Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi
Amritdinova Nazira Shamsitdinovna Kafedra mudiri: Amritdinova Nazira Shamsitdinovna

Telefon: +99890 505 00 46

Elektron manziliamriddinovan@gmail.com

 

 

 

Кafedra tarixi

Kafedra o’z  faoliyatini 2001yil avgust oyidan boshladi. Kafedra mudiri etib dots.Suleymanov M.D.tayinlandi. 2001yilda kafedra o’qituvchilari asosan uchinchi kurs talabalariga Leksikologiya, Stilistika, Asosiy chet tili fanlaridan ta’lim berishadi. Bundan tashqari, pedagogik amaliyot, BMI va MDlarga rahbarlik ishlari amalga oshiriladi.Suleymanov M.D. 2001-2007 o’quv yillari davomida kafedraga rahbarlik qildi. 2007-2009 o’quv yillari davomida kafedraga Sadiyeva N.O. rahbarlik qildi. 2009-2010 o’quv yillari davomida kafedraga f.f.n.Ashurov Sh.S. va 2011-2012 yillarda f.f.n.Ro’ziqulov F.Sh. rahbarlik qildi. 2012-2014-yillar davomida f.f.n. Shomurodova Sh.J. rahbarlik qildi.  Hozirgi kunda kafedrada 2014-yil sentabr oyidan boshlab Amriddinova N.Sh. rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o’qituvchi faoliyat yuritmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5120100 − fililologiya va tillarni o’qitish

Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120102 –Lingvistika (ingliz tili)

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • O’rganilayotgan mamlakat (mintaqa) tarixi
  •  Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti
  •  Leksikologiya
  •  Stilistika va matn tahlili
  •  Asosiy o’rganilayotgan chet tili (ingliz tili)
  •  Ikkinchi chet tili (ingliz tili) 

Magistratura:

  • Amaliy xorijiy til (ingliz tili)
  •  Zamonaviy leksikologiyaning dolzarb muammolari 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • Amriddinova Nazira Shamsidinovna
  • Ismailov Anvar Rustamovmch
  • Ro’ziqulov Fazliddin Shukurovich
  • Sadiyeva Nasiba Olimjanovna
  • Shodiyev San’at Ergashevich
  • Hakimov Qahramon Akramovich
  • Suvonov Zoir Norqulovich
  • Rasulov Normurod Atakulovich
  • Balyasnikova Marina Aleksandrovna
  • Amonov Abdugani Telmanovich
  • Raxmonova Amira Ulfatovna
  • Suzdalseva Anastasiya Anatolevna
  • Nazaryan Armida Rubenovna
  • Xamrakulova Amiraoy Uktamovna
  • Fatixova Venera Vaxidovna
  • Ayupov A.F.
  • Mirzayev J.J.
  • Baxriddinova M.Sh.
  • To’ychiyev S.E.
  • Qodirov U.T.
  • Muxtarova Sh.F.
  • Fayzullayeva D.U.
  • Samatova G.N. 
  • Abdusalomova L.
  • Axmedova Z.
  • Ashurova N.
  • Egamnazarov K.
  • Tagayeva T.

Kafedra o’z faoliyatini boshlagandan buyon professor o’qituvchilar tomonidan quyidagi o’quv uslubiy qo’llanmalar chop etildi:

  •  Conversational Practice. – Manual for the 3rd year students
  •  Analitycal reading. – Manual for the 3rd year students
  •  Home reading – “Hamlet”, “Ten plus one’ “Pygmalion”
  •   The course of Lexicology.
  •  Country study.

Shu bilan birga ”Conversational Practice” va Home reading – “Hamlet” o’quv uslubiy qo’llanmalarining elektron shakli yaratildi va ular Ziyo Net saytiga joylashtirildi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

“Fe’llarning kauzativ va parametrik  ma’nosi

Bajaruvchi: Shodiyev Sanat Ergashevich 

Sintaktik strukturalarning, xususan, gapning nominativ belgi-xususiyatlari so’zning nominativ belgilari bilan qiyos qilganda, ular o’rtasida jiddiy farq mavjudligi ko’zga tashlanadi. Birinchidan, so’z  tom ma’noda nominativ birlik hisoblanadi va shu bois u nutqda ham o’zining mazkur maqomini saqlaydi. Fe’llarning kauzativ ma’nosini lingvistik jihatdan tadqiq etish hozirgi kunda tilshunoslikning kam o’rganilgan sohalaridan biri bo’lib qolmoqda.

Rahbar: prof.Turniyazov N.Q.

“Gapning nominativ aspekti va sintaktik munosabatlar”

Bajaruvchi: Suleynmanova Nargiza Mardonovna

Tilning markaziy birligi bo’lgan so’zning nominativ ma’nosi tilshunoslik fani taraqqiyotining  hozirgi davriga qadar mukammal o’rganildi va bu sohada fundamental tadqiqot ishlari vujudga keldi (V.V. Vinogradov, N.D. Artyunova, V.G. Kolshanskiy, V.G. Gak, E.S. Kubryakova va boshq.). Biroq so’nggi yillarda sintaktik strukturalarning nominativ salmog’ini o’rganish masalasi ham tadqiqotlar kun tartibi qo’yila boshladi va u bugungi kunga kelib, alohida lingvistik muammo sifatida e’tibor qozondi. Shu boisdan, kafedra o’qituvchisi Suleymanova N.M. mazkur muammo ustida ilmiy ish olib bormoqda.

Rahbar: prof.Turniyazov N.Q.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedrada har oyda 1 marta “Lug’at va matnda tilning kognitiv-stilistik izohi” nomli ilmiy seminar ish yuritadi. Mazkur seminar ish rejasi har o’quv yilining boshida kafedra yig’ilishida ishlab chiqiladi. Kafedra qoshida “Lingvist” iqtidorli talabalar to’garagi faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan korporativ hamkorlik aloqalar.

Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda ishlash bo’yicha pedagogik, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyati ikkita o’rta maxsus ta’lim muassasasida yo’lga qo’yilgan. Ta’limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etishda kafedra jamoasining ishtiroki Nurobod maktabgacha ta’lim va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida hamda SamDChTI qoshidagi 2-son akademik litseyda ta’minlanmoqda. Mazkur ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. O’quvchilarning oily ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishishida hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlashda ish beruvchi korxona, tashkilotlar bilan korporativ hamkorlik ishalri amalga oshirilmoqda. Bu bo’yicha ishchi reja shakllantirilib, tegishli tartibda tasdiqlangan.

Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasiga biriktirilgan akademik litsey hamda kasb-hunar kollejida kafedraning filiali tashkil etilgan. Kafedra filiallarining maqsadi etib kafedra jamoasi va mazkur ta’lim muassasalari o’qituvchilari bilan hamkorlikda chet tili (ingliz tili), shuningdek pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etish, mutaxassislik fanlari o’qituvchilariga yaqindan amaliy ko’maklashish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib boorish kabilar belgilangan. Shu bilan birga ta’lim muassasalarida ingliz tili fanidan o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratish, kasbiy amaliyot bo’yicha ishchi dasturlarni ishlab chiqish, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etish kabilar ham innovatsion guruh to’g’risidagi ma’lumotning 1-4 shakllarda o’z ifodasini topgan.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim muassasalari bo’yicha o’quvchilarning ta’lim yo’nalishlari bo’yicha soni, axborot resurs markazi fondi, o’qituvchilarning ilmiy salohiyati, amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar muntazam tahlil qilib borilmoqda. 

Ta’lim muassasalari o’quvchilari e’tiboriga Samarqand davlat chet tillar instituti to’g’risida ma’lumotlar taqdimot ko’rinishida havola etib borilmoqda. Oliy ta’lim muassasasiga tinglovchilarni qabul qilish davrida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda.

Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun amaliy ingliz tili bo’yicha 5 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 10 dan ortiq dars ishlanmalari tayyorlanib, o’quv jarayoniga tadbiq etildi.

Shuningdek, Nurobod maktabgacha ta’lim va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji hamda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi 2-son akademik litseyning ingliz tili fani o’qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etilib, mashg’ulotlarni olib borishda xorijiy mutaxassislarning ham ishtiroki ta’minlanmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari kasb-hunar kolleji o’quvchilarining o’quv amaliyoti davomida bevosita kasbga yo’naltirish va malaka talablarini shakllantirishda, xususan ingliz tilini yanada mukammal o’zlashtirishda amaliy yordam ko’rsatib kelishmoqda.

Nurobod maktabgacha ta’lim va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ish beruvchi korxona, tashkilot rahbarlari hamda viloyat o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda mavzu yuzasidan uchrashuvlar o’tkazib kelinmoqda. Uchrashuvda ish beruvchilar e’tiboriga bitiruvchilar to’g’risida ma’lumotlar havola qilinib, kollej o’quvchilarini 2-kursdan boshlab amaliyotga yuborish uchun kelgusida ish beruvchi tashkilot sifatida tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.

Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasiga biriktirilgan o’rta maxsus ta’lim muassasalariga kafedradan 2 nafar katta o’qituvchi va 1 nafar o’qituvchi o’rindoshlik asosida ishga joylashgan.

Tashkiliy uslubiy ishlar

Tashkiliy uslubiy ishlar bo’yicha o’tgan yillar mobaynida kafedra Samarqand Davlat Chet tillar Instituti qoshidagi akademik litsey, Nurobod pedagogika kolleji va Kattaqurg’on akademik litseyi bilan hamkorlikda ochiq darslar, seminar treyninglar, master klaslar, CEFR dasturi  yuqorida qayd qilingan o’quv maskanlarida taqdimot va slayd shou yordamida namoyish qilindi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedrada ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilgan va bu ishlar davom etib kelinmoqda. Shu jumladan 6-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari (Spitamen shox ko’chasi) va 11-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun chet tili xonasi tashkil etildi. Xona kerakli o’quv jihozlari, standlar, kitoblar, audio, bidio disklar bilan ta’minlandi. Bayram tadbirlarida o’qituvchi va talabalar bilan birgalikda ushbu mehribonlik uyklari tarbiyalanuvchilariga bayram sovgalari, ijodiy guruhlar tomonidan turli sahna namoyishlari tashkil etilib, ular har tomonlama qo’llab quvvatlanmoqda.   

 Kafedra manzili: Ingliz filologiyasi fakulteti binosi 3- qavat