Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Jismoniy madaniyat kafedrasi
Bo’riev Hamroqul Kormishovich Kafedra mudiri: Bo’riev Hamroqul Kormishovich

Telefon:(+99890) 276-47-07

Elektron manzili: khamroqul@umail.uz

 

  

 

Kafedra tarixi

Fakultetlararo “Jismoniy madaniyat” kafedrasi 1996 yilda tashkil etilgan. Shu yil institutda ikkita kafedra tuzilgan bo’lib, birinchisi, keyinchalik 2005 yilda “Medisina va ekologiya” kafedrasiga aylantirilgan «Ekologiya, medisina va fuqaro xavfsizligi» kafedrasi va “Jismoniy tarbiya va sport” kafedralaridir.

2007 yilda ikkita kafedraning qo’shilishidan “Valeologiya asoslari va jismoniy tarbiya” kafedrasi tuzilib, 2011 yilda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi nomiga o’zgartirildi. 2013 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra “Jismoniy madaniyat va ekologiya” kafedrasi, 2015 йилда “Jismoniy madaniyat” kafedrasi deb qayta nomlandi.

Hozirgi vaqtda kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchilar, shu jumladan 2 nafar dosent, 1 nafar katta o’qituvchi faoliyat yuritmoqda.

O’z ish faoliyati davomida kafedramiz shahar, viloyat va respublika sport qo’mitalari tomonidan o’tkaziladigan barcha sport tadbirlarida qatnashib kelmoqda. SamDChTI sportchilari barcha “Universiada” larda, hamda halqaro musobaqalarda qatnashib kelmoqdalar. O’qish davrida bir qancha sport ustalari yetishib chiqdi: Inkachilova Meriko (shashka), halqaro sinfdagi sport ustalari aka-uka Damir va Zokir Subxankulovlar, badiiy gimnastika bo’yicha sport ustalari Savchenko Anna, Abdurasulova Kamila, Mustafina Yevgeniya, respublika miqyosidagi sovrindorlar va chempionlar Saydaminov Ruslan (kurash). Xalikulov Iskandar (sambo, dzyudo), Razzokov Jonibek (qo’l jangi), Nasriyeva Nasiba (shaxmat bo’yicha sport ustasi), Agadjanov Ruben (kumush medal), Primova Sitora (stol tennisi), Kurbanov Utkur (dzyudo va kurash bo’yicha halqaro sinfdagi sport ustasi, Pekindagi olimriada o’yinlari ishtirokchisi).

1 

Rasmda 2012 yilda Samarqand shahar xokimi kubogining tennis bo’yicha sovrindoriingliz filologiyasi fakulteti talabasi Mirjamolov Olimbek.

2

Rasmda: institut professor-o’qituchilar o’rtasida o’tkazilgan voleybol bo’yicha musobaqada rektorat komandasi roman-german filologiyasi komandasiga qarshi bellashmoqda (to’liq ma’lumotni sayt forumidan olish mumkin)

3

Rasmda: Razzakov Jonibek (kurash), Mirjamalov Olimbek (tennis), Alimdjanova D.N (kafedra katta o’qituvchisi), institut rektoriv Sirojiddinov Sh.S.,Tugalov Orzumurod (yengilatletika).

Har yili talabalr o’rtasida 15 turdagi musobaqalar o’tkaziladi, shu jumladan professor-o’qituvchilar o’rtasida 7 turda, TTJ dagi qavatlar o’rtasida 10 turdagi musobaqalar tashkil etilmoqda.

1996 yildan hozirgi vaqtgacha SamDChTI talaba-sportchilari OTMlar o’rtasida o’tkazilgan spartakiadalarida qatnashib, ikkinchi o’rindan pastga tushmagan, ba’zi sport turlarida birinchi o’rinni olishgan. Har yili o’tkaziladigan Samarqand shahridagi professor-o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan musobaqalarda 7 OTM o’rtasida har doim birinchi o’rinni egallab kelishmoqda. Respublika “Universiada”larida qatnashib, SamDChTI sportchilar medallarsiz qaytishmagan.

O’tgan 2016 yilda Fargona shahrida o’tkazilgan “Universiada” musobaqalarida 12 nafar talabamiz va 4 nafar o’qituvchimiz ishtirok etishdi. Bizning sportchilar sovrinli o’rinlarni egallashib, 1 ta medal bilan qaytishdi.

Olimpiya zaxiralari sport kolleji bizning kafedra qaramog’ida.

 

O’qitiladigan fanlar:

  1. Jismoniy madaniyat va sport (bakalavriyat)
  2. Hayot faoliyati xavfsizligi. (bakalavriat).
  3. Valeologiya asoslari (bakalavriat).
  4. Yosh fiziologiya va gigiena (bakalavriat).
  5. Ekologiya (bakalavriat).

Kafedraning professor-o’qituvchilari tarkibi:

  1. Bo’riyev Hamroqul Qarmishevich
  2. Alimdjanova Dilbar  Negmatovna
  3. Ibragimov Rustem  Ibragimovich
  4. Jurayev Rahmatillo  Mustafayevich
  5. Namaev To’lqin  Yaxshiboyevich
  6. Normurodova Muzaffara  Adhamovna
  7. Aliyev Baxtiyor Xujayorovich
  8. Umarov G’ayrat Do’stberdiyevich
  9. Soxadinova Nargiza Sodiqovna
  10. Egamqulov Azamat  Nuraliyevich
  11. Haydarov Zafar Fayzullayevich
  12. Ro`ziqulov Ravshan Rahimovich
  13. Samatov Javlon  Abduqayimovich
  14. Mamirov Azim

Kafedra ilmiy yo’nalishi:

SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

Kafedraning tashqi aloqalari:  

1. SamDU, Biologiya fakulteti.

2. SamDAQI

3. SamDMI, Umumiy gigiena va ijtimoiy salomatlik kafedrasi

4. Tash.JTI

5. BuxDU, Jismoniy madaniyat fakulteti

6. Samarkand Olimpiya zahiralari sport kolleji