|
Samarqand
davlat chet tillar instituti roman - german filologiyasi
fakulteti qoshidagi “Nemis tili va madaniyati markazi”
Nemis
tili va madaniyati markazi (o’z navbatida o’quv zali)
1997 yilda nemis fililogiyasi fakulteti qoshida tashkil
topdi. Markazning ochilishida Germaniyaning o’sha vaqtdagi
favqulotda va muxtor elchisi Dr. Reinhard Bindseil va
boshqa elchixona vakillari qatnashishgan edi. U ushbu
markazga ko’plab darsliklar, badiiy adabiyotlar va zamonaviy
multimedia vositalari tuhfa etdi.
2002
yil markaz qaytadan ta’mirlandi va jihozlandi. Markazga
ko’plab o’quv materiallari, darsliklar, texnik vositalar
xorijlik hamda respublikamizdagi hamkorlarimiz orqali
olib kelindi. Markazning ravnaq topishida 1996-2001
yillar davomida fakultetda faoliyat ko’rsatgan Winfried
Scholten va uning rafiqasi Traudl Scholtenlarning xizmatlari
katta bo’ldi. Ular markazda turli bayramlar, konsertlar,
uchrashuvlar va seminarlar tashkil etishdi. Ushbu an’anani
keyinchalik DAAD lektorlari Dr. Annette Krämer
va Dr. Heiner Dinteralar davom ettirishdi.
O’tgan
9 yil davomida nemis tili va madaniyati markazi eng
zamonaviy o’quv materiallari va dars jarayoni uchun
zarur bo’lgan barcha texnik vositalar bilan ta’minlandi.
Hozirgi kunga ushbu markazda turli xildagi ensiklopediyalar
(Jahon adabiyoti ensiklopediyasi, til ensiklopediyasi,
jahon tarixi ensiklopediyasi), grammatikaga oid 20 tomlik
nazariy va amaliy adabiyotlar, 2500 ga yaqin badiiy
adabiyotlar, 100 dan ziyod videokasseta va compakt disklar
va boshqa ko’plab materiallar mavjud. Markaz o’z salohiyati
bo’yicha Respublikadagi nemis tili va adabiyoti o’quv
zallari ichida etakchi o’rinni egallaydi.
Markaz
Germaniyaning DAAD, Goethe-institut Internationes, ZFA,
Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi va Avstriya
konsulligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
|