Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Fransuz filologiyasi kafedrasi
f.f.n. Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovna Kafedra mudiri: f.f.n. Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovna

Xizmat telefoni: (+99893) 728-04-38

Elektron pochta manzili: nigora.suvonova@umail.uz

 

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra Fransuz filologiyasideb nomlanib, u 2014 yil fransuz tili fonetikasi va grammatikasi hamda fransuz filologiyasi kafedralarining qo’shilishidan tashkil topgan. Kafedra tarixiga nazar tashlansa, u 1994 yilda tashkil etilgan bo’lib, unda professorlar M.Xolbekov, H.Orziqulov, dotsentlar T.Imomnazarov, S.Ismoilov, A.Ko’chiboyev singari ustoz sanalgan professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatgan.

Hozirgi kunda kafedra jamoasi 26 ta professor-o’qituvchini o’z ichiga oladi. Shundan 2 nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar katta o’qituvchi va 16 ta o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedra taklifiga binoan, 2013 yildan boshlab, magistratura bo’limida amaliy mashg’ulotlarni janob Moris Kore (Belgiya) olib bormoqda. Kafedra jamoasi, asosan yoshlardan tashkil topgan. Chet tilini o’qitishning ilg’or metodikasi bilan tanishish maqsadida bir necha marotaba kafedraning professor-o’qituvchilari tarkibining bir qismi Yevropa mamlakatlarining o’quv markazlarida (Xususan, D.Kiselyev 2003-2006 yillar “Atalante Innovation” centre de formation pédagogique (Limoges, France), 2004, 2006 yillar – session de travail sur le manuel “Thé ou café” (Limoges, Bruxelles), 2014 yil oktabr oyida TEMPUS dasturi bo’yicha Fransiyaning Kan shahrida, A.Balasanyan 2014 yil Vichy – Cavilam Alliance Française / L’Université de Clermont-Ferrand, N.Po’latova 1996 yil INJEP, Paris) o’z malakalarini oshirib kelganlar. Evropa mamlakatlarining ilg’or pedagogik texnologiyalari va o’qitish metodikasidan yaxshigina xabardor bo’lgan mana shunday yosh o’qituvchilar fransuz tili bo’yicha talabalarga saboq berib kelishmoqda.  

2014 yildan buyon katta o’qituvchi, filologiya fanlari nomzodi Nigorabonu Suvonova kafedra mudiri sifatida kafedrani boshqarib kelmoqda. Kafedraga qarashli guruhlar mutaxassislik bo’yicha o’qitiladigan fanlarga doir zamonaviy darsliklar va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlangan. 2014 yildan boshlab kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar to’laligicha CECR (Umumevropa chet tilini egallash kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish, baholash) talablari asosida olib borilmoqda. Kafedrada bakalavr yo’nalishida o’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan va ular zamon talabiga ko’ra davriy tarzda elektron shaklda yangilanib turadi. Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari masofaviy ta’lim tizimi – MOODLE platformasida ham talabalar bilan juda qizg’in shug’ullanadilar. O’qitiladigan kurslar bo’yicha talabalarning mustaqil ishlari (mavzu bo’yicha mashqlar, testlar va shu turdagi topshiriqlar)ni mazkur elektron tarmoqda qabul qilailar va baholaydilar. 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili)

Kafedra magistratura mutaxassisligi:

  • 5A120100 –Lingvistika (fransuz tili)

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

5120100 (fransuz) tili ta’lim yo’nalishi bo’yicha:

  • Chet tili aspektlari (til aspektlari amaliyoti)
  • Asosiy o‘rganilayotgan til
  • Lotin tili
  • Mamlakatshunoslik
  • Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti
  • Asosiy o’rganilayotgan til o’qitish metodikasi va zamonaviy taxnologiyalar
  • O‘rganilayotgan til nazariy fonetikasi
  • O‘rganilayotgan til nazariy grammatikasi
  • Ikkinchi chet tili
  • Stilistika va matn tahlili
  • Leksikologiya
  • Qiyosiy tipologiya
  • Chet tili o‘qitishning kommunikativ  metodlari
  • Mutaxassislikka oid fransuz tili
  • O’zbekiston tarixiy obidalari
  • Chet tili tarixi
  • Fransuz tilida yozma muloqot
  • Ommaviy axborot vositalari 

Magistratura:

  • Asosiy chet (fransuz) tili
  • Matn pragmatikasi
  • Kognitiv lingvistika
  • Matn lingvistikasi
  • Matnning stilistik tahlili
  • Amaliy xorijiy til
  • Qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari
  • Fransuz frazeologiyasining asosiy tamoyillari

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovna
  • Xolbekov Muxammad Nurqasimovich
  • Mirzayev Ibodulla Kamolovich
  • Ismoilov Salohiddin Ismoilovich
  • Ko’chiboyev Abdumurot
  • Yo’ldoshev Muso Muhammatovich
  • Kiselyev Dmitriy Anatolyevich
  • Rustamov Ochilboy Yusupovich
  • Fozilova Shafoat Zoirovna
  • Shukurova Ra’no Akmalovna
  • Qo’chqorova Sadoqat Toshpo’latovna
  • Doliyeva Laylo Bo’riboyevna
  • Ataullayeva Dilfuza Azizovna
  • Po’latova Nigina Aminovna
  • Nuriyev Alisher Karakulovich
  • Asadov Mahmadiyor To’rayevich
  • Xalmuradova Zebiniso Savkatovna
  • Rizaxanova Muxayyo Gulmamatovna
  • Xushvaqtov Sanjar Axrorovich
  • Xidirov Muzaffar Oblanazarovich
  • Qilicheva Gulruh
  • Nasimova Dilbar Baxodurovna
  • Balasanyan Albina Anatolyevna
  • Rajabov Xulshed Furqatovich
  • Toirova Dilfuza Fayzullayevna
  • Kore Moris

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

2013-2014 o’quv yilida mashg’ulotlar uchun qo’llaniladigan didaktik materiallarni yangilashga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirildi. O’qitish amaliyotida mamlakatimizda va chetda nashr etilgan kitob hamda elektron zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar kiritilgan. Kafedra o’qituvchilarining o’zlari ham fransuz tili darsliklari muallif va hammualliflari hisoblanadi. Xususan, D.A.Kiselyov fransuz hamkasblari bilan hamkorlikda yaratilgan "Thé ou café" fransuz tili darsligining mualliflar kollektivi a’zosi sanaladi, shuningdek, Suvonova N.N. “Tahliliy o’qish”.  O’quv-uslubiy qo’llanma, Suvonova N.N., Doliyeva L.B. “Le français”. O’quv-uslubiy qo’llanma, Ko’chiboyev A. “Oliy o’quv yurtlarida xorijiy til aspektlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini texnologiyalashtirish”. O’quv-uslubiy qo’llanma, Shukurova R., Eshbekova N. “Le français”. Kollej va litsey talabalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma, Турсунова Н. Каршибаева У. Кучкарова С. “Ouzbékistan” Учебно-методическое пособие kabi ishlari amaliyotga joriy qilingan  S.I.Ismoilov “Fransuz tili tarixi” darsligi ustida ishini yakunlamoqda. 

Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion hamkorlik sohasi va turlari ham kengaytirmoqda. Jumladan, ular bilan mustahkam aloqlar o’rnatilgan:

- O’zR O’zDJTU bilan chet tilini o’qitish bo’yicha tajriba almashish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;

- Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi bilan Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi uchun materiallar tayyorlash bo’yicha;

- INALCO (Institut National des Langues et Civillisations Orientales - Sharq tillari va sivilizasiyalari milliy instituti) Parij, Fransiya. 2013 yildan boshlab, INALCO professorlari yozma nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan seminar o’tkazmoqda;

- “Karavon Travel” va “Sésames de voyages” sayyohlik firmalari bilan Chet tillarni bilish darajasini kengaytirish, nutqiy savodxonlikni rivojlantirish;

- Korporativ hamkorlik doirasida fransuz filologiyasi kafedrasi Bulung’ur  pedagogika va sport kolleji, Ishtixon pedagogika kolleji, SamDChTI qoshidagi 2-son akademik litsey bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ushbu kollej va litseylarda kafedra o’qituvchilari tomonidan doimiy tarzda ochiq dars, master-klass, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari o’tkazilib kelinmoqda. Kafedraning professor-o’qituvchilar tarkibi ushbu kollej va litsey chet tili o’qituvchilariga metodologik yordam ko’rsatmoqda. Kafedraga biriktirilgan litsey va kollejlarga institutimizning talabalari ustozlari bilan birgalikda dars o’tib, ular bilan fikrlar almashib kelishi ham hamkorlik aloqaning mustahkam o’rnatilganligidan dalolat beradi.

 

Kafedra ma’naviy-ma’rifiy sohada ham faol. Institut va fakultet miqyosida o’tkazilib kelinadigan turli ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlar, davra suhbatlari uyshtirib va faol qatnashib keladi. Bundan tashqari, fransuz filologiyasi kafedrasida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar doirasida qiziqarli kechalar, tanlovlar hamda ekskursiyalar faol tashkil etilmoqda. 2013 yildan buyon Institut miqyosida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “TILLAR BELLASHUVI” tanlovida fransuz tili yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar o’zlarining bilimlari va aktyorlik mahoratlarini namoyish etib kelayotganligi ham tahsinga sazovordir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarori ijrosini amalga oshirish doirasida talabalarga amaliy kommunikativ ko’nikma shakllanishi uchun chet tilini o’qitish metodikasi va amaliyotini takomillashtirish bo’yicha kafedrada ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. O’qitish amaliyotida ilg’or pedagogik tajibalar faol joriy etilmoqda. Xususan, kommunikativ kompetensiyalarga o’qitish CECR (Umumevropa chet tilini egallash kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish, baholash)ga muvofiq joriy etilgan. Bu o’qituvchilarning kommunikativ yondashuvni o’rganish bilan birga CECR darajalari bo’yicha zamonaviy darsliklar joriy etilishiga imkon beradi. Shuningdek, kafedra o’qituvchilari mazkur qaror yuzasidan o’tkazib kelinadigan, turli seminar-treeninglarda mutasaddilar qatorida faol qatnasib kelmoqda.

Kafedra manzili: Roman-german filologiyasi fakulteti 6 qavat 64 xona