Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ingliz tili grammmatikasi va tarixi
Ismatova M.Sh. Kafedra mudiri: Ismatova M.Sh.

Telefon: +99890 502 2010
Elektron manzili: makhzuna@samdchti.uz

 

 

 


Kafedra tarixi

       “Ingliz tili grammmatikasi va tarixi ” kafedrasi o’z faoliyatini 2005 yil Vazirlar mahkamasining qarori va SamDChTI rektorining buyrug’iga ko’ra Ingliz filologiyasi fakulteti qoshida faoliyat olib borayotgan  ijtimoiy fanlar kafedrasi  asosida tashkil etildi va alohida kafedra sifatida o’z faoliyatini boshladi. 2005-2011 – yillarda kafedrani f.f.n. prof O’.U.Usmonov boshqardi. 2011-2013 yil avgustigacha kafedrani f.f.n. G’.Q. Mirsanov, 2013 yil avgustdan to 2014 yil apreligacha  kafedra mudiri sifatida f.f.n. F.M.Usmonov faoliyat olib bordi. 2014 yil aprelidan to hozirgi kungacha kafedra mudiri vazifasida f.f.n. B.B.Odilov ish olib bormoqda. Kafedra jamoasi oldiga Vatanimizning ravnaqi uchun xizmat qiladigan bakalavr va magistrlarni tarbiyalashdek  yuksak vazifa qo’yilgan. 

IMG_1089

         Ushbu jamoa esa, bu ishonilgan yuksak va sharafli maqsadni bajarish uchun hormay- tolmay xizmat qilib kelmoqda. Kafedra a’zolari o’z xizmat faoliyatlari bo’yicha ko’plab horijiy mamlakatlarda bo’lib o’zlarining professional malakalarini oshirib, erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarini nafaqat o’z jamoalari orasida balki kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik liseylardagi hamkasblari bilan ham o’rtoqlashmoqdalar. Ushbu hamkorlik natijasi o’laroq, kafedraga yetakchi oliy o’quv yurtlarining tajribali professor-o’qituvchilari ham taklif etilgan bo’lib, ular ham bunday hamkorlikni rivojiga katta hissa qo’shmoqdalar.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi “Gapning ichki va tashqi qurilmasini lingvo-didaktik xususiyatlari” deb nomlangan bo’lib, bu yo’nalishda kafedra professor-o’qituvchilari ko’plab ilmiy ishlarni amalga oshirmoqdalar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ №1875 qarori hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli idoralari va ilmiy tadqiqot muassasalarining taklif va mulohazalari kafedrada tahlil qilinib o’quv jarayoniga joriy etib borilmoqda.     

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:            

  • 5220100  Filologiya (tillarni o’qitish)

Kafedra magistratura  ta’lim yo’nalishi:            

  • 5A 120102 Lingvistika (ingliz tili)

Kafedrada o’qitiladigin fanlar:

Bakalavriat:

  • Asosiy o’rganilayotgan 
  • Chet tili tarixi
  • O’rganilayotgan til filologiyasiga 
  • Ikkinchi chet tili
  • Ommaviy axborot vositalari (t\f)
  • Tinglash va gapirish
  • Mustaqil ta’lim ko’nikmalari
  • Muloqot grammatikasi
  • O’qish
  • Kommunikativ leksika (so’z boyligini oshirish)
  • Yozma nutq amaliyoti
  • Integrallashgan til ko’nikmalari

Magistratura:

  • Asosiy chet tili
  • Nazariy grammatikaning dolzarb muammolari
  • Lisoniy tadqiqot metodlari
  • Qiyosiy tipologiyaning dolzarb muammolari
  • Gapning komponent va sintaksem tahlili

Kafedra professor-o’qituvchilari:

Odilov B.B. 
F.f.n. kafedra mudiri 

 

prof

Usmanov U.U
dosent.

Usmanov-s

Usmanov F.M.
F.f.n.

Ismatova

Ismatova M.Sh.
Katta o’qituvchi

Носирова

Nosirova R.A.
Katta o’qituvchi

Sidikova

Siddiqova N.N.
Katta o’qituvchi

Dexkanova

Dexkanova D.T. 
Katta o’qituvchi 

352

Guliyeva E.F.
o`qituvchi 

Sarimsokova

Sarimsoqov S.Sh.
o`qituvchi

Oblokulova M.M

Oblakulova M.M.
o'qituvchi

РАСМ1

Narimova G.
o`qituvchi 

Fayzullayeva

Fayzullaeva D.
o`qituvchi

Untitled-1

Qudratov L.
o'qituvchi 

Kadirov

Qodirov U.
o`qituvchi

Сирожиддинова

Sirojiddinova Sh.
o`qituvchi

 DSC_1477

Muxtarova Sh.
o`qituvchi 

Bekniyazova

Bekniyazova S.N.
o`qituvchi 

Samatova

Samatova G.
o'qituvchi

 Kafedrada olib borilayotgan ishlar:

Kafedraning ilmiy yo’nalishi “Gapning ichki va tashqi qurilmasini lingvo-didaktik xususiyatlari” deb nomlangan bo’lib, bu yo’nalishda kafedra professor-o’qituvchilari ko’plab ilmiy ishlarni amalga oshirmoqdalar.

 Kafedrada olib borilayotgan hamkorlik aloqalari:

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi professor-o`qituvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedraga biriktirilgan 2 ta kasb-hunar kolleji, jumladan Tayloq tuman pedagogika va Samarqand shahar 1-son pedagogika kasb-hunar kollejlari bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTM larga jalb qilish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovatsion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida kafedraning filiallari tashkil etilgan.

 Kafedra filiallarining maqsadi professor-o'qituvchilar bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, kollejlarda mutaxassislik fanlari o'qituvchilariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, kollejlarda yangi laboratoriya jihozlarini ishlatishga amaliy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlaridan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berishdan iborat.

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fan o'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi. 

Kasb-hunar kolleji o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berib kelinayapti hamda har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etilib, litsey va kollej o'quvchilariga tushuntirish ishlari olib borilayapti. 

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan kollejlarda yetishmaydigan adabiyotlarni yaratish borasida 7 dan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar, 10 dan ortiq dars ishlanmalari tayyorlanib, kollej o'quvchilariga tavsiya qilindi. Ular turli yillarda "Yilning eng yaxshi" o`quv-uslubiy qo`llanmasi nominatsiyalarida sovrinli o'rinlarni olishgan. Ularda nazariy qismlarni yoritish bilan birga amaliy laboratoriya darslari ham bayon etilgan.

Shuningdek, kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollej o`qituvchi va talabalariga institutimizning xorijdan kelgan professor-o`qituvchilari ham amaliy mashg'ulotlarda, o'quv amaliyotlarida bevosita kasbga yo'naltirish va malaka talablarini shakllantirishda, chet tillarini yanada mukammal bilishda amaliy yordam berishayapti.

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ish beruvchi korxona, tashkilot va qo'shma korxona rahbarlarining hamda viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuvlar o'tkazilib kelinmoqda. Uchrashuvda ish beruvchilarga bitiruvchilar to'g'risidagi taqdimot materiallari taqdim qilinadi. Kollej o'quvchilarini 2-kursdan boshlab amaliyotga yuborishda kelgusida ish beruvchi tashkilot sifatida tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash ko`zda tutilgan.

Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlariga kafedradan 2 nafar fan nomzodlari, dotsent va katta o'qituvchilar o'rindoshlik asosida ishga joylashgan.

Bajaruvchilar:

Kafedraning barcha o’qituvchilari.

Kafedra katta ilmiy xodimlaridan himoyaga chiqish arafasidaga prof.-o’qituvchilar:

Asadov R.M. “Mikro badiiy matnda monovalentli va poluvalentli sintaktik birliklarning funksional tadqiqi”( 10.00.07 qiyosiy-tarixiy tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik.)

Suleymanova N.J. “Badiiy matnda lokativlik kategoriyasi va ularning deyktik xususiyatlarining funksional tadqiqi”(ingliz va o’zbek tillari misolida) (10.00.07 qiyosiy-tarixiy tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik. Lingvistik tarjimashunoslik. 10.01.11-matnshunoslik va adabiy manbashunoslik).

Obloqulova M.M. “Функциональный анализ неличных форм глагола в структуре предложений английского языка” (10,00,05-Yevropa, Amerika Avstraliya xalqi tili va adabiyoti).

Seminardan foto lavhalar
B.B. Odilov “ilmiy maqola yozish usullari”

 

921310439d53c3eb753ac362c5cf2180 e124704e42a7360dad693e1d26db3fa0

Kafedra manzili: Ingliz filologiyasi fakulteti binosi 5- qavat