol rejasi mavjud.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006-2010  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Manzil: 140104, O'zbekiston, Samarqand shahri, Bo'stonsaroy ko'chasi 93 uy

Telefon / Fax: +998 66 2337843, E-mail: info@samsifl.net

Web-masters Burnashev R.F.