Tarkibiy bo'linmalar

  Institut tarixi

 

 

 

 

Bosh sahifa
Yangiliklar
Institut tarixi
Institut tuzilmasi
Rektorat
Fakultetlar
Bo'limlar
Markazlar
Axborot resurslari
Abituriyent - 2010
Talabalar hayoti
Bitiruvchilar
Ilmiy anjumanlar
2010 yil - "Barkamol avlod" yili
Muntazam Akademik seminarlar
International students guide

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini mustahkamlash va uni saqlash ko’p jihatdan bilimli, qobiliyatli, uddaburon yoshlarga bog’liqdir. Yoshlarni har tomonlama to’la shakllangan, jamiyatning barkamol a’zolari sifatida tarbiyalab voyaga yetkazish oliy ta’lim tizimining eng muhim vazifasiga aylanib bormoqda. Bunday vazifalarni amalga oshirish ta’lim tizimini jahon andozalari darajasida qayta qurish va chet tillarni mukammal o’rganish va o’rgatish orqali ta’minlanishi lozim.

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy tillar sohasida kadrlar tayyorlashni jadallashtirish, mintaqadagi korxonalar va muassasalarning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-noyabr farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-noyabr qarori asosida Samarqand Davlat Universiteti tarkibidagi chet tillar fakulteti Chet tillar instituti sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Yangi tashkil etilgan institutning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi: filologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, chet tillar bo’yicha pedagoglar, tarjimonlar va ekskursiya olib boruvchilar, maktabgacha tarbiya pedagoglari ( chet tili mutaxassisligi bilan ) tayyorlash, o’quv jarayonida yangi jadal o’qitish texnologiyalarini joriy qilish va institut moddiy texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va studentlarning ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish.

Navqiron institut O’zbekiston Respublikasining madaniy ijtimoiy hayoti va uning kelajakdagi rivoji uchun ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Institutning mazmunli faoliyati davomida quyidagi asosiy yo’nalishlar amalga oshirildi: 4 ta fakultet, ingliz filologiyasi fakulteti, roman-german filologiyasi fakulteti, koreys filologiyasi va maktabgacha ta'lim (chet tili bilan) fakulteti, malaka oshirish fakultetlari o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda italyan, arab, fors, turk, koreys tillari ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. 1995-yildan beri Samarqand davlat chet tillar instituti 3745 ta yosh mutaxassislarni yetkazib berdi.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2006  SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

Web-master Burnashev R.F. & Vohidov O.O.