Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ma'naviyat bo'limi

 FAOLIYATI

     Ma’naviyat va ma’rifat  bo’limi institutda  o’tkaziladigan, talabalarni milliy  istiqlol  g’oyalariga  cheksiz  sadoqat,  ona diyorga  mehr-muhabbat,  ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.  

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi:

  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha qabul qilingan hujjatlari va ko’rsatmalarini institut jamoasiga o’z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
  • Fakultet dekanlarining ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha muovinlari va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
  • Talabalar uylarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi.
  • Kutubxona ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi.
  • “Axborot guruhi” uchun yetarli shart sharoitlar yaratadi.
  • Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
  • “Kamolot” YoIH, xotin-qizlar kengashi hamda turli jamoatchilik harakatlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
  •  Ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda to’garaklar, klub va yig’inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
  • Institut ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida institut jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta’minlaydi.

     O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, bu jarayonga yangicha tizimli yondoshish bugungi kunning nihoyatda dolzarb muammolaridan biridir.

5

7

8

9

71

P2170059

     Institutimizda  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish bo’yicha 2012-2015 yillarga belgilangan ustivor vazifalarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, dasturda keyingi uch yil davomida ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha ustivor vazifalar belgilangan. 2012 yil iyunidan boshlab ma’naviy ma’rifiy ishlar tizimida tashkiliy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Har bir fakultetda va institutda ma’naviyat-ma’rifat Kengashlari tashkil etilgan bo’lib, u har oyda bir marta muntazam ravishda yig’ilish o’tkazilib kelmoqda, unda fakultetda va institutda olib borilayotgan ma’anaviy-ma’rifiy ishlarning bajarilishi muhokama qilib boriladi. Fakul’tetlar dekan o’rinbosarlari va jamoat tashkilotlari rahbarlari qilingan ishlar bo’yicha hisobot beradilar. Kengash yig’ilishida keyingi oyga mo’ljallangan rejalar tahlil etilib, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari kelishib olinadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar salohiyatini oshirishda jamoat tashkilotlari: Kamolot YoIX, Xotin qizlar Kengashi, kasaba uyushma va “Nuroniy” jamg’armasi kabi tashkilotlar faolligini, hamkorligini  yaxshilash,  ular faoliyatini muvofiqlashtirish, talaba yoshlar o’rtasida turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish Ma’naviyat kengashi ishing asosiy dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. 
     2012 yil iyun oyidan boshlab institut rektorining tashabbusi bilan ma’naviyat haftaliklari tashkil qilingan. Har oyning birinchi haftasi ma’naviyat haftaligi bo’lib, talabalarning ustoz murabbiylari rahbarligida viloyat va shahrimizdagi tarixiy obidalar, madaniyat markazlari, muzeylar, qadamjolar, teatrlarga reja asosida tashrifi uyushtirilmoqda. Oyning ikkinchi haftaligi “Kitob targ’iboti haftaligi” bo’lib, bunda ARM bilan uzviy hamkorlikda institut va fakultet ARMlari bilan tanishtirish, adiblar bilan uchrashuv, bir asar muhokamasi kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi. Oyning uchinchi haftasi talabalar turar joyida kafedralarning kunlari hisoblanadi. Kafedralar oldindan tuzilgan jadval asosida bir hafta mobaynida TTJda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va o’qituvchilar navbatchiligini tashkil etadi. Oyning to’rtinchi haftasi “Ustoz-murabbiylar” haftaligi bo’lib, ushbu hafta jarayonida ustoz-murabbiylar kengashi va ma’naviyat va ma’rifat bo’limi birgalikda guruh murabbiylari faoliyatini metodik ta’minlash, ularning malakasini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etadilar. Ilg’or guruh murabbiylar tajribasini o’rganish bo’yicha taqdimotlar tashkil etilmoqda.


PC260021

PC260032

PC260040

PC260048

 

     Ma’naviy-ma’rifiy ishlar salohiyatini oshirishda o’tkaziladigan tadbirlarning soniga emas, balki sifat darajasi va ta’sirchanlik darajasini oshirishga alohida e’tibor berish rejalashtirilgan. Chunki, o’tkazilgan har bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalar his-tuyg’usiga ta’sir qilib, qalbida iz qoldirmasa u tadbirni o’tkazishdan ko’ra o’tkazmagan ma’qul. 
     Ma’naviy, axloqiy-tarbiyaviy ishlarda professor-o’iqtuvchilarni barchasini jalb qilish va ularning faolligini oshirishning ahamiyati katta. O’qituvchilarning faolligini oshirish uchun ularning shaxsiy ish rejalarini ko’rishda rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining aniq soatlar bo’yicha taqsimlanishiga alohida e’tibor berish lozimligi  e’tiborga olindi. Chunki, bundan buyon pedagogik yuklamalar bajarilishi hisoboti faqat o’quv soatlari bo’yicha emas, balki ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa sohalar bo’yicha ham soatlar hisoboti olib boriladi. O’qituvchilarning talabalar bilan individual tarbiyaviy ishlariga alohida urg’u berilmoqda. Har bir kafedrada “Ma’naviyat” jurnali yuritilishi joriy etildi va unda o’qituvchilarning talabalar bilan olib borilgan individual ishlari va boshqa ma’naviy axloqiy tarbiyaviy ishlari qayd qilinib borilishi doimiy kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari, ma’naviyat-ma’rifat bo’limi tomonidan nazorat qilib borilishi talab etiladi. 
     Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlashda guruh murabbiylarini o’rni beqiyos. Shuni hisobga olgan holda institutda ustoz-murabbiylar kengashi ishini takomillashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan guruh murabbiylarining maxsus jurnali tashkil etilib barcha murabbiylarga tarqatildi. Guruh murabbiylari faoliyati ayniqsa axborot-murabbiylik soatlarining o’tkazilishi muntazamliligi,  sifat darajasi va talabalar davomati monitoringi kuchaytirildi. 
     Guruh murabbiylari uchun har oyda uchta seminar-trening o’tkazish rejalashtirilmoqda. Ularning murabbiylik va axborot soatlarini qiziqarli va interfaol usullar asosida o’tkazish bu jarayonda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha hozir uslubiy qo’llanma tayyorlanmoqda. Ijarada, talabalar turar joyida va o’z uylarida yashaydigan talabalarni yashash sharoitlarini, undagi ijtimoiy-psixologik iqlimni o’rganish ishlarini tizimli tashkil etish va unga alohida e’tibor berish, bu ishlarning bajarilishini fakultet va institut ma’naviyat kengashlarida har oyda muhokama qilib borilishini ta’minlash yo’lga qo’yilmoqda. Ijarada turadigan talabalar joylardagi ijara beruvchilar bilan fakultet o’rtasida  uch tomonlama shartnomalar tuzilmoqda. Bunda talabalar yashaydigan mahalla va mahalla raislari bilan aloqa o’rnatishga alohida e’tibor qaratish tabalarning kiyinish madaniyatiga, internetdan qanday foydalanayotganligi, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazilayotganligi haqida guruh murabbiylari to’liq xabardor bo’lishiga erishishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
     Hozirgi kunda Vazirlikdan “Oila – mahalla – OTM” tizimi bo’yicha ishlash alohida talab etilmoqda. Fakultetlarda ota-onalar kengashining ishini tashkil etish va jonlantirish, talabalar yashaydigan mahalla faollari bilan uchrashuvlar tashkil etish dolzarb vazifalardan biriga aylanishi zarur. 
     Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda hamkor tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarning uzviyligini ta’minlash maqsadida 12 ta tashkilot va idoralar bilan 2012-2013 yillarga mo’ljallangan qo’shma ma’naviy ma’rifiy- ishlarning chora tadbirlar rejasi imzolandi.

P3190064

P3190084

P4090034

PB120014

P3180042
     Talabalar turar joyida talabalar uchun  shart-sharoitlarni yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Talabalarning bo’sh vaqtini unumli va samarali tashkil qilish maqsadida TTJda tikuvchilik va pazandachilik to’garaklari, “Quvnoqlar va zukkolar”  klubi hamda “SIRDOSh” psixologiya markazi  tashkil qilingan. Talabalar xonalarda 2-4 nafardan joylashtirilgan. O’g’il bolalar va qiz bolalar alohida qavatlarga joylashtirildi. Talabalar uchun har bir qavatda oshxona, yuvinish xonasi, buyumlarni saqlash xonasi, kir yuvish xonasi, hojatxona, gigiyena xonasi tashkil etilgan. Har bir qavatda dam olish xonasi ham tashkil etilgan bulib, talabalar uchun  4 ta yangi zamonaviy televizor, 3 ta sovutgichlar xarid qilindi, TTJda talabalar dars qilishi uchun yangi o’quv xonalari tashkil etildi.   Talabalar turar joyidagi barcha hojatxonalar qayta ta'mirlanib kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlarning plakat shakli tayyorlanib  talabalar turar joyining kirishda o’ng tomoniga joylashtirilgan. «Talabalar turar joyi»ga kirish-chiqish tizimi nazoratga olingan bo’lib, ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. TTJda  talabalar tomonidan o’z-o’zini boshqarish tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunda bu mustaqil o’z-o’zini boshqarish tizimi o’zining ijobiy samarasini ko’rsatmoqda.

IMG_1373