|
|
Rus
tili va madaniyati markazi
SamDChTIda
“Rus tili va madaniyati markazi” 1998 yil iyun oyida
Rossiya Federasiyasining O’zbekistondagi elchixonasi
moliyaviy yordamida ochildi. Markazning tantanali ochilish
marosimida bir qancha hurmatli mehmonlar tashrif buyurishdi,
jumladan, Rossiya Federasiyasining O’zbekistondagi Favqulotda
va Muxtor elchisi A.Pasev, «Almamater» (Oliy
maktab xabarnomasi) jurnalining bosh muxarriri O. Doljenko,
A.S.Pushkin nomidagi Rossiya Davlat rus tili instituti
prorektori V.A.Tatarinov va boshq.
“Rus
tili va madaniyati markazi”ga har yili bir nechta professor
va o’qituvchilar turli davlatlardan tashrif buyurishadilar,
shuningdek markazda rus xalqi va tarixiga bag’ishlangan
uchrashuvlar va she’rxonlik kechalari uyushtiriladi.
Ushbu mehmonlar institut talaba va o’qituvchilari bilan
uchrashuvi davomida zamonaviy Rossiya va rus xalqi madaniyati
haqida mehmonlar ma’lumot berishadi.

1999
yil “Rus tili va madaniyati markazi”ga Rossiya Federasiyasining
O’zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi V.Dinnza tashrif
buyurdi. Bundan tashqari, “Rus tili va madaniyati markazi”ga
juda ko’p taniqli va faxriy mehmonlar tashrif buyurishadilar,
jumladan, Rossiya Xalqaro Fpnlar Akademiyasining Oliy
maktabi prezidenti V.Shukshinov, Oliy Majlis deputati,
O’zbekistondagi rus madaniy markazi raisi S.I.Zinin,
Davlat Til Akademiyasi vakili janob Alimov, “Izvestiya”
gazetasining xalqaro bo’limi vakili janob Charodeyea
va boshq.
Markaz
qoshidagi kutubxonada 640 dan ortiq kitoblar mavjud.
Ular orasida qo’yidagi kitoblarni alohida ko’rsatishimiz
mumkin: Adabiy Ensiklopediya (9 tom), Zamonaviy rus
adabiy tilining lug’ati (17 tom), Rossiya tarixi (15
tom), Rus tili grammatikasi (3 tom), So’z yasovchi lug’at
(3 tom), Rus xalqi shevalarining lug’ati (11 tom), Jonli
buyuk rus tilining lug’ati (4 tom), Pushkin tilining
lug’ati (4 tom), shuningdek markazda buyuk rus shoiri
va yozuvchilarning to’plamlari mavjud, jumladan, A.S.Pushkin
(4 tom), L.Tolstoy (11 tom), A.P.Chexov (18 tom), V.Mayakovskiy
(6 tom), Ya.Ivashkevich (8 tom), K.Semyonov (10 tom)va
boshqalar.
|
|