Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi
f.f.n. Shomurodova Shaxlo Jahonovna Kafedra mudiri: f.f.n. Shomurodova Shaxlo Jahonovna

Telefon: (99891) 5225505
Elektron manzili: shaxlos@umail.uz

 

 

 

Kafedra tarixi

“Ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti” kafedrasi o’z faoliyatini 2005 yil avgust oyida SamDCHTI rektorining buirug’iga asosan ish faoliyatini boshladi. 2005-2006 – yillarda kafedraga f.f.n., dotsent M.U. Usmonov, 2006-2011 – yillarda kafedraga f.f.n. B.B. Odilov mudirlik qildilar. 2011-2014 – yillarda kafedraga f.f.n. Ashurov Shahobiddin Saidovich mudirlik qildilar. 2014-yil sentabrdan boshlab Shomurodova Shaxlo Jahonovna mudiri etib tayinlandi va hozirgi kunda mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 522010 0 – Filologiya (ingliz tili)

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120102 – Lingvistika (ingliz tili)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • Chet tili o’qitishning kommunikativ metodlari
  • Asosiy o’rganilayotgan til o’qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar
  • Asosiy o’rganilayotgan chet tili (umumiy)
  • So’zlashuv amaliyoti
  • Tahliliy o’qish
  • Uyda o’qish
  • Ikkinchi chet tili

Magistratura:

  • Nutqni tashkil etuvchi vositalar (maxsus kurs)
  • Badiiy matn talqiniga pragmatik va kommunikativ yondashuv (maxsus kurs)
  • Asosiy chet tili (ingliz tili)

Kafedra professor-o’qituvchilari:

  • Ashurov Shahobiddin Saidovich
  • Abduvahobova Umida Mamatyusufovna
  • Bahriddinova Madina Shavkatovna
  • Erkinov Suxrob Erkinovich
  • Egamnazarov Qobil Abdunazarovich
  • Markaryan Marina Garnikovna
  • Mirsanov Ravshan Elmurotovich
  • Nasrullayeva Nafisa Zafarovna 
  • Petrosyan Nelya Valeryevna
  • Rahmatova Madina Sobirovna
  • To’ychiyev Sohibjon Erkinovich
  • Usmonov Muso Usmonovich 
  • Vafayeva Zarina Xoshimovna
  • Shadibayeva Alfiya Kasimovna
  • Niyozova Dildora Furqatovna

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

“Ingliz tili frazeologik birliklari semantikasining gender konseptualligi”.

Muddati: 3 yil

Ushbu ilmiy tadqiqotning ahamiyati turli tillarni qiyosiy o’rganishning muhimligidadir.Tanlangan mavzuning ahamiyati semantik, lingvistik va lingvokulturalogik tahlil yo’li bilan ingliz va fransuz tillarining frazeologik qatlamida ma’naviy etik konseptlarning namoyon bo’lishining universal va milliy maxsus, muhim tomonlarini o’rganishning kompleks yondashuvidadir. Ishning tuzilishi O’zbekiston Respublikasi OAKning talablariga javob beradi. Taqdim etilayotgan ish lingvistik, stilistik va orfografik to’g’riligi bilan, o’ylangan kompozitsiyasi bilan, ssilkalar va adabiyotlar tartibidagi bir xilligi bilan farq qiladi.

         Aspiranturadagi butun o’qish davomida L.E.Xolmurodova ilmiy ish bilan faol shug’ullandi va Samarqand, Toshkent va Moskva ilmiy konferensiyalarida qatnashdi. Doktorlik dissertatsiyasining mavzusiga doir  18 ta ilmiy maqola chop etildi, ular qatorida  xorijda chop etilganlari ham bor.

Qatnashuvchilar:

Dots. M.U.Usmonov

F.n.n Sh. S. Ashurov

F.n.n N.Z.Nasrullayeva

Katta ilmiy tadqiqotchi hamkasaba: f.f.n N.Z. Nasrullayeva

Ilmiy maslahatchi: d.f.n., prof. Sirojiddinov Shuhrat Samariddninovich

Doktorlik desertatasiyasi mavzusi: Ingliz tili frazeologik birliklari semantikasining gender konseptualligi.

        Nasrullayeva Nafisa Zafarovna SamDCHTI rektori prof. SH.S. Sirojiddinovning buyrug’iga asosan 2014 yil 1-yanvardan katta ilmiy tadqiqotchi hamkasaba lavozimiga tayinlandi. Institut ilmiy kengashi tomonidan doktorlik desertatsiyasining va ilmiy maslahatchisi tasdiqlangan hamda  tadqiqot ilmiy asoslangandir.

       Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi O’zbekiston Respublikasi OAK veb saytida e`lon qilingan.

O’zbekiston Respublikasi OAK byulletenniga mavzular e`loniga hujjatlar topshirilgan.

2014-yil 26-fevralda ikkinchi chet tilidan (fransuz tili) birinchi topshirilgan. Baho:5(87%)

Ilmiy tadqiqot uchun tahliliy materillar to’plangan va foydalangan adabiyotlar ro’yxati tuzilgan. 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Ingliz tili nazariy grammatikasi (nazariy grammatikadan amaliyot).
  • Oliy ta’lim muassasalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma (O’.U.Usmonov, Sh.S.Ashurov)
  • “English for different purposes” (for Master students). (N.Nasrullayeva, N.Bahriyeva, N.Rahimova)
  • “Methodics of teaching foreign languages” (for Master students). (N.Nasrullayeva, Z.Vafayeva)
  • “Stylistic Approach in Text Analysis” (for the 3rd and 4th year students) (N.Nasrullayeva)

Kafedrada har oyda 1 marta «Chet tilini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va ularning lingvometodik tamoyillari» nomli ilmiy seminar ish yuritadi.

 Kafedrada olib borilayotgan hamkorlik aloqalari:

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedraga biriktirilgan 1 ta akademik litsey va 1 ta kasb-hunar kolleji, jumladan Urgut sport va xizmat ko’rsatish kolleji va Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litsey bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTM larga jalb qilish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovatsion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida kafedraning filiallari tashkil etilgan.

 Kafedra filiallarining maqsadi professor-o'qituvchilar bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, kollejlarda mutaxassislik fanlari o'qituvchilariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, kollejlarda yangi laboratoriya jihozlarini ishlatishga amaliy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlaridan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berishdan iborat.

Kafedraga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kolleji bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fan o'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi. 

Akademik litsey va kasb-hunar o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berib kelinayapti hamda har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etilib, litsey va kollej o'quvchilariga tushuntirish ishlari olib borilayapti. 

Shuningdek, kafedra o’qituvchilari va kafedraga biriktirilgan 2 kurs magistrantlari tomonidan iqtisod va tibbiyot yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlarining  3 kurs talabalari uchun  o'quv-uslubiy qo'llanmalar, 10 dan ortiq dars ishlanmalari tayyorlanib, akademik litsey va kasb-hunar kollej o'quvchilariga tavsiya qilindi.

Kafedraga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ish beruvchi korxona, tashkilot va qo'shma korxona rahbarlarining hamda viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuvlar o'tkazilib kelinmoqda. Uchrashuvda ish beruvchilarga bitiruvchilar to'g'risidagi taqdimot materiallari taqdim qilinadi. Kollej o'quvchilarini 2-kursdan boshlab amaliyotga yuborishda kelgusida ish beruvchi tashkilot sifatida tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash ko`zda tutilgan.

Kafedraga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kafedradan 1 nafar fan dotsent va yosh o'qituvchilar o'rindoshlik asosida ishga joylashgan.

Kafedra manzili:  Ingliz filologiyasi fakulteti binosi, 1-qavat.