|
Axborot texnologiyalari
markazi
O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 23.05.2001 yilgi
qarorini amalga oshirish maqsadida Institut rektorining
buyrug’iga asosan “Axborot texnologiyalar markazi” ochildi.
Axborot texnologiyalari markazi boshlig'i fizika matematika
fanlari nomzodi Amonov Adham Kamolovich.
Markazning
vazifalari quyidagilardan iborot:
- Institutda
o’quv jarayoniga o’quv texnologiyalarini kiritish.
- Institutda
lokal tarmoq faoliyatini taminlash.
- Institutda
ta’lim jarayonini avtomatlashtirish (UNICOS).
- Tarmoqlar,
kompyuterlar hamda telekomunikasiya jixozlarini
ishlashni ta’minlash .
- Institut
veb saytini tuzish va uni yangilab turish.
- Masofaviy
ta’lim va yangi axborot texnologiyalarbo’yicha
elektron dasturlar yaratish.
- Institutda
(vertual) kutubxona yaratish.
- Institutning
halqaro va mahalliy axborot tarmoqlari va manbalariga
bog’lanishini ta’minlash.
SamDChTI
axborot texnologiyalar markazi quyidagi bslimlarni o’z
ichiga oladi:
- Axborot
va texnik ta’minot bo’limi.
- “O’quv
ta’lim resurslari va dasturlash ” bo’limi.
“Axborot
va texnik ta’minot” bo’limining asosiy vazifalari”
- Tarmoqlar
faoliyatini boshqarish.
- Institut
veb saytini tuzish va elektron pochta serverini
boshqarish.
- Institutida
UNICOS ta’lim dasturi faoliyatini avtomatlashtirish.
- Institut
texnik va operasion tizim jixozlarini
ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish.
- -
Internet xizmatini tashkil etish.
- Internet
tarmog’ini tuzish va uni zamonaviylashtirish.
- IP-
texnologiyalarini kiritish.
- Ma’lumotlar
xavfsizligini ta’minlash
O’quv
ta’lim resurslari va daturlash bo’limining asosiy vazifalari:
- Elektron
o’quv darsliklari va virtual stendlar tuzishga
va yangilashga ko’rsatmalar berish.
- Elektron
darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari,
o’quv rejalari va institut nashrlarining to’plamini
tuzish.
- Elektron
darsliklariga prezentasiyaar tuzish
- O’quv
jarayoniga ilg’or dasturlar tuzish va ularning
ishlashini nazorat qilish.
Rektorat,
axborot texnologiyalar markazi, dekanatlar, kafedralar,
bo’limlar va kompter o’quv sinflaridagi barcha kompterlar
umumiy lokal tarmoqqa ulangan bo’lib, 100 Mbit/s tezlikda
ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega. Ular o’rtasida
ma’lumot almashinuvi ichki elektron pochta orqali amalga
oshiriladi.
Internet
tarmog’iga institutning barcha nuqtalaridan professor
o’qituvchilar, aspirantlar, magistr va talabalar bog’lanish
imkoniyatiga ega. Institut lokal tarmog’iga 100ga yaqin
kompter bog’langan.
Institutning
har bir binosi alohida server bilan ta’minlanib, bino
ichida, binolararo tezkor ma’lumotlar almashish imkoniyatiga
ega.
Shuningdek,
audio-vidio texnikalari bilan jihozlangan xonalar mavjud
bo’lib, u yerda vidio konferensiyalar, slaydlar yordamida
o’tkaziladigan ma’ruzalar, prezentasiyalar namoyish
qilish imkoniyati ham mavjud.
Hozirgi
kunda institutning axborot resurslari o’z ichiga magistr
va bakalavr yo’nalishi bo’yicha 100 dan ortiq turli
xil qo’llanmalarni oladi.
Uchta
multimediali o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi
patentlash idorasi ro’yxatidan o’tkazilib, o’quv jarayonida
keng ko’lamda ishlatiladi.
|