Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Nemis filologiyasi kafedrasi
f.f.n., dotsent Begmatov Muxtor Begmatovich Kafedra mudiri: f.f.n., dotsent Begmatov Muxtor Begmatovich

Telefon: (+99891)5216093

Elektron manzili: begmatov1953@umail.uz 

 

 

 

Kafedra tarixi

Nemis filologiyasi kafedrasining tarixi SamDUda chet tillari fakulteti tashkil etilgan davrlarga borib taqaladi. Kafedra o`z faoliyatini 1994-yil Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etilgandan boshlab, nemis filologiyasi fakultetida davom ettira boshladi. Kafedrada ko`p yillar davomida mashhur germanist olimlar faoliyat ko`rsatishgan. Bular jumlasiga: prof. M.M.Nusharov, prof.M.Sh.Mamatov, prof.B.T.Tursunov, dots. G`.E.Ergashev va boshqalarni kiritish mumkin. Kafedra ilmiy faoliyati bo`yicha nafaqat institutda, balki Respublika miqiyosida ham yetakchi o`rinda turadi. O’tgan yillarda Nemis tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi ham tashkil topgan bo’lib, dastlabki paytlarda unda dots.X.S.Samadov, dots.X.S.Ibragimova, dots.K.N.Nomozov, dots.G’.I.Ergashev, prof.B.T.Tursunov, dots.O.I.Veydo, dots.K.A.Turniyozova, dots.X.Mirsaidova, R.M.Xusainova/Allayevalar faoliyat ko’rsatishgan. Kafedraga dots. X.S.Samadov, dots.X.S.Ibragimova, dots.K.N.Nomozov, dots.P.J.Nazarov, o’q.O.Jumayev, dots.B.Ya.Primovlar mudirlik qilishgan. 2014-2015 o’quv yilida nemis filologiyasi va nemis tili fonetikasi va grammatikasi kafedralari birlashtirilib bitta Nemis filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. Joriy yilda kafedra tarkibiga ingliz filologiyasi yo’nalishi ham qo’shildi. Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professorlar, 8 ta fan nomzodlari, dotsentlar, 2 ta katta o’qituvchi, 21 ta o’qituvchilar faoliyat ko’rsatishmoqda. Kafedra a’zolaridan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Rossiya ijodkorlar akademiyasining akademigi, prof. A.M.Bushuy, prof. B.H.Rizayev kabi olimlar butun Respublikada taniqli, ularning ko`pchilik shogirdlari turli oliy o`quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Kafedra mutaxassislari nemis tili yo`nalishi bo`yicha har yili eng iqtidorli talabalarni turli konkurs va olimpiadalarga tayyorlashadi. Masalan, 2009-yil may oyida bo`lib o`tgan Respublika olimpiadasida 4-kurs talabasi Ulug`bek Jahongirov faxrli 3-o`rinni, 2013 yil Jahongirov Ruslan 2-o’rinni olib, faxriyyorliq va medallarbilan taqdirlanishdi. Har yili talabalarimiz Germaniyaning turli universitetlarida ta'lim olib qaytishmoqda. Respublika til olimpiadasining 2-bosqichida qatnashgan talabalarimiz esa muntazam 1,2,3-o'rinlarni egallab kelishmoqda. Lingvistika(nemis tili) yo'nalishi II kurs magistranti Odilova Matluba 2012-2013-o'quv yilida O'zbekiton Respublikasi Prezidenti Stipendiyasi sovrindori bo'ldi. Kafedra qoshida "Germanist" to'garagi tashkil etilgan. Nemis filologiyasi kafedrasida ko'plab magistr va doktorantlar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Kafedraning umumiy ilmiy yo'nalishi "Matn lingvistikasi va unga xos kategoriyalar" mavzusi hisoblanadi. Ilmiy-o'quv ishlari sohasida xorijlik hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda. Kafedra quyidagi davlat va shaharlar oliy o'quv yurtlari bilan ilmiy aloqadadir: Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Estoniya, Qozog'iston, Germaniya, Vengriya, Avstriya, Finlyandiya, Nukus, Termiz, Qarshi, Jizzax,Toshkent, Andijon.

Hozirga qadar quyidagilar kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko'rsatishgan (nemis tili nazariy va amaliy fanlar kafedrasi): Sobirova O.B., Mamatov M.Sh., Rizayev B.H., Ergashev G'.E., Sattorov R. T., Primov B. Ya., Tursunov B.T., Elmurodov N. Hozirgi kunda dots. M.B.Begmatov nemis filologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili)
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz  tili)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120100 –Lingvistika (nemis tili)

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • Mamlakatshunoslik
  • Chet tili tarixi
  • Asosiy o‘rganilayotgan til (nemis, ingliz tillari)
  • Chet tili o‘qitish metodikasi
  • Stilistika va matn tahlili
  • Qiyosiy tipologiya
  • Chet tili o’qitishning kommunikativ metodlari
  • Leksikologiya
  • Ommaviy axborot vositalari
  • Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti
  • Nazariy fonetika
  • Nazariy grammatika
  • Ikkinchi chet tili (nemis tili)

Magistratura:

  • Asosiy chet (nemis) tili   
  • Lisoniy  tadqiqot metodlari
  • Qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari
  • Kognitiv lingvistika
  • Matn lingvistikasi
  • Nisbat kategoriyasi

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  1. Dots.Begmatov  Muxtor
  2. Prof.Bushuy Anatoliy Mixailovich
  3. Prof.Rizaev Bahodir Haydarovich
  4. Dots.Elmurodov Nematulla
  5. Dots.Primov Bahodir YArashovich
  6. Dots.Ilyosov Ibadulla
  7. Dots.Namozov Keldiyor Nomozovich
  8. Dots.Jabborov Salim
  9. Dots.Tog‘aev Fayzullo Hamdamovich
  10. Dots.Yaxshiev Ashur Abdievich
  11. Kat. o‘qit.Shtefan Kel
  12. O‘qit.Raxmatova Mehriniso
  13. O‘qit.Risaeva Oksana
  14. O‘qit.Shoimov Amriddin
  15. O‘qit.Bektemirov Zohid
  16. O‘qit.Ko‘chiev Malik
  17. O‘qit.Mamasoliev Ikrom
  18. O‘qit.Jumaev Orifjon
  19. Kat.o‘qit.Sodikova Nazokat
  20. O‘qit.Qayumova Nilufar
  21. O‘qit.Masariddinova Ra’no
  22. O‘qit.Azimova Nazifa
  23. O’qit.Azimqulova Gulnoza
  24. O’qit.Jabborov Abdug’ofur
  25. O‘qit.Tursunov Ahmad                 
  26. O‘qit.Eshonqulov Otabek
  27. O‘qit.Anna Kel                              
  28. O‘qit.Abduraxmonov Sirojiddin
  29. O‘qit.Begmatov Quvonchbek
  30. O‘qit.Galiullov Marat
  31. O‘qit.Mukarramxadjayeva Taxmina
  32. O’qit.Azizova Dildora
  33. O’qit.Yakubova Madina

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

1.“Zeitungen im Deutschenterricht”. Chet tili darslarida gazeta materiallaridan foydalanish  bo’yicha  o’quv uslubiy qo’llanma (M.B.Begmatov).

2.“Nemis tili ikkinchi chet tili sifatida”. O‘quv uslubiy qo‘llanma (Katta o‘qit. Sodiqova N.G‘. o‘qituvchi Begmatov Q.M.).

3. Nisbat kategoriyasi fanidan ma’ruzalar matni (N.Elmurodov).

4. Nemis tili darsini o‘tishda ishlatiladigan so‘z va iboralar. O’quv uslubiy qo’llanma (S.Jabborov)

Kafedrada 2014 yildan boshlab  “Zamonaviy filologiya va lingvodidaktika masalalari” nomli ilmiy maqolalar to’plami chop etilishi  rejalashtirilgan.

Kafedra manzili: Roman-german filologiyasi fakulteti 5 qavat 51 xona