Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Kadrlar bo'limi

FAOLIYATI

SamDChTI kadrlar bo’limi 1994 yil 22 dekabrda tashkil etildi. 2015 yildan boshlab Ziyodullayeva Fotima Fazliddinovna rahbarlik qilib kelmoqda. 

 Ushbu bo’lim tarkibiga bo’lim boshlig’i, 2 ta nazoratchi va 1 ta katta nazoratchi kiradi. Ushbu bo’limda institut professor-o’qituvchilarining, xodimlarining va talabalarning shaxsiy ishlari turadi va ularga tegishli bo’lgan hujjatlar rasmiylashtiriladi. Kadrlar bo'limi boshlig'i o'z faoliyatini bevosita rektorning rahbarligida olib boradi.

 

Hozirgi vaqtda kadrlar bo’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

  • institut bo’linmalarining rahbarlari bilan hamkorlikda o’quv-yordamchi, o’quv-ishlab chiqarish, ma’muriy-boshqaruvchilik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yadi:
  • rektor nomenklaturasiga kirgan institutning barcha toifadagi xodimlarini ishga qabul qilishni, boshqa ishga o’tkazishni va bo’shatishni rasmiylashtiradi:
  • kadrlar bo’limi xodimlarining o’z vazifalarini bajarishlarini nazorat qilib boradi:
  • xodimlar bilan tuziladigan kontrakt blankalarini to’ldirishni tashkil qiladi:
  • xodimlar bo’yicha buyruq loyihalarini tuzadi:
  • institut xodimlariga tavsifnoma berilishini rasmiylashtiradi va nazorat qilib boradi:
  • institut jamoasida mehnat tartib qoidalariga rioya qilishni nazorat qilib boradi:
  • ma’lumotnomalar berishni qayd qilib boradi:
  • mehnat daftarchalariga talabnomalar tuzadi, ularni hisobga olib
  • boradi va ular uchun hisobot beradi.
  • xodimlarni u yoki bu lavozimga tayinlash huquqini beradigan hujjatlarni rasmiylashtiradi:
  • ishlayotgan xodimlarning belgilangan shakldagi ro’yxatini olib boradi:
  • institut xodimlarining shtat jadvalini tuzadi:
  • yangidan ishga qabul qilingan, boshqa ishga o’tkazilgan va ishdan bo’shatilgan xodimlarni hisobga olish daftarini yuritadi:
  • boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi T-2 shakldagi varaqchalarini qayd qilib boradi:
  • mehnat daftarchalariga xodimlarning ishga qabul qilinganligi, bir ishdan boshqa ishga o’tkazilganligi va bo’shatilganligi to’g’risida qaydnomalar yozadi, maxsus kitobda mehnat daftarchalarini hisobga olib boradi, ularni saqlaydi:
  • institut bo’yicha xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, bo’shatish, ta’tillar berish to’g’risida buyruq hujjatlar tayyorlaydi:
  • xodimlarning shaxsiy ishiga tikib qo’yish uchun, (qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, bo’shatish va h. k.lar to’g’risida) buyruqdan ko’chirmalar tayyorlaydi:
  • ma’muriyat bilan moddiy javobgar shaxslar o’rtasida to’la moddiy javobgarlik to’g’risida mehnat shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi:
  • shaxsiy tarkib bo’yicha statistik hisobotlar tuzadi:
  • institut xodimlarining shaxsiy ishlaridagi hujjatlarning to’liqligini nazorat qilib boradi:
  • institut xodimlarining shtat-lavozim ro’yxatini yuritadi:
  • talabga muvofiq institut xodimlari ish joyi to’g’risida ilmiy darajasi va unvoni to’g’risida ma’lumotlar yozib beradi:
  • vaqtinchalik ishga yaroqsizlik varaqalarini (byulletenlarini) hisobga olib boradi va ularda ish stajini ko’rsatadi:
  • ishdan bo’shaganlarning shaxsiy hujjatlar ishini tayyorlaydi va vaqti-vaqti bilan arxivga topshirib boradi:
  • kadrlar bo’limi nozirlarining mehnat-ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishlarini nazorat qilib boradi:
  • Katta nazoratchi kadrlar bo’limi boshlig’i yo’qligida uning vazifasini bajaradi.
  • institut professor-o’qituvchilar lavozimlariga e’lon tayyorlab beradi va ularning xujjatlarini tanlovga tayyorlaydi va tanlovdan o’tganlarni xujjatlarini rasmiylashtiradi;
  • institut professor-o’qituvchilari va xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tishini nazorat qiladi.

Talabalar bilan ishlash nazoratchisining vazifalari:

  • talabalar shaxsiy yig'ma jildining olib borilishini va mazmunini nazorat qilib boradi;
  • talabalikga qabul qilinganligi va talabalar safidan chiqarilganligi to'g'risida buyruqlardan ko'chirma tayyorlaydi;
  • bitiruvchilarning shaxsiy yig'ma jildiga tikib qo'yish uchun diplomdan nusxa olinadi;
  • institut bitiruvchilarning shaxsiy yig'ma jildlarni tayyorlab, arxivga topshiradi;
  • tushgan arizalar bo'yicha buyruq loyihasini tayyorlashda kadrlar bo'limi boshlig'iga bevosita yordamlashadi;
  • talabalar kontingentini olib boradi.