|
Samarqand
davlat chet tillari instituti Sharq tillari kafedrasi
qoshidagi “Turk tili va madaniyati markazi”
SamDChTIda
Sharq tillari kafedrasi qoshidagi “Turk tili
va madaniyati markazi” 1996 yilning dekabr oyida e’tiboran
Turkiya elchixonasi hamda bir qator ta’lim tashkilotlari
yordamida tashkil etildi va shu tashkilotlar va elchixonalar
xomiyligida barcha zamonaviy texnik vositalar jihozlandi.
Markaz institutning ko’zga ko’ringan markazlaridan
biri hisoblanadi. Turk tili markazi 2005 yilda ushbu
markaz qayta jihozlangandan so’ng nafaqat institut talabalariga
balki ilmiy sohalarda izlanishlar olib boratgan tadqiqotchi
va aspirantlar ham kelib markaz adabiyot va jurnallaridan
foydadanishmoqda, hozirda 103 nafar aspirant, magistr
talabalar ikkinchi til sifatida tahsil olishmoqda.
Shu kunga qadar 400ga yaqin talabalar Turk tili va madaniyatidan
tahsil oldi. Markaz kutubxonasida 1000 dan ortiq
ilmiy-ommabop adabiyotlar va darsliklar mavjud bo’lib
talabalar, nafaqat turk tili bilan balki turk xalqi
madaniyati, tarixi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Markaz
Turkiya elchixonasi yordamida doimo Turkiyalik mutaxassis-o’qituvchilari
bilan ta’minlab turadi. Bular qatoriga institutda 1996
yildan 2004 yilgacha “Turk tili va madaniyati” markazida
turk tilidan talabalarga saboq bergan Turkiyadan Janob
Mustafa Chetin va 2004 yildan buyon esa janob
Po’lat Zeynellar faoliyatini kiritishimiz mumkin. Qolaversa,
ushbu markazda instntumiz o’qituvchilaridan F.Nurmuxammedov
va B.Fattayevlar talabalarga turk tilidan mashg’ulotlar
olib borishmoqda.
TIKA
tashkiloti markazni kompyuter, televizor, printer kabi
texnik jihozlar bilan ta’minlab, markaz faoliyatini
yanada yaxshilashga yaqindan kumak berdi. Qolaversa,
ushbu tashkilot turk tilidagi ilmiy adabiyotlar, lug’atlar,
ensiklopediyalar kabi qimmatbaho kitoblarni taqdim etamoqda.

|