|
|
O’zbek
tili va adabiyoti markazi
SamDChTIda
«O’zbek tili va madaniyati markazi» institut
professor-o’qituvchilarining sayi harakatlari bilan
1998 yilda tashkil etildi. Markazda institutning o’zbek
tilini o’rganmoqchi bo’lgan xorijlik talabalar, rus
guruhlari talabalari va o’zbek tili guruhi talabalari
mashg’ulotlarda qatnashadilar. O’zbek tilshunosligining
barcha soxalari mo’ljallangan darslik o’quv qo’llanmalar,
kitob-jurnallar, zamonaviy texnik jihozlar (audio, video
kassetalar, lug’atlar, ijtimoiy, siyosiy qo’llanmalar)
bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, o’zbek adabiyotining
yirik vakillarining asarlari, xalq og’zaki ijodi namunalari,
o’zbek klassik adabiyotining namunalari topish mumkin.
Markazda
turli davra suhbatlari, talabalar bilan uchrashuvlar,
O’zbek tiliga bag’ishlangan bayramlar, Navoiyxonlik,
Bobur singari buyuk siymolarning tavallud kunlariga
bag’ishlangan adabiy, badiiy kechalar o’tkaziladi.
O’zbek tili markazida professor N.Turniyozov, dosentlar
A.Raximov, N.Begaliyev, X.Xayrullayevlar talabalarga
mashg’ulotlar olib borishmoqda.
Institutga
tashrif buyurgan hozirda faoliyat olib borayotgan o’zbek
yozuvchi va shoirlaridan Barot Boyqobilov, Normurod
Narzullayev, Xosiyat Bobomurodova, Orif Xoji, Shavkat
Xasanov, Uyg’un Ro’ziyev, Nodir Jonuzoš, Orif To’xtash,
G’ayrat Sa’dullayev, Voxid Luqmonov singari ijodkorlar
uzbek tili markazda talabalar bilan uchrashuv va mushoiralar
o’tkazgan. Bu ijodkorlar o’z ijod namunalaridagi sara
asarlaridan taqdim etganlar. Bulardan tashqari markazda
taniqli adabiyotshunos va tilshunos olimlar ham davra
suhbatlarida ishtirok etganlar. Jumladan, O’zbekiston
Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari
- professorlar To’ra Mirzayev, Aziz Qayumov, Abduqodir
Haitmetov, Mamatqul Jurayev, Fozila Sulaymonova, Botirxon
Valixo’jayev, Saidulla Mirzayev, Xotam Umurov, Raxmonqul
Orzibekov kabi olimlar ham davra suhbatlarda qatnashgan.

|
|