|
Mintaqa
til o'rganish markazi faoliyati
2005-2006
o'quv yili uchun
Respublikamizda
xorijiy tillarni keng ko’lamda o’qitishni
tubdan takomillashtirish, o’quvchi yoshlarni
va mutaxassislarni jaxon fani va texnikasi
yutuqlaridan bevosita bahramand etish, ularni
xorijda ko’plab o’qitish va tajriba orttirishga
yuborishni yo’lga qo’yish maqsadida 1991
yil 1 avgustda Vazirlar Maxkamasining qarori
chiqqan edi.

Markaz
direktori Ilyasov I.I.
Shu
qarorga asosan Til o’rganish markazi 1991
yil 10 avgustdan faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Til o’rganish markazida 3 oylik va 6 oylik
nemis, fransuz, o’zbek, ingliz tillari sohasida
kurslar ochilgan. Har bir kurslar uchun
rejalar tuzulgan va raxbar tomonidan tasdiqlangan.
O’qituvchilar o’z rejasiga ega va shu reja
asosida dars o’tishadi.
Amerikalik
o’qituvchilar, o’quvchilarni suhbat asosida
qabul qilishlari uchun markaz ma’muriyati
to’liq sharoit yaratib beradi. Darslar markazning
o’zida o’qitiladi.
Tinglovchilar
suhbat asosida bilimlariga qarab guruhlarga
bo’linadilar. Ingliz bo’limida o’qiyotgan
guruhlar boshlang’ich, o’rtacha va erkin
gapiradigan guruhlarga bo’lingan. (10 oylik,
6 oylik va 3 oylik kurslar). Darslar o’zbek
va rus tillarida olib boriladi. Tinglovchilarning
yoshi 7 yoshdan 50 yoshgacha.
|