Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Informatika kafedrasi
Amonov  Adham Kamolovich Kafedra mudiri: Amonov Adham Kamolovich

Telefon: (+99890) 276-47-07
Elektron manzili:  ak-adkham@umail.uz

 

 

 

Kafedra tarixi
Fakultetlararo Informatika kafedrasi 1999-yilda tashkil etilgan. Kafedra 1999-2007 yillarda “Informatika va o’quv jarayonini avtomatlashtirish” kafedrasi, 2007-2012 yillarda “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi va 2012 yildan buyon fakultetlararo “Informatika” kafedrasi deb yuritiliadi.

Kafedraga 1999-2007 va 2009-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dosent Eshonqulov Dulan Tugalovich, 2007-2009 yillarda kimyo fanlari nomzodi. Seit-Enon Madina Abxairovna rahbarlik qilgan.

Hozirgi kunda kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko’rsatadi. Ulardan  bir nafari fan doktori, to’rt nafari fan nomzodlaridir.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan institut barcha fakultetlarining  I-II kurslariga «Informatika va axborot texnologiyalari», II kurslarida «Axborot texnologiyalari nitegrasiyasi asosida oily ta’lim samaradorligini oshrirsh» tanlov fani, magistraturaning I kursiga «Axborot tizimlari» fanlaridan nazariy va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.

O’quv jarayonini pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish uchun institutda 8 ta maxsus kompyuter sinflari, elektron doska bilan jixozlangan innovatsion markaz mavjud. Barcha kompyuterlar institut lokal tarmog’iga ulangan bo’lib bevosita dars jarayonida talabalar internet tarmog’iga ulanishlari mumkin.

O’qituvchilar va talabalar o’zlarinining shaxsiy login va parollari orqali elektron pochta xizmatidan va internet xizmatidan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tadbiq etish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan MOODLE ochiq platformali masofali  oqitish tizimida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan I va II kurs tlabalari   uchun o’quv kurslari yaratildi.

Institutda MOODLE masofali oqitish tizimini joriy etish maqsadida kafedra professori, p.f.d. M.X. Lutfillayev, kafedra mudiri, f.-m.f.n. A.K. Amonov, o’qituvchi F.U.Anarbayevalar tomonidan ushbu tizimni boshqarish, tizimdan foydalanish, yangi kurslar yaratish bo’yicha qator seminar-treninglar o’tkazildi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini I-II kurs talabalari ushbu masofali o’qitish tizimidan to’liq foydalangan holda o’zlashtirishlari yo’lga qo’yildi.

Kafedrada o’qitilayotgan barcha fanlardan o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini olib borish uchun uslubiy ko’rsatmalar va tarqatma materiallar ishlab chiqilgan.

Kafedra professor-o’qituvchilari M.X.Lutfillayev, D.T.Eshonqulov, M.A.Seit-Enon, F.S.Burnasheva, R.F.Burnashevlar tomonidan Informatika va axborot texnologiyalar fanini o’rganish bo’yicha elektron darslik va multimediali o’quv kurslari yratilib, Davlat patent idorasi tomonidan mualliflik guvohnomalari olingan.

Kafedrada “Innovatsiya” to’garagi faoliyat yuritadi. To’garakka katta o’qituvchi R.F.Burnashev rahbarlik qiladi. To’gak a’zolari bo’lgan iqtidorli talabalarning ilmiy maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar to’plamlarida chop etilib kelinmoqda.

Kafedra Urgut tumani Baxrin maishiy-xizmat va servis kasb-hunar kolleji hamda Urgut pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • *Informatika va axborot texnalogiya
  • * Ахборот коммуникацион технологиялар асосида олий таълим ўқув жараёнининг самарадорлигини ошириш

Magistratura:

  • Axborot tizimlari

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • * Amonov Adham Kamolovich
  • * Eshonqulov Dulan Tugalovich
  • * Lutfillayev Maxmud Xasanovich
  • * Anarbayeva Fotima Urazaliyevana
  • * Jabborova Xabiba Quvondiqovna
  • * Burnashov Rinat Faridovich
  • * Qorayev Abduvaffo Fozliddinovich
  • * Xakimova Umida Tayibovna
  • * Nurmatov G’ayrat Mustofoqulovich
  • * Fayziyev Mirzali Asfandiyorovich
  • * Burnasheva Farida Sadikovna

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kvantlar dunyosining sirli elchisi. Ilmiy risola. Samarqand, 2008. Amonov A.K., Perdayev O.P.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlari. O’quv-uslubiy qo’llanma. Samarqand, 2014. Amonov A.K., Eshonqulov D.T., Jabborova H.Q.

Axborot texnalogiyalari integrasiyasi asosida o’quv  jarayonini takomillashtirish  O’quv-usbiy qo’llanma. Samarqand SamDCHTI 2014  Luttfillayev M.X,

Kafedrada har oyda 2 marta “Ma’lumotlarni intellektual tahlili” nomli ilmiy seminar ish yuritadi.
Kafedra manzili: D-blok 1-qavat 102-xona