Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi

Rais: Salomov Irisboy Turabovich

Telefon: (93) 340-78-77
Elektron manzili: samdchti-kasaba@mail.ru 

Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida

MA’LUMOT

Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tomonidan belgilab berilgan 9 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha hamda institut ma’muriyati bilan xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi o’rtasida 2015-2017 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomalari va kelishuvlari asosida faoliyat ko’rsatadi. Institutda faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar, tahsil olayotgan talabalarga yaratilayotgan mehnat qilish, o’qish va dam olish sharoitlari, sport-sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, ularni mustaqillik yillarida bunyod etilgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Institut kasaba uyushmasi faoliyati keng qamrovli bo’lib, u institut professor-o’qituvchilar va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash, institutda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligini ta’minlash, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish  singari bir qator eng muhim vazifalarni amalga oshiradi.

Professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarimizni ijtimoiy himoyalash doimiy ravishda diqqat e’tiborimizda bo’lib kelmoqda. Jumladan, 60, 70 va 80 yoshga to’lgan ustozlarning yubileylari munosabati bilan ularga kasaba uyushma fondidan qimmatbaho esdalik sovg’alari  berildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti ma’muriyati bilan hamkorlikda 28-30 dekabr kunlari institut hovlisida arzon narxdagi go’sht, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, shirinliklar va meva-sabzavotlar yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, kam ta’minlangan, institut jamoat ishlarida faol qatnashgan 100 dan ortiq xodimlarimizga yangi yil sovg’asi sifatida 30 dekabr kuni Samarqand shahridagi Qo’g’irchoq teatrida bo’lib o’tadigan Yangi yil kechasiga institut kasaba uyushmasi fondidan bir million so’m ajratildi hamda kechaga institut jamoasi farzandlarining barchasi taklif etlidi.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan o’tkazilgan 2015 yildagi “Eng namunali talabalar uyi”  ko’rik-tanlovi bo’yicha Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyi faxrli o’rinni egalladi va ko’rik-tanlov natijalari bo’yicha komissiya xulosasi Toshkent shahriga 2016 yil 8 yanvar kuni yuborildi.

14 yanvar - “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan 2016 yil 14 yanvar kuni fakultetlar o’rtasida sportning 4 turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqada birinchi o’rinni roman-german tillari fakulteti, ikkinchi o’rinni ingliz tili fakulteti, uchinchi o’rinni tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti egalladi. G’oliblarning 12 nafariga institut kasaba uyushmasi fondidan olti yuz ming so’mlik sovg’alar va gullar taqdim etildi.

2016 yil 15 yanvar kuni soati 11:00 da institut majlislar zalida  “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag’ishlab tantanali badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirga viloyat harbiy gornizoni va institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi Afg’on urushi qatnashchilari taklif etildi. Ular uchun institut kasaba uyushmasi tomonidan olti yuz ming so’mlik qimmatbaho sovg’alar va gullar taqdim etildi.

2016 yil 17-25 yanvar kuni institut talabalar turar joyidagi talabalarning yashash holati, ma’naviyat va ma’rifat xonasidagi adabiyotlar va gazetalarning holati bilan yaqindan tanishildi.

Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, fakultetlarda o’tkaziladigan “Axborot soati” mashg’ulotlarining o’tilishini nazorat qilishda institut kasaba uyushma qo’mitasi a’zolari faol qatnashishdi.

2016 yil 3 fevral kuni institut majlislar zalida ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda fakultetlarning manaviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari xisoboti tinglandi.

2016 yil 4 fevral kuni Nurobod tuman Oqsoy qishlog’ida joylashgan SamDChTI sport-sog’lomlashtirish oromgohining hozirgi davr talabiga javob berish holati bilan tanishildi.

2016 yil 5 fevral kuni institut majlislar zalida roman-german tillari fakulteti talabalarining “Sog’lom ona va bola yilining zukko yoshlari” mavzusida madaniy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi xodimlari faol ishtirok etishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida yashovchilar ishtirokida institut oshxonasida 2016 yil soat 19.00 da talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sharoitining hozirgi ahvoli bo’yicha ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori X.D.Norqulov, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari qatnashishdi.

2016 yil 9 fevral kuni she’riyat mulkining Sultoni, o’zbek tilining asoschisi Alisher Navoiyning Samarqand shaxridagi haykali poyiga institut jamoasi nomidan gulchambar qo’ydik.

2016 yil 10 fevral kuni institut majlislar zalida “Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining 2015 yil davomidagi faoliyati va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining VII Qurultoyi qarorlarini bajarish to’g’risida”gi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining o’rinbosari Baxtiyor Xasanovich Maxmadaliyev, Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov, O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi raisi Ravshan Melisovich Bedilov va viloyat ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi mutaxassisi Iftixor Samadovich Raximovlar qatnashdi.

2016 yil 15 fevral kuni soat 19.00 da Samarqand shahridagi “Konsert zali”da Xitoy Xalq Respublikasining bahor bayramiga bag’ishlangan katta konserti bo’lib o’tdi. Konsertda chiqish qilgan sa’natkorlarga institutimiz jamoasi nomidan gullar taqdim qilindi.

2016 yil 18 fevral kuni soati 14:30da institut faollar zalida Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan 2015 yil «Keksalarni e’zozlash yilida» amalga oshirilgan ishlar va 2016 yilda bajariladigan tadbirlar to’g’risidaxisobot berdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining o’rinbosari Baxtiyor Xasanovich Maxmadaliyev, Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov, O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi raisi Ravshan Melisovich Bedilov va viloyat ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi mutaxassisi Iftixor Samadovich Raximovlar qatnashishdi.

Samarqand davlat chet tillar institutida 8mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramini nishonlash, shuningdek, tadbirni yuqori saviyada o’tkazish uchun institutda faoliyat ko’rsatuvchi 280 nafar va institutda ishlab ketgan 24 nafar ayol professor-o’qituvchilar va xodimlarimizga institut kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan sovg’alar, tabriknomalar hamda gullar taqdim etish uchun kasaba uyushmasi tomonidan 2500000 (ikki million besh yuz ming) so’m ajratildi.

Camarqand davlat chet tillar institutida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan kam ta’minlangan, sog’ligini yo’qotgan institut professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalaridan O.Nurmatov, S.Xayitov, Sh.Xudayberdiyeva, S.Quchqarova, M.Murodova, Mamatova K, E.Sodiqov, Z.Tillayeva, Sh.Odilova, R.Xojiyevalarga oilaviy sharoitining og’irligini  inobatga olib, ularga institut kasaba uyushmasi fondidan har biriga yuz mingdan jami bir million so’m moddiy yordam berildi.

2016 yil 9 mart kuni institutning akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektori B.Ya.Primov, ilmiy bo’limi boshlig’i L.Xamidovlar bilan Urgut tumani Omonqo’ton qishlog’ida joylashgan sport-sog’lomlashtirish oromgohining hozirgi davr talabiga javob berish holati bilan yaqindan tanishdik.

 “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini bajarish bo’yicha, hamda Umumxalq bayrami Navruzga bag’ishlab Zulfiyaxonim qizlari ko’rik-tanlovi 2016 yil 15 mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti majlislar zalida o’tkazildi. Ko’rik-tanlov g’oliblari institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar va gullar bilan rag’batlantirildi.

2016 yil 20 mart kuni Samarqand shahrida Navruz umumxalq bayrami bo’lib o’tdi. Samarqand davlat chet tillar instituti kasaba uyushmasi tomonidan institutda faoliyat ko’rsatuvchi 500 dan ortiq professor-o’qituvchilar va xodimlarimizga kasaba uyushmasi tomonidan ikki million so’mlik bayram dasturxoni tashkil etildi.

2016 yil 24 mart kuni SamDU sport zalida “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturiga bag’ishlangan “Sog’lom oila” sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Sport musobaqalari tadbirini Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov ochdi va musbaqada institutimizdan 100 nafardan ortiq talaba tomoshabin sifatida qatnashdi.

2016 yil 25 mart kuni institutning akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektori B.Ya.Primov, ilmiy bo’limi boshlig’i L.Xamidovlar bilan Urgut tumani Omonqo’ton qishlog’ida joylashgan “Yosh kinapchi” sport-sog’lomlashtirish oromgohining hozirgi davr talabiga javob berish holati bilan yaqindan tanishib keldik.

28-30 mart kunlari institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.O’sarova, ingliz tili fakultet dekani A.Ismailov, roman-german tillari fakulteti dekani A.Shermatov hamkorligida fakultet talabalarining kiyinish madaniyati bilan yaqindan tanishdik.

2016 yil 31 mart kuni “Samarqand Plaza” mexmonxonasida Xalqaro kasaba uyushmalari tashkilotlari Federasiyasi kengashi Bosh kotibi Sharan Barrou, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi kengashi raisi Tanzilya Kamolovna Norbayeva va Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov bilan bolalar mexnati masalalarini Muvofiqlashtirish bo’yicha xalqaro uchrashuv bo’lib o’tdi.

2016 yil 5 aprel kuni soati 14:00 da institut majlislar zalida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha kengaytirilgan yig’ilish bo’ldi. Yig’ilishda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti professor-o’qituvchilari va institut ma’naviyat kengashi a’zolari qatnashishdi.

2016 yil 7 aprel kuni soati 14:00 da institut majlislar zalida “Nigohlarda ko’rkam Xonatlas” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi. Tanlov g’oliblariga institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar va gullar taqdim etildi.

2016 yil 7 aprel kuni soati 15:00 da Samarqand shahridagi “Dinamo” o’yingohida viloyat xarbiylari xomiyligida gala konsert bo’lib o’tdi. Konsertga institutimizdan 200 nafar talaba qatnashdi.

2016 yil 9 aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan Samarqand shahrida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Institutimiz jamoasi nomidan Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi. Shu kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” o’yingohida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan “Biz- buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida gala konsert bo’lib o’tdi. Konsertda SamDChTIdan 1000 nafar talaba qatnashdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolari bilan hamkorlikda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlari foliyati o’rganilib, 11 aprel kuni institut ma’naviyat va ma’rifat Kengashiga taqdim etildi.

2016 yil 13 aprel kuni institut Ichki nazorat va monitoring bo’limi, kadrlar bo’limi hamda institut xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda institut bo’limlari xodimlarining ishga o’z vaqtida kelishi o’rganildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari bilan 2016 yil 14 aprel kuni soati 19:00 da talabalar turar joyida yashovchilarning ma’naviy-ma’rifiy va sanitar-gigiyenik holati o’rganildi. Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori X.Norqulov, barcha fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari qatnashishdi.

2016 yil 15 aprel kuni soati 11:00 da institut majlislar zalida o’zbek kinoaktyorlari tomonidan suratga olingan “Baron” filmi  ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda institutimizdan 200 yaqin professor-o’qituvchi va talabalar qatnashishdi. Kinoaktyorlariga kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg’alar va gullar taqdim etildi.

Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand shahar mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha ko’maklashuvchi komissiya a’zolarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Institutdan 16-17 aprel kunlari maxalla fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilarini saylash komissiyasi a’zosi R.T.Shodiyev bilan Samarqand shahrida joylashgan 20 ga yaqin mahalla oqsoqollari kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

Institut hududini obodonlashtirish maqsadida 2016 yil 18-19 aprel kunlari rayhon ko’chatini xo’jalik bo’limi xodimlari bilan maxsus idishlarga ekdik.

2016 yil 19 aprel kuni soati 14:30 da institut majlislar zalida SamDChTI Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda fakultetlar va jamoat tashkilotlarining fevral va mart oyida olib borgan ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha hisoboti tinglandi. Yig’ilishda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov, fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mutasaddi xodimlari qatnashishdi.

28 aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan institutning barcha fakultetlaridagi “Axborot soati” mashg’ulotdari mehnatni muhofaza qilish  kuniga bag’ishlanib o’tkazildi.

2016 yil 29 aprel kuni Samarqand shahridagi sa’nat saroyida SamDUning “Ilhom” va SamDChTIning “Tarjimon” jamoalari o’rtasida o’tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” kurik-tanlovida Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi faxrli 1-o’rinni egalladi.

2016 yil 30 aprel kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida mahalla fuqarolar yig’inlari raisligiga nomzodlarini suhbatdan o’tkazishga amaliy yordam ko’rsatildi.

2016 yil 1 may kuni “Favvoralar sayli” bayrami munosabati bilan Samarqand shahar temiryo’l vokzali qarshisidagi favvorada katta bayram kechasi tashkil etildi. Tadbirda institut ma’muriyati va talabalari badiiy chiqishlari bilan qatnashishdi.

2016 yil 3 may kuni Samarqand viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi ma’sul xodimi Iftixor Samadovich Raximovga Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi pasportini maxsus papkada taqdim etdik.

2016 yil 6 may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan  institutimizda ishlab ketgan va ishlayotgan faxriy professor-o’qituvchi va xodimlarimiz uchun badiiy kecha tashkil etildi.  Ularga bir piyola choy hamda ikki million so’mlik estalik sovg’alari va gullar taqdim etildi.

2016 yil 7 may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi “Motamsora Ona” haykali poyiga institutimiz jamoasi nomidan 300 000 so’mlik gulsavat qo’yildi. Shuningdek  “9 may – Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan institutda faoliyat ko’rsatuvchi kam ta’minlangan professor-o’qituvchi,  xodimlarimiz va talabalarimizdan I.Mamasoliyev, Sh.Tilavov, J.Turapov, M.Orifova, N.Jurayev, Sh.Turabov, K.Mamatova va X.Abduraxmonovlarga institut kasaba uyushmasi fondidan xar biriga yuz ming sumdan jami 80000 sum moddiy yordam berildi.

2016 yil 13 may kuni ingliz tili fakulteti talabalaridan institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xidirov, fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi I.Hamdamov bilan xamkorlikda ijtimoiy fikrni o’rganish bo’yicha anonim so’rovnoma o’tkazdik.

2016 yil 14 may kuni Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan o’tkazilgan “Kasaba-tur” velopoygasida institutimiz talabalari “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida faol qatnashishdi.

2016 yil 16 may kuni institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasidan kelgan yosh san’atkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Sanatkorlar o’zlarining mumtoz ashullalari bilan talabalarimizni xushnud etishdi. Institutimiz jamoasi va kasaba uyushmasi tomonidan Toshkentdan kelgan san’atkorlarga estalik sovg’alari va gullar taqdim etildi.

2016 yil 20 may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Buyuk ipak yo’lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

2016 yil 24 may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari uchun Hamid Olimjon nomli Samarqand viloyati drama teatrida “Mirzo Ulug’bek” nomli saxnalashtirilgan spektakl bo’lib o’tdi. Spektakl institutimiz talabalarida katta taa’surot qoldirdi.

2016 yil 26 may kuni Farg’ona viloyatida bo’lib o’tgan “Universiada-2016” sport musobaqasidi ishtirok etuvchi Samarqand shahri jamoasi a’zolarini kuzatuv kechasi bo’lib o’tdi.

     2016 yil 27 may kuni institut majlislar zalida tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti koreys yo’nalishi talabalarining KOIKA tashkilotining tashkil bo’lgan kuniga bag’ishlangan badiiy kecha bo’lib o’tdi.

     2016 yil 28 may kuni Samarqand shaxrida “Kitob bayrami” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda institutimiz ARM jamoasi ham institut professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan badiiy, ilmiy, o’quv-uslubiy adabiyotlari bilan kitoblar yarmarkasida faol qatnashishdi.

    2016 yil 4 iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari bilan xamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Bulung’ur tuman pedagogika va sport kollejida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning  “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish-eng oliy saodatidir asari” bilimdonla kurik tanlovining tuman bosqichi tanlovini o’tkazdik.

   2016 yil 8 iyun kuni soati 19.00 da institut oshxonasida TTJ turuvchi 367 nafar talabalar bilan 2015/2016 o’quv yili bo’yicha yakuni yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor X.D.Norqulov, institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.Usarova, kasaba uyushmasi raisi I.Salomov, komolot YoIX yetakchisi J.Abduraxmonov, ma’naviyat bo’limi boshlig’i M.Xidirov va fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari qatnashishdi. Talabalar turar joyi  tadbirlarida faol ishtirok etgan  va sanitariya-gigiyena xolatlarga rioya qilgan talabalarga institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnoma va faxriy yorliqlar berildi.

    2016 yil 20 iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti  jamoasi o’rtasida “Sog’lom ona va bola yili” va O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan  “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanimsan, jonim senga fido, O’zbekistonim!” shiori ostida fakultetlararo  fudbol musabaqasi bo’lib o’tdi. G’oliblar institut kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

     Samarqand davlat chet tillar institutida “Yilning eng yosh faol mutaxassisi” tanlovi nominasiyalari bo’yicha qo’yidagi  2 kurs magistranti A.Norqulov va katta ilmiy izlanuvchi G. Yusupovalar nomzodi g’olib deb topildi va 2016 yil 30 iyunda Samarqand shaxar №3 musiqa maktabida bo’lib o’tgan “Yosh mutaxassilar” Respublika to’rtinchi viloyat kurik tanlovida qatnashishdi. Tadbirni  Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov va viloyat “Zarafshon” gazetasi bosh muxarriri  Farmon Isoqovich Toshev ochdi.

                  Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan “Yilning eng faol mutaxassisi” tanlovi nominasiyalari bo’yicha g’olib  pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, dosent Ermat Alimqulovich Iskandarov, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri prof.R.Shodiyev, jismoniy madaniyat kafedrasi katta o’qituvchisi S.Bekirov, tarjimonlik fakulteti dekan o’rinbosarlari B.Sharofov, Yu.Azzamov, pedagogika kafedrasi o’qituvchisi A.Juraqulov, ma’naviyat bo’limi o’slubchisi I.Mamasoliyev va doktarant G.Yusupovalar  nomzodlari g’olib deb topildi va joriy yilning 8 iyul kuni  institut kasaba uyushmasi tomonidan bir million sumlik sovg’alar va gullar bilan munosib taqdirlandi.

         2016 yil 11 iyul kuni viloyat xokimining topshirig’i bo’yicha  Qushrobod tumani faollari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bag’ishlangan  “Biz kim edik-kim bo’ldik” shiori ostida ma’naviy tadbir o’tkazdik. Tadbirda tuman xokimiyati xodimlari, faxriy ustoz-murabbiylar, institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor X.D.Norqulov, ispan tillari kafedrasi mudiri A.Begmatovlar qatnashishdi.

    Ko’p yillik samarali mehnati Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g’oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o’zligimizni anglash yo’lida katta xissa qo’shayotgan va jamoamiz o’rtasida hurmat qozongan qo’yidagi professor-o’qituvchilarimizdan G’.X.Raximov, X.D.Norqulov, Sh.Safarov, A.R.Nazaryan, T.A.Azizov, Sh.J.Shomurodova, M.Begmatov, N.Yo.Turdiyeva, R.T.Shodiyev, Ch.A.Zubaydova, S.M.Xayitov, M.B.Xalikov, B.Z.Sharofov, Pashali Usmon va O.Ya.Yusupovlarning nomzodlari “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” estalik nishonini olishga tavsiya etildi

          Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german   tillari fakulteti 4 kurs nemis yo’nalishi kuzi ojiz talabasi Ravshanova Shaxnoza Axmad qizini O’zbekiston Respublikai mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlanishga tavsiya etildi.

    Samarqand davlat chet tillar institutida “Sog’lom ona va bola yili” va O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan  institutda o’zoq yillardan buyon xalol mexnat qilib kelayotgan professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan 10 nafariga Respublikamiz miqiyosida joylashgan sog’lomlashtirish sanatoriyalariga imtiyozli yo’llanmalar ajratildi, jumladan  institut xotin-qizlar qo’mitasi raisligini un yildan o’zoq boshqargan roman-german tillari fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasi katta-o’qituvchisi Shafoat Zoirovna Fozilovaga “Turon”,  roman-german tillari fakulteti nemis filologiyasi fakulteti dosenti Fayzullo Xamdamovich Tog’ayevga Chimyon sanatoriyasiga bepul, ingliz tili fonetikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Gulchexra Qodirovaga Ibn-Sino sanatoriyasiga, ARM xodimi A.Muxammadiyevga Chimyon sanatoriyasiga, jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, dosent X.Buriyevga Ibn-Sino sanatoriyasiga,  jismoniy madaniyat kafedrasi dosenti Rustam Ibragimovichga Ibn-Sino, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Nigora Daminovaga Oq-tosh, jismoniy madaniyat kafedrasi k/o’qituvchisi Dilbar Alimjanovaga Miraki, institut xisobchisi Joxongir Turapovga Ibn-Sino sanatoriyalariga  kasaba uyushmasi tomonidan imtiyozli yullanmalar 2016 yil  yozgi ta’til davrida berildi.

    Samarqand davlat chet tillar institutida “Sog’lom ona va bola yili” va O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan  institutda o’zoq yillardan buyon xalol mexnat qilib kelayotgan 25 nafar professor-o’qituvchi va xodimlarimizga kasaba uyushmasi tomonidan uch million sumlik qimmatbaho sovg’a va gullar taqdim etildi. Shuningdek institutda faoliyat ko’rsatuvchi 32 nafar xodimlarimizning farzandlari uchun ikki  million uch yuz ming sumlik  o’quv qurollari sovg’a qilindi, shuningdek oilaviy sharoiti og’ir kam ta’minlangan xodimlarimizga bir million sum moddiy yordam berildi.

    2016 yil sentyabr oyining boshida institut ma’naviy va ma’rifiyishlar bo’yicha prorektor X.D.Norqulov bilan Oqdaryo tumanida paxta yig’im terimiga bag’ishlab bo’lib o’tgan yig’ilishda qatnashdik.Paxta yig’im terimiga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va viloyat xokimi o’tkazdi.

   Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchi,  xodimlari va talabalaridan 1360 nafari Oqdaryo tumanining R.Xamrayev, Daxbet, Baraka, A.Qodiriy va Navruz MMT larida ikki oyga yaqin paxta terimda bo’lib 1700 tonnadan ortiq davlat xirmoniga paxta terib berishdi.

   2016 yil 1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar”  kunini Oqdaryo tumaning R.Xamrayev xujaligida katta tantana sifatida o’tkazilib institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi 100 ga yaqin professor-o’qituvchilarga bir piyola choy ustida badiiy kecha o’tkazilib kasaba uyushmasi tomonidan ikki million sumlik sovg’alar taqdim etildi.

    Samarqand davlat chet tillar instituti rektorati tomonidan paxta yig’im-terimda faol ishtirok etgan  80 nafar prfessor-o’qituvchilarimizga choy tashkil qilinib namunali xodimlarimizning 60 nafariga kasaba uyushmasi tomonidan ikki million sumlik  estalik sovg’alari berildi. 

  2016 yil 3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”  munosabati bilan institutda faoliyat kursatuvchi 5 nafar professor-o’qituvchi va xodimlarimizga institut kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaxo sovg’alar va gullar tashkil qilindi.

   2016 yil 7 dekabr kuni institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan ma’naviy va ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Konstitutsiyaning moxiyati bo’yicha SamDU dosenti, xuquqshunoslik fanlari nomzodi A.Mirzayev va falsafa fanlari nomzodi dosent M.Bozorov mv’ruza qildi

   O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi kam ta’minlangan professor-o’qituvchi va xodimlarimizning 6 nafariga  1200000 (bir million ikki yuz ming) sum moddiy yordam berildi.

   O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining 2016 yil davomida Samarqand davlat chet tillar instituti  ma’muriyati va xodimlar kasaba uyushmasi o’rtasida jamoa shartnomalarning bajarilishi to’g’risidagi ma’lumotnomani 2016 yil 14 dekabr kuni OTV yozma tariqasida yuborildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2016 yilni “Sog’lom ona va  bola yili” deb elon qiliinishi munosabati bilan Samarqand shaxrida joylashgan 6-10 Mexribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar uchun  “Qorbobo sovg’alari” va A.Jurayev nomidagi Viloyat qug’irchoq teatriga  institutimiz professor-o’qituvchi va xodimlarimiz farzandlari uchun 2016 yil 30 dekabr kunlariga 1800000 (bir million sakkiz yuz ming) sumlik bepul chiptalar va “Qorbobo va Qorqiz” sovg’alari  tashkil qilindi

  2017 yil  5 dekabr va 7 dekabr kunlari institut tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dosenti S.Jabbarovning 70 yoshlik va ispan va italyan tillari kafedrasi mudiri, dosent A.Begmatovning 60 yoshlik yubileyi institut miqiyosida keng nishonlandi va institut kasaba uyushmasi tomonidan  700000 sumlik qimmatbaxo sovg’alar  bilan taqdirlandi.

SamDChTI xodimlar va talabalar

kasaba uyushmasi raisi   I.Salomov