Tarkibiy bo'linmalar

  Markazlar

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyentlarga

 

 

 

 

Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german filologiyasi fakulteti qoshidagi Fransuz tili va madaniyati markazining faoliyati haqida

Fransuz tili va madaniyati markazi Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil topgandan so’ng 1997 yilda tashkil etildi. Unga Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan o’quv jarayoni uchun kerakli bo’lgan turli xil texnik vositalar tuhfa etildi. 2002 yil markaz qayta ta’mirlanib, jihozlandi. Markazning ochilishida Fransiyaning O’zbekistoindagi elchixonasi madaniy ishlar bo’yicha atashesi Jaklin xonim Plesi qatnashdi.

O’tgan yillar davomida markaz turli xil o’quv materiallari, texnik vositalar va darsliklar bilan boyitildi. Hozirgi kunda markazda o’quv mashg’ulotlari uchun kerakli bo’lgan darslik va badiiy adabiyotlar soni qariyb 2000 donaga yetdi. Markaz juda shinam jihozlangan bo’lib, sug’ullanish uchun juda qulay.

Markazda nafaqat fakultet talabalariga, balkim  butun Samarqand shaxrida fransuz tilini o’rganish ishtiyoqida bo’lganlarga ham barcha sharoitlar yaratilgan.

Ushbu markazda har yili bir marta Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tilini o’rgatishning dolzarb muammolariga bag’ishlangan amaliy - uslubiy semenar tashkil etiladi. Ushbu seminar 3-4 kun davom etib, unga Respublikamizning turli o’quv yurtlaridan mutaxassislar taklif etiladi. Seminarni fransiyalik uslubiyotchi mutaxassislar olib borishadi. Bundan tashqari markazda turli uchrashuv va kechalar tashkil etib turiladi.

Markaz Fransiyaning Viktor Gyugo instituti, Fransiya elchixonasi va Belgiya elchixonasi bilan hamkorlik qiladi.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Web-master Burnashev R.F. & Vohidov O.O.