Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Sharq tillari kafedrasi
O'qish va yozish amaliyoti (Ispan tili, 1 kurs) Kafedra mudiri: O'qish va yozish amaliyoti (Ispan tili, 1 kurs)

 Telefon: +99891 528-10-87

Elektron manzili:  dilfuzats@gmail.com

 

 

 

Kafedra tarixi

“Sharq tillari” kafedrasi 2001 yil sentyabr oyida tashkil etilib, kafedraning o’quv-pedagogik yuklamasi 22 681 soatdan ortiqni tashkil etadi. Kafedra Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR), Yaponiya hukumatining qator OTMlari bilan xalqaro ilmiy aloqalar o’rnatishga erishdi. Jumladan, Seul Milliy Universiteti, Chonnam davlat universiteti, Chongju davlat universiteti, shuningdek, Koreya Respublikasining xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi bilan ilmiy, uslubiy, korporativ hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Har o’quv yilida mazkur hamkorlik agentliklaridan ko’ngilli mutaxassis o’qituvchilar koreys tili, yapon tili ta’lim yo’nalishlari talabalariga asosiy o’rganilayotgan tilning nazariy va amaliy mashg’ulotlaridan saboq berishmoqda.

2008 yilda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon Agrar Universtiteti hamda Shinjon Pedagogika Universitetlari bilan SamDChTI o’rtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi. Xitoyning O’zbekistondagi elchixonasi ko’magida mazkur oliy ta’lim muassasalari institutga malakali, ko’ngilli professor-o’qituvchilarning jalb etilishida yaqindan yordam berib kelmoqda. 2009-2010 o’quv yilida Shinjon Agrar Universitetidan  professor Bi Fen Yun talabalarga xitoy tilining harf va tovushlaridan saboq berishni boshlagan bo’lsa, hozirgi kunda esa, ko’ngilli professor-o’qituvchilar Ma Sui Ling, Li Shin Di, Vang Li Fin pedagogik faoliyatlarini mahalliy o’qituvchilar bilan birga olib borishmoqda. 2010-2011 o’quv yilida xitoy tili ta’lim yo’nalishidan 3 nafar talaba R.Agadjanov, X.Musurmonov va J.Sheratov Shinjon Agrar Universitetida amaliy xitoy tili kursida tahsil olib qaytishdi. Shuningdek, 2011-2012 yilda talabalar D.Rahimova, A.Asliev mazkur oliy ta’lim muassasasiga til kursiga o’qishga yuborildi.

Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi hamda xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi tashabbusi bilan 2010 yil, sentyabr oyida SamDChTIda “Koreys tili va madaniyati” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz mazkur tashkilotlar tomonidan kompyuter jamlanmalari, darsliklar, o’quv uslubiy qo’llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. Kafedra tashkil topgan kundan boshlab Koreya Respublikasining qator oliy ta’lim muassasalari bilan o’rnatilgan shartnomalar asosida talabalar almashinuv loyihasi yo’lga qo’yildi. Talabalardan A.Ismailov, Sh.Bekturdiev (Chonnam davlat universiteti), L.Kim, V.Li (Koryo universiteti), shuningdek, Koreya Respublikasining Chungju universitetining 3 nafar talabalari: Im Jong Mi, Kim De Hi, Xo Gyonglar kelib 1 yil mobaynida o’zbek, rus, ingliz tillari bo’yicha malaka oshirish uchun tashrif buyurishdilar. Kafedra professor-o’qituvchilaridan D.U.Baxranova, M.A.Baymatovalar (Koryo universitetida), Sh.Eshimova, D.Turaevalar (Pay Chay universiteti, Sogang universiteti) o’z malakalarini oshirib qaytishdi. Kafedra tashkil etilgan kundan beri professor-o’qituvchilar “Markaziy Osiyoda koreys tili va koreyashunoslik” nomli xalqaro ilmiy anjumanda o’z maqolalari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

5A 120102-Lingvistika: (koreys tili) mutaxassisligi bo’yicha mutaxassilik fanlari blokidagi nazariy va amaliy fanlar asosan, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilmoqda. O’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar tayyorlanib, dars mashg’ulotlariga joriy etilmoqda. Magistrantlar tanlangan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida izlanishlar olib borishmoqda. 

“Sharq tillari” kafedrasi kesimida “Koreyscha so’zlashamiz”, “Xitoy tili ko’prigi”, “Yapon tili va adabiyoti” tashkil etilgan ilmiy to’garaklarning iqtidorli talabalari Samarqand shahrida o’tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallarida tarjimon sifatida faol ishtirok etishmoqda.

Har o’quv yilida koreys, xitoy va yapon tillari ta’lim yo’nalishlari talabalari hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan «Koreys madaniyati kuni», «Xitoy madaniyati kuni», «Yapon madaniyati kuni», «Notiqlik san’ati» kabi ma’naviy-madaniy tadbirlar o’tkazib kelinadi. Bu talabalarning og’zaki va yozma nutq amaliyoti ko’nikmalariga erishishlarida amaliy ko’mak vazifasini o’tab kelmoqda. Kafedra kesimida tashkil etilgan «Koreys milliy cholg’u asboblari» badiiy to’garagi, «Xitoycha kuylaymiz» badiiy to’garagi faoliyat yuritadi. Ushbu to’garaklarga asosan xorijiy professor-o’qituvchilar rahbarlik qilishadi. To’garaklarda ishtirok etayotgan iqtidorli talabalar institut, shahar, viloyat, Respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda, jumladan «Navro’z» umumxalq bayramida, «Mustaqillik» tantanalarida, «Madaniyat kunlari» marosimlarida faol ishtirok etishmoqda.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • * 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (koreys, xitoy, yapon tillari) 1-2-3-4 kurslar

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • * 5A 120102 – Lingvistika (koreys tili)


Sharq tillari kafedrasida o’qitiladigan fanlarro’yxati

(2016-2017o’.y.)

Fanlar nomi

kurs

Bakalavriatura

 

1

Asosiy sharq tili (koreys, xitoy, yapon tillari)

1

2

G’arb tili (ingliz tili) (koreys, xitoy, yapon tillari)

1

3

Koreys tilining fonetik sistemasi

2

4

Xitoy tilining fonetik sistemasi

2

5

Ieroglifika (yapon tili))

2

6

Mamlakatshunoslik (koreys, xitoy, yapon tillari)

2

7

Asosiy o’rganilayotgan til (koreys, xitoy, yapon tillari)

2,3,4

8

Tili o’rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti (koreys, xitoy, yapon tillari)

2,3,4

9

Asosiy o’rganilayotgan til filologiyasiga kirish (koreys, xitoy, yapon tillari)

2

10

Asosiy o’rganilayotgan til leksikologiyasi

2,3

11

Chet tili (til aspektlari amaliyoti) (koreys, xitoy, yapon tillari)

3

12

Asosiy o’rganilayotgan tilning funksional stillari (koreys, xitoy, yapon tillari)

3

13

Tillar o’qitish medodikasi va ta’lim texnologiyalari (koreys, xitoy, yapon tillari)

3

14

O’zbekiston tarixiy obidalari (koreys, xitoy, yapon tillari)

3

15

Asosiy o’rganilayotgan til dialektologiyasi (koreys, xitoy, yapon tillari)

3

16

Ommaviy axborot vositalari tili tarixi (koreys, xitoy, yapon tillari)

3

17

O’rganilayotgan til tarixi (koreys, xitoy, yapon tillari)

3

18

Qiyosiy morfologfiya (koreys, xitoy, yapon tillari)

4

19

Qiyosiy tipologiya (koreys, xitoy, yapon tillari)

4

Magistratura. Lingvistika (koreys tili)

1

Mutaxasislikning nazariy masalalari

1

2

Lingvistik tadqiqotlar metodologiyasi

1

3

Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili

1

4

O’rganilayotgan til tarixi

1

5

Koreys tilining grammatik va sintaktik qurilishi

1

6

Koreys tili kelishiklari tizimi

1

7

Tilshunoslik bilimlari tarixi

2

8

Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari

2

9

Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi

2

 

Magistratura. Tarjima nazariyasi va amaliyoti

 

1

Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (xitoy,yapon tillari)

1

2

O’rganilayotgan mamlakatda til vaziyati (xitoy,yapon tillari)

1

3

Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi (xitoy,yapon tillari)

2

 


 

Kafedra professor-o’qituvchilari:

F.I.Sh.

Lavozimi

1

Raximov Axmadjon Sultonovich

Kafedra mudiri

2

Turaeva Dilfuza Saloxitdinovna

o’qituvchi

3

Baymatova Munira Abduvalievna

o’qituvchi

4

Baxranova Dilnoza Usmankulovna

o’qituvchi

5

Norkulova Shaxlo Rayimkulovna

o’qituvchi

6

Eshimova Sharofat Kenjaboevna

o’qituvchi

7

Nazarova Shaxlo Baxtiyorovna

o’qituvchi

8

Azizova Sitora Baxtiyorovna

o’qituvchi

9

Bazarova Shaxlo Shuxratovna

o’qituvchi

10

Kim Kang Yol

o’qituvchi

11

Juramurodov Doston

o’qituvchi

12

Mamatkulova Xolida

o’qituvchi

14

Abdullaev Tursunpulot

o’qituvchi

15

Turniyozova Shaxnoza

o’qituvchi

16

Xamidov Lutfullo

o’qituvchi

17

Husanov Ulug‘bek

o’qituvchi

18

Shukurova Zilola

 o’qituvchi

19

Pak Kseniya

o’qituvchi

20

Tugalov Xusan Do’lon o’g’li

O’qituvchi

21

Ibadulloeva Ozodagul Shodievna

O’qituvch

22

Sobirova Shaxnoza Sobirovna

o’qituvchi

23

Achilova Ozoda Farhodovna

o’qituvchi

24

Amanullaeva Kamola Muminovna

o’qituvchi

25

 Lutfilloeva Faxriniso Maxmudovna

O’qituvchi

26

O’rokov Sherbek Tog’aymurodovich

O’qituvchi

27

Kim Natalya Dexkenovna

f.f.n., dotsent, tashqi o’rindosh

28

Oripov Ma’mur

Kabinet mudiri

29

G‘anieva Dildora

Kabinet mudiri

30

Narziqulova Zamira Isroilovna

Kafedra kabinet mudirasi

31

Sattorov Begzod

O’qituvchi

32

Tilavov Ozod

O’qituvchi

 


Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

“Sharq tillari” kafedrasining prof.-o’qituvchilari kafedraning «Sharq tillarining nazariy va amaliy masalalari» deb nomlangan ilmiy yo’nalishi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. O’zMU, O’zDJTU, ToshDShI, Nizomiy nomidagi TDPUda shuningdek, Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi ta’lim markazi, Seul Milliy Universiteti, Chonnam, Pusan Milliy Universitetlari hamda Chungju, Chunbuk Davlat Universitetlari (Janubiy Koreya), Xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi, Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon Agrar Universiteti, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi, Sukuba Universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilib, unda Sharq tillari kafedrasi professor-o’qituvchilari o’z ilmiy maqolalari, tezislari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Sharq tillari kafedrasida professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo’lib, rejaning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi natijasi o’laroq kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2011-2016 yillar davomida turli  nufuzli ilmiy jurnallar va anjumanlarda 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Tasdiqlanlangan reja doirasida kafedradagi ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida bir qator yosh o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

1. Nazarova Shahlo Baxtiyorovnaning doktorlik dissertatsiyasi mavzusi “Koreys va o’zbek tillarida transpozisiya hodisasi”, ilmiy maslahatchisi professor N.Q.Turniyozov bo’lib olib borayotgan tadqiqot ishiga oid 2 ta ilmiy maqola chop etgan. Hozirgi kunda dissertatsiyaning rejasi tuzilgan hamda adabiyotlar tahlili va kartotekasi bilan ish olib borilmoqda.

2. Amanullayeva Kamola Muminovnaning doktorlik dissertatsiyasi mavzusi “Реапрезентация особенностей национальной концептосферы в художественом пространстве (на материале произведений Х.Мураками)”, ilmiy maslahatchisi professor Sh.S.Safarov bo’lib olib borayotgan tadqiqot ishiga oid 10 ta ilmiy maqola chop etgan.

3. To’raeva Dilfuza Salohiddinovnaning doktorlik dissertatsiyasi mavzusi “Koreys va o’zbek tillarida hurmat kategoriyasini anglatuvchi birliklarning strukturaviy-semantik xususiyatlari”, ilmiy maslahatchisi f.f.n.A.S.Raximov bo’lib, D.S.To’raeva bugungi kunga qadar 8 ta ilmiy maqola chop etgan. Hozirgi kunda dissertatsiyaning rejasi tuzilgan hamda adabiyotlar tahlili va kartotekasi bilan ish olib borilmoqda.

4. Baxranova Dilnoza Usmankulovnaning  doktorlik dissertatsiyasi mavzusi “Koreys va o’zbek tillarida lokativlik kategoriyasining ifodalanishi”, ilmiy maslahatchisi f.f.n., dots. U.Usmonov bo’lib, ilmiy faoliyati davomida 5 ta ilmiy maqola chop ettirgan. Hozirgi kunda dissertatsiyaning rejasi tuzilgan hamda adabiyotlar tahlili va kartotekasi bilan ish olib borilmoqda.

Kafedraning ushbu o’qituvchilari 2016 yilda mustaqil izlanuvchilik institutiga kirish uchun talabgorlardan bo’lib, tanlovda qatnashishga tayyorgarlik ko’rmoqdalar.

II. 2011-2015 yillar davomida SamDChTI va Koreya Respublikasining o’quv-ilmiy markazlari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida kafedraning bir qator professor-o’qituvchilari ushbu xorijiy o’quv-ilmiy markazlarida o’z malakalarini oshirib qaytdilar.

  1. Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi To’raeva Dilfuza Salohiddinovna Koreya Respublikasining Pay Chay universitetida (2012 yil 1 iyuldan 15 iyulgacha), Sogang universitetida (2014yil 3sentabrdan 2015 yil 30 avgustgacha) koreys tilini o’qitishning zamonaviy usullari mavzusidagi maxsus semenar va u’quv kurslaridada ishtirok etib qaytdi.
  2. Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi Eshimova Sharofat Kenjaboevna Koreya Respublikasining Kyon Xi universitetida (2013 yil 30 sentyabrdan 12 dekabrgacha) o’z ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy safarda bo’lib qaytdi va 2014 yil 1 martdan 2015 yil 25 fevralgacha Koreyaning So Gang universitetida ilmiy tadqiqot ishini davom ettirib qaytdi.
  3. Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi Sattorov Begzod XXRning Pekin davlat texnalogiyalar universitetida (2013-2014 yillarda) o’z ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy safarda bo’lib qaytdi
  4. Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi Tilavov Ozod XXRning Pekin til va madaniyat universitetida (2013-2014 yillarda) o’z ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy safarda bo’lib qaytdi
  5.  Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi Tugalov Husan Do`lon o`gli XXRning Pekin til va madaniyat universitetida (2015-2016 yillarda) o’z ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy safarda bo’lib qaytdi
  6. Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi Norbo`tayev Shahrux XXRning Pekin til va madaniyat universitetida (2015-2016 yillarda) o’z ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy safarda bo’lib qaytdi
  7. Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi Pak Kseniya XXRning SINJIANG pedagogika  universitetida (2012-2016 yilarda) o’z ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy safarda bo’lib qaytdi
  8. Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi Iboduloeva Ozadagul XXRning Shanhai  universitetida (2014-2016 yilarda) o’z ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy safarda bo’lib qaytdi

III. Sharq tillari kafedrasida 2011-2016 yillar davomida Koreya Respublikasidan 15dan ortiq malakali xorijiy mutaxassislar faoliyat ko’rsatgan bo’lib, ularning barchasi koreys tilini o’qitish huquqini beradigan xalqaro sertifikatlar asosida dars berib kelishgan. Bugungi kunda kafedrada 1  nafar koreyalik mutaxassis ushbu xalqaro sertifikatga ega bo’lib, faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

  1. Kim Kang Yol. 2016 yil sentabr oyidan Lingvistika (koreys tili) mutaxassisligi bo’yicha mutaxassislik fanlaridan amaliy darslarni (Asosiy o’rganilayotgan til) olib boradi.

Kafedraning deyarli barcha o’qituvchilari ham xalqaro sertifikatga ega.

Dotsent N.D.Kim tashqi o’rindoshlik yo’li bilan kafedrada magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’qitiladigan nazariy fanlardan dars berib kelmoqda.

IV. 5A 120102 - Lingvistika (koreys tili) mutaxassisligi bo’yicha o’quv-uslubiy ta’minot 100% ni tashkil etib, namunaviy va ishchi o’quv dasturlarida ko’rsatilgan asosiy adabiyotlar bilan to’liq ta’minlangan. Bundan tashqari Sharq tillari kafedrasida 2016 yilga mo’ljallangan nashr rejasi tuzilib, tasdiqlangan bo’lib unda 5A 120102 - Lingvistika (koreys tili) mutaxassisligi uchun o’quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish choralari belgilangan.

V. Sharq tillari kafedrasining moddiy texnik baza bilan to’liq ta’minlanganligini Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan 10 ta kompyuter jamlanmasi hamda 3 ta nusxa ko’chirish apparati orqali kuzatish mumkin. Kafedraning har bir ikki o’qituvchisiga 1 tadan kompyuter ajratilgan. Koreys tili ta’lim yo’nalishi talabalari hamda Lingvistika (koreys tili) ta’lim mutaxassisligi magistrantlari uchun Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi hamda xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi tashabbusi bilan “Koreys tili lingafon sinfi”ning tashkil etilgani talaba va magistrantlarning dars mashg’ulotlarni amaliy jihatdan puxta o’zlashtirishlariga zamin yaratmoqda.