|
Samarqand
davlat chet tillari instituti bir necha markazlar qatorida
arab tili va madaniyati markazi faoliyat yurgizib kelmoqda.
1996 yildan boshlab arab tili ikkinchi til mutaxassisligi
sifatida o’rganila boshladi. 1998 yilda Toshkent
shahridagi Misr Arab Respublikasi elchixonasi sayi -
harakati va moliyaviy ko’magi bilan institutda “Arab
tili va madaniyati” markazi tashkil etildi.
Hozirgi
kunda institut ingliz filologiyasi fakultetining beshta
guruhlarida arab tili ikkinchi til mutaxassisligi sifatida
o’rganilmoqda. Hozirga qadar arab tili mutaxassisligi
bo’yicha 80ga yaqin talabalar o’z bilimlarini olishdi.
Markazda arab tili mutaxassisligi bo’yicha 4 nafar o’qituvchi,
jumladan, Abdusalom Rubbi Izzat Misr Arab Respublikasidan
tashrif buyurib dars berib kelmoqda.
Markazda
arab tilini o’rganish yaxshi yo’lga qo’yilganligi sababli
Respublika olimpiadalarida institut talabalari nufuzli
o’rinlarni egallashmoqda. Masalan 2003-2004 o’quv yilida
Tohirova Zilola Respublika olimpiadasida 2-chi urinni,
2004-2005 o’quv yilida esa 3 o’rinlarni egalladi. Ingliz
filologiyasi talabasi Omonov Ixtiyor Toshkent shahrida
“Misr madaniyati markazi” tomonidan o’tkazilgan tanlovda
g’olib chiqib, 2006 yilning mart oyida Misrning Al-As’har
universitetiga 1 yil muddatga o’qishga taklif
qilingan.
Institutga
har yili xorijdan taniqli mehmonlar tashrif buyuradi,
shu jumladan 2005 yil iyun oyida Misr Arab Respublikasi
elchixonasi qoshidagi madaniyat markazi direktori janob
Magdi M.Morsi Zaabal institutimizga tashrif buyurgan
va talabalarga Misr madaniyati va tarixi haqida ma’ruza
o’qidi.
|