Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ijtimoiy fanlar kafedrasi
f.f.n. Amridinova Dilrabo Tursunovna Kafedra mudiri: f.f.n. Amridinova Dilrabo Tursunovna

Telefon: (+99891) 550 35 33

Elektron manzil: Dilrabo1971@mail.ru

 

 

 

Kafedra tarixi

 Ijtimoiy fanlar kafedrasi 1995 yil fevral oyida tashkil etilgan.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi jamoasi o’z oldiga ijtimoiy-gumanitar soha bo’yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini olib borishni asosiy maqsad qilib olgan.    

Hozirgi vaqtda kafedrada 25 ta professor-o’qituvchilar 2 ta fan doktori, 1 ta professor, 4 ta dotsent, 8 ta katta o’qituvchi, 10 nafar o’qituvchilar bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga dars berib kelmoqdalar.

Kafedraning ilmiy mavzusi: 

O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va falsafiy rivojlanish muammolari

 Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

         * 5120100– Filologiya va tillarni o’qitish( tillar bo’yicha)

         * 5120200 - Tarjima nazariyasi (ingliz tili)

         * 5111400- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

         * 5A120201 –Qiyosiy tilshunoslik, Ligvistik tilshunoslik (tillar bo’yicha)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:       

Bakalavriat:

  •  O’zbekiston tarixi;
  •  Huquqshonoslik. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
  •  Diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari (maxsus kurs)
  •  Falsafa (etika,estetika,mantiq)
  •  Ma’naviyat asoslari.Dinshunoslik.
  •  Madaniyatshunoslik
  •  Iqtisodiyot nazariyasi
  •  Sosiologiya
  • Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar
  • Xozirgi zamon tabiiy bilimlar konsepsiyasi
  • Fuqarolik jamiyati. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Magistratura:

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Milliy g’oya: O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedraning umumiy ilmiy-tadqiqot yo’nalishi «O’zbekiston rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy va falsafiy muamolari» deb nomlanadi. Ushbu ilmiy tadqiqot mavzuning turli yo’nalishlari bo’yicha kafedra a’zolari ilmiy-tadqiqot olib bormoqdalar.

TASHKILIY USLUBIY ISHLAR

Kafedra qoshida “Yush notiqlar”,“Falsafiy-munozara” to’garaklari faoliyat qilmoqda. Kafedra o’qituvchilariga biriktirilgan 36 nafar iqtidorli talaba o’z tadqiqot yo’nalishi va  mavzusi bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Ushbu talabalar bilan reja asosida ish olib borilmoqda. Ilmiy-nazariy anjumanlarda  kafedraning barcha o’qituvchilari jalb qilingan.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

Kafedra prof-o’qituvchilari davlatimiz siyosatini ustuvor yo’nalishlarini Samarqand viloyati va tumanlar aholisida targ’ibot-tashviqot ishlari orqali yetkazib kelmoqdalar.

Barcha fakultetlar uchun axborot soati rejalari va unga tegishli ma’lumot bazalarini tayyorlash, kafedraga yuklatilgan.

Kafedraning prof-o’qituvchilari muntazam ravishda “Talabalar turar joyi” da dolzarb mavzular bo’yicha davra suhbatlari, disput va uchrashuvlar o’tkazib kelmoqdalar.

ALOQALAR  VA  USLUBIY HAMKORLIKLAR

Kafedra O’zbekiston Milliy Universiteti, Samarqand davlat Universiteti, O’zbekiston Jaxon tillar Universiteti, Toshkent Moliya instituti, Toshkent davlat Iqtisodiyot Universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Kafedraga “Tayloq tuman agrotadbirkorlik” KHK, “Samarqand tuman Agrosanoat” KHK, “Poyariq tuman Yengilsanoat” KHK lari biriktirilgan. Ushbu kollejlar bilan 5 yillik va 1 yillik hamkorlik shartnomalari tuzilgan va ular asosida  ochiq darslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va Seminar treninglar o’tkazib borilmoqda.

Kafedrada Prezident I.A.Karimovning 18/75 sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari” to’g’risidagi qarorini bajarish maqsadida kafedra prof-o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Sosiologiya” kabi fanlarni chet tili (ingliz)da o’qitish tajribasi amalga oshirilmoqda. Kafedra a’zolaridan katta o’qituvchi A.N.Nizamov “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini, o’qituvchi N.N.Muminov “Sosiologiya” fanini ingliz filologiyasi fakulteti talabalariga ingliz tilida o’tkazib kelishmoqda.

 Kafedra manzili: SamDCHTI bosh bino  1 qavat Ijtimoiy fanlar kafedrasi