Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Iskandarov Ermat Alimqulovich Kafedra mudiri: Iskandarov Ermat Alimqulovich

Elektron pochtasi: ermat@inbox.uz

Telefon raqami: +99895 508-38-98

 

  

 

 

Kafedra tarixi:

Institut faoliyati davrida faqat mutaxassislik fanlari emas, balki gumanitar fanlarga ham katta e’tibor berildi.

2004 yilda institutda pedagogika va psixologiya kafedrasi tashkil etildi. Shu davrda bu kafedrada dots. D.R.Ortiqov, prof. O’.Otavaliyeva, p.f.d., prof. M.Maxmudova, p.f.n., dots. E.A.Iskandarov, b.f.n., dots. H.Q.Bo’riyev, p.f.n., dots. F.B.Narziqulovalar o’zlarining ilmiy ishlari bilan pedagogika va psixologiya yo’nalishining rivojiga katta hissa qo’shishdi.

Professor O’.Otavaliyevaning o’nlab o’quv qo’llanmalari, yuzlab ilmiy maqolalari va o’nlab uslubiy tavsiyalari talabalarning pedagogik-psixologik bilimlarini talab darajasiga ko’tarish va kasbiy tayyorgarliklarida beqiyos rol o’ynadi.

Ushbu ilmiy ishlarda pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari, yechilishi kutayotgan masalalar yoritilgan.

O’g’iloy opaning ilmiy maqolalari Nyu-York, Bolgariya, Moskva, Ukraina kabi davlatlarning nufuzli nashrlarida chop etilgan.

O’.Otavaliyeva Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “Pedagogika-psixologiya fanlari bo’yicha o’quv uslubiy kengashi” a’zosi (1973-1985), maktabgacha ta’lim tarbiya bo’yicha o’quv-uslubiy kengash a’zosi (1985-1995), O’zbekistonda ”Pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi Kengash” a’zosi (1984-1990), AQShning Nyu-York shahridagi xalqaro psixologlar jamiyatining “Inson munosabatlar” (1988) va Germaniyaning Myunxen shahridagi “Inson shaxsining rivojlanishi ”Yevropa Ilmiy tadqiqiot labaratoriyasi (1989 yildan buyon) ning a’zosi bo’lib faoliyat ko’rsatgan olimadir.

Ustozning sobiq o’quvchilari va talabalaridan 10 nafari fan doktori, 20 nafari fan nomzodi darajasiga erishganligi tahsinga sazovor.

Pedagogika faniga katta hissa qo’shgan olimalardan yana biri, kafedra professori pedagogika fanlari doktori M.Maxmudovadir.

M.Maxmudova 17-yildan buyon shu institutda kafedra mudiri, fakultet dekani va ilmiy-ishlar bo’yicha prorektor lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi.

M.Maxmudova tomonidan ikkita darslik bitta monografiya 8 o’quv-metodik qo’llanma 90 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

M.Maxmudova ikkinchi sinf o’qish kitobi va OTMlar uchun yaratilgan “Didaktika”darsliklarining mualliflaridan biri.

2002 yil “Fan” nashriyotida chop etilgan “Xalq pedagogikasi asosida talaba yoshlarni oilaga tayyorlash nomli o’quv qo’llanmasida yoshlarni oilaga tayyorlashda xalq pedagogikasining o’rni, roli va ahamiyati oila mustahkamligi uchun zaruriy-tarbiyaviy omil va vositalar tahlil asosida tadqiq qilingan.

M.Maxmudovaning “Xalq pedagogikasi mazmuni asosida talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasiga talaba yoshlarni xalq pedagogikasi mazmuni asosida oilaviy hayotga tayyorlash metodlari, konsepsiyasi, dasturlari va tizimi ishlab chiqildi va pedagogika fani istemoliga kiritildi.

Institutda pedagogika va psixologiyaga oid ilmiy-tadqiqot ishlari “Xorijiy tillarini o’qitish, ta’limni va uni boshqarishni takomillashtirishning pedagogik, psixologik masalalari” nomli mavzu doirasida olib borilmoqda.

Pedagogika faniga katta hissa qo’shgan olimlardan yana biri, kafedra dotsenti B.Q.Bo’riyevdir.

B.Q.Bo’riyev bir necha o’quv qo’llanma, monografiya, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va 90 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hamdir. Jumladan, “Pedagogika bilim yurtlarida pedagogik amaliyot” nomli o’quv-uslubiy qo’llanmasi, “O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan Samarqand viloyatida uchraydigan o’simlik va hayvon turlari” monografiyasi, “Kasb- hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun uslubiy qo’llanma” nomli hamda “Bir tomchi suv-ekologik muammo” o’quv-uslubiy qo’llanmalarini chop ettirgan. 

Kafedra o’qituvchisi M.Nurmatova “Ochiq axborot tizimlarida axborot psixologik xavfsizlik”, ”Shaxsning individual psixologik xususiyatlari” nomli o’quv-uslubiy qo’llanmalarining muallifidir. Respublika va xalqaro miqyosidagi anjumanlarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar bilan ishtirok etgan.

Hozirgi paytda kafedrada 19 nafar professor-o’qituvchilar o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.  Shulardan, 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodlari, 2 nafar katta o’qtuvchi va 11 nafar o’qituvchilar faoliyat olib borayaptilar.                            

 Kafedramiz ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishi belgilangan bo’lib, uning mavzusi “Xorijiy tillarni o’qitish, ta’limni boshqarishni takomillashtirishning pedagogik, psixologik asoslari” deb nomlangan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

  Kafedra professor-o’qituvchilari institutning bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalariga “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti”, “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika”, “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”, “Umumiy psixologiya”, “Psixologiya”, «Ochiq axborot tizimida axborot psixologik xavfsizlik», “Mutaxassislikka kirish”, “Ish muloqoti psixologiyasi va etikasi”, magistrlar uchun “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”, “Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)” fanlaridan ta’lim berib kelmoqda. Shuningdek, professor-o’qituvchilari tomonidan yuqoridagi barcha fanlar hamda pedagogik amaliyot bo’yicha ishchi o’quv dasturlari va rejalari ishlab chiqilib, ular asosida mashg’ulotlar olib borilmoqda.

Kafedrada o’qitilayotgan barcha fanlardan o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Amaliy va seminar mashg’ulotlarini olib borish uchun uslubiy ko’rsatmalar va tarqatma materiallar ishlab chiqilgan.

Kafedra o’qituvchilari o’zlarinining shaxsiy login va parollari orqali elektron pochta xizmatidan va internet xizmatidan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Kafedra o’qituvchisi M.Nurmatova tomonidan talabalar turar-joyida  “Sirdosh” ijtimoiy psixologik markazi faoliyati yo’lga qo’yilgan. Bu markaz talabalarga psixologik yordam ko’rsatish bilan shug’ullanadi.

Kafedra Samarqand shahridagi Samarqand pedagogika va xizmat ko’rsatish kolleji bilan ilmiy, o’quv-uslubiy aloqalarni yo’lga qo’ygan.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti
  • Umumiy pedagogika
  • Pedagogika
  • Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti
  • Umumiy psixologiya
  • Psixologiya
  • Ochiq axborot tizimida axborot psixologik xavfsizlik
  • Mutaxassislikka kirish
  • Ish muloqoti psixologiyasi va etikasi”

Magistratura :

  • Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
  • Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) 

Kafedra faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilari:

  • Iskandarov Ermat Alimqulovich –kafedra mudiri, p.f.n. dotsent.
  • Maxmudova Muyassar – professor, p.f.d.
  • Buriyev Hamroqul Kormishovich – dotsent, b.f.n.
  • Norqulov Husniddin Do’sbekovich – dotsent, p.f.n.
  • Narziqulova Firuza Botirovna – dotsent, p.f.n.
  • Yuldasheva Saida Tashkulovna – dotsent, p.f.n.
  • Xalikov Mirzo Bazarovich – katta o’qituvchi
  • Sharopov Berdinazar Zayniyevich – katta o’qituvchi
  • Daminova Nigora Kudratovna– o’qituvchi
  • O’sarova Laylo Ibragimovna – o’qituvchi
  • Nurmatova Mamlakatxon Ximmatovna – o’qituvchi
  • Gadjiyeva Madina Usmanovna – o’qituvchi
  • Jumanov Sherzod Saloyevich  – o’qituvchi
  • Begmatova Dilnoza Muxtarovna – o’qituvchi
  • Shodiyeva Sohiba Rustamovna – o’qituvchi
  • Zaripov Otabek Murodullayevich – o’qituvchi
  • To’ychiyev Xo’jabek To’ychiyevich – o’qituvchi
  • Pulatova Farida Azamovna – o’qituvchi
  • Jo’raqulov Abror Raufovich – o’qituvchi