Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ispan va italiyan tillari kafedrasi
A’zam Begmatovich Begmatov Kafedra mudiri: A’zam Begmatovich Begmatov

Xizmat telefoni: (0595-500-94-59)

 

 

 

 

Kafedra haqida umumiy ma’lumot:

Kafedra 2014 yil sentyabr oyida tashkil topgan. Hozirgi paytda Ispan va italiyan tillari kafedrasi 1-2-3-4 kurs bakalavriat va 1-2 kurs magistratura yo’nalishlari bo’yicha italiyan tili va adabiyoti hamda ispan tili va adabiyoti fanining nazariy va amaliy aspektlarini olib boruvchi proessor-o’qituvchilarni birlashtiradi.

Kafedraning ilmiy salohiyati yuqori darajada: ilmiy-pedagogik faoliyatni dots. A.Begmatov f.f.n. katta o’qituvchi A.A.Morozova hamda magistratura bo’limini tamomlagan yuqori malakali o’qituvchilar amalga oshiradilar. Chet tilini o’qitishning ilg’or metodikasi bilan tanishish maqsadida bir necha marotaba kafedraning professor - o’qituvchilari tarkibining bir qismi Yevropa mamlakatlarining oliy o’quv markazlarida malaka oshirishni o’tab keldilar. Jumladan kafedra o’qituvchilaridan E.V.Klochkova va M.M.Rasulovalar 2014-2015 o’quv yilining bahorgi semestri (iyul,avgust,sentyabr) hisobidan Italiyada malaka oshirib qaytdilar.

Kafedra ishlarining hamkorlik sohasi va turlari kengaytirilmoqda, mustahkm aloqalar o’rnatilmoqda:

- O’zR O’z DJTU bilan chet tilini o’qitish bo’yicha tajriba almashish hamda ilmiy-tadqiqod faoliyatini amalga oshirish;

- Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi bilan Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi uchun materiallar tayyorlash bo’yicha;

- korporativ hamkorlik doirasida ispan va italiyan tillari kafedrasi Samarqand shahridagi san’at hamda Paxtachi pedagofika kolleji bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ushbu kollejlarda kafedra o’qituvchilari tomonidan doimiy tarzda ochiq dars, master-klass, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Kafedraning professor - o’qituvchilari tarkibi ushbu kollej chet tili o’qituvchilariga metodologik yordam ko’rsatmoqda.

            Ispan va italiyan tillari kafedrasida talabalar bilan ma’naviy – ma’riiy va tarbiyaviy ishlar doirasida davra suhbatlari, tematik kechalar, tanlovlar va ekskursiyalar doimiy ravishda tashkil etib boriladi.

Kafedra bo’yicha ta’lim yo’nalishlari 

-5220100-Filologiya (italiyan tili)

-5220100-Filologiya (ispan tili)

-5120100-Filologiya va tillarni o’qitish (italiyan tili)

-5120100-Filologiya va tillarni o’qitish (ispan tili)

O’qitiladigan fanlar:

5220100 (ispan tili) ta’lim yo’nalishi bo’yicha:

  • Asoiy o’rganilayotgan til
  • O’rganilayotgan til filologiyasiga kirish
  • Amaliy fonetika
  • O’rganilayotgan mamlakat (mintaqa) tarixi
  • Ispan tilida muloqot asoslari(tanlov fan)
  • Asosiy o’rganilayotgan til o’qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalari.
  • O’rganilayotgan til nazariy onetikasi
  • Stilistika va matn tahlili
  • Chet tilini o’qitishning kommunikativ metodlari
  • Ommaviy axborot vositalari
  • Qiyosiy ipologiya
  • Leksikologiya

 

5220100 (italiyan tili) ta’lim yo’nalishi bo’yicha:

  • Asoiy o’rganilayotgan til
  • Amaliy fonetika
  • Amaliy grammatika
  • O’rganilayotgan til nazariy fonetikasi
  • O’rganilayotgan til filologiyasiga kirish
  • Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti
  • O’rganilayotgan mamlakat (mintaqa) tarixi.
  • Stilistika va matn tahlili
  • Chet tilini o’qitishning kommunikativ metodlari
  • Ommaviy axborot vositalari
  • Qiyosiy ipologiya
  • Leksikologiya
  • Chet tili tarixi
  • O’qish amaliyoti (tanlov fan)
  • O’rganilayotgan til o’qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalar

Kafedra bo’yicha mutaxassisliklar:

5A 120102 –Lingvistika: italiyan tili, ispan tili mutaxassisliklari

  • Amaliy xorijiy til
  • Nazariy grammatikaning dolzarb muammolari
  • Matnning stilistik tahlili (tanlov fan)
  • Qiyosiy tipologiyaning dolzarb masalalari
  • Matn nazariyasi (tanlov fan)
  • Ispan va o’zbek (rus) tillariqiyosiy fonetikasi (tanlov fan)
  • Ispan tilida muloqot asoslari (tanlov fan)

Magistratura:

  • Asosiy chet (italiyan va ispan) tili
  • Matn pragmatikasi
  • Badiiy matn talqini

Kafedraning professor-o’qituvchilari:

Ispan tili va adabiyoti yo’nalishi professor-o’qituvchilari:

  • Morozova Anastasiya Aleksandrovna
  • Ayrapetova Kristina Arturovna
  • Sharapova Lola Stanislavovna
  • Shamaxmudova Aziza Furqatovna
  • Alibayeva Barno Mamadiyorovna
  • To’ychiyeva Mohichehra Jo’rabekovna
  • Yusupova Shohida Shavkatovna
  • Rahmonova Noila Xayrullayevna
  • Bagirova Sitora

Italiyan tili va adabiyoti yo’nalishi professor-o’qituvchilari:

  • Hakimov Muhammadali Rafikovich
  • Karapetova Kira Arturovna
  • Sodiqova Bahora Maxmurovna
  • Chukanina Diana Baxromovna
  • Rasulova Munira Maratovna
  • Rustamova Malika Muradullayevna
  • Klochkova Ekaterina Vladimirovna
  • Xudoyqulov Behzod Abbosovich

Ilmiy- tadqiqod ishlari:

            Kafedraning bosh ilmiy-tadqiqod mavzusi “Ispan va italiyan tillarini o’qitishning yangi metodologik usullari” doirasida, hamda nafaqat ispan va italiyan tillari doirasida, balki ingliz va fransuz tillari misolida ham tilshunoslikning har xil qirralarini qamrab olgan holda kafedra mudiri dots. A.Begmatov va f.f.n, katta o’qituvchi A.A.Morozovalar rahbarligida ilmiy tadqiqod ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan dots. A.Begmatov xorijiy tillarni o’qitishda lingvodidaktik va kommunikativ metodlardan foydalanish ustida tadqiqod ishlarini olib bormoqda.Kafedra o’qituvchilari Grammatik kategoriyalarning nutqda voqeylanishi xususiyatlari , stilistik figura va troplarning matnda qo’llanilishi , hamda franko-ispan adabiyotining zamonaviy yo’nalishlari bilan bog’liq masalalarni o’rganmoqdalar. Ilmiy-tadqiqod ishida kafedra o’qituvchilari ham individual tarzda ham “Yosh romanistlar” to’garagi doirasida iqtidorli talabalar va magistrlarni jalb etib faoliyat yuritmoqda. To’gariklar italiyan va ispan tillari seksiyalaridan iborat. Iqtidorli talabalar bilan ishlash o’z mevasini bermoqda. Jumladan, o’tgan yil davomida italiyan va ispan tili bo’yicha o’tkazib kelinayotgan olimpiadalarda bizning talabalarimiz doimiy ravishda sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Tajribali pedagoglar qo’li ostida bir qator talabalar badiiy tarjima bilan shug’ullanmoqdalar.

Ilmiy-uslubiy ishlar:

            2014-2015 o’quv yilida mashg’ulotlar uchun qo’llaniladigan didaktik materiallarni yangilashga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirdi. O’qitish amaliyotida mamlakatimizda va chetda nashr etilgan kitob hamda elektron zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar kiritilgan. Kafedra o’qituvchilarining o’zlari ham italiyan va ispan tillari darsliklarining muallif va hammualliflari hisoblanadi. Xususan, A.A.Morozova o’zbekcha – ispancha o’quv lug’ati tayyorladi. Shuningdek o’qiyuvchilar B.Sodiqova,V.Qurbonova, M.Gulyamovalar “Italiyancha-o’zbekcha-ruscha tematik lug’at” tayyorladilar.

            O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-1875-sonli qarori ijrosini amalga oshirish doirasida talabalarga amaliy kommunikativ ko’nikma shakllanishi uchun chet tilini o’qitish metodikasi va amaliyotini takomillashtirish bo’yicha ko’plab ishlar olib borilmoqda. O’qitish amaliyotida ilg’or pedagogic tajribalar faol joriy etilmoqda. Xususan, kommunikativ kompetensiyalarga o’qitish,ya’ni: o’rganish, o’qitish, baholash bugungi davr talablariga muvofiq joriy etilgan. Bu o’qituvchilarga kommunikativ yondashuv uslublarini o’rganish bilan birga yangi amaliy va ilmiy darajalar bo’yicha zamonaviy darsliklar joriy etilishiga imkon beradi.

Kafedra manzili: Roman-german filologiyasi fakulteti 4 va 6 qavat 40,41,66 xonalar.