Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Axborot texnologiyalari markazi

 

Zafar 3x4

Axborot texnologiyalari markazi boshlig'i: 
Ashurov Zafarjon Raxmonqulovich

Elektron pochta: samdchti_atm@edu.uz

Telefon: +998 66 210 0137

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 23.05.2001 yilgi qarorini amalga oshirish maqsadida Institut rektorining buyrug’iga asosan “Axborot texnologiyalar markazi” tashkil etildi. 

 Markazning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Institutda o’quv jarayoniga o’quv texnologiyalarini kiritish.
  • Institutda lokal tarmoq faoliyatini ta'minlash.
  • Institutda ta’lim jarayonini avtomatlashtirish
  • Tarmoqlar, kompyuterlar hamda telekommunikatsiya jihozlari ishlashini ta’minlash .
  • Masofaviy ta’lim va yangi axborot texnologiyalar bo’yicha elektron dasturlar yaratish.
  • Elektron kutubxona yaratish.
  • Institutning xalqaro va mahalliy axborot tarmoqlari va manbalariga bog’lanishini ta’minlash.

SamDChTI axborot texnologiyalar markazi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

1. Axborot va texnik ta’minot bo’limi.

2. “O’quv ta’lim resurslari va dasturlash” bo’limi.

 “Axborot va  texnik ta’minot” bo’limining asosiy vazifalari”

  • Tarmoqlar faoliyatini boshqarish;
  • Institut WEB saytini talablar darajasida shakllantirish va boyitb borish;
  • Institutida oquv jarayonini avtomatlashtirish.
  • Internet xizmatini tashkil etish.
  • Internet resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish
  • IP- texnologiyalarini kiritish.
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash.

O’quv ta’lim resurslari va dasturlash bo’limining asosiy vazifalari:

  • Institut texnik va operatsion tizim  jixozlarini ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish;
  • Elektron o’quv darsliklari va virtual stendlar tuzishga va yangilashga ko’rsatmalar berish;
  • Elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, o’quv rejalari va institut nashrlarining to’plamini tuzish;
  • Elektron darsliklariga taqdimotlar tuzish;
  • O’quv jarayoniga  zamonaviy  axborot va pedagogik texnologiyalarni olib kirish;
  • Masofali ta’lim bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish.