Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Marketing bo'limi

Akmal_Sultonov Marketing bo'limi boshlig'i: Akmal Sultonov

Telefon: (+99890)270-20-09

Elektron pochta: sultonov_1972@umail.uz

 

 

 

 

FAOLIYATI

SamDCHTI marketing bo’lim Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Respublika oliy o’quv yurtlari tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga amaliy yordam ko’rsatish hamda marketing xizmatini yanada takomillashtirish haqida”gi 2001 yil 30 maydagi 125-sonli buyrug’iga asosan tashkil topdi.

Namunaviy Nizomga asoslangan holda bo’lim Nizomini takomillashtirish yillik ish rejasini ishlab chiqish va oliy o’quv rektori tomonidan tasdiqlash.

Respublikaning barcha korxona, muassasa va tashkilotlarning institutda tayyorlanadigan malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish va axborotli ma’lumotlar bazasini yaratish.

Institut va korxonalar o’rtasida aloqani rivojlantirish uchun amaliy tadbirlar ishlab chiqish.

Institutning o’kuv yo’nalishlari bo’yicha talabalarni qabuli va bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo’yicha barcha korxona va tashkilotlarni rekvizitlarini aniqlashtirish va ular bilan shartnoma tuzish.

Korxona va tashkilotlarni mutaxassislarga (qabul, bitiruv, amaliyot bo’yicha) bo’lgan istiqbolli ehtiyoji asosida axborotlar bankini yaratish.

Institutga qabul qilinadigan abituriyentlarning har yilgi miqdoriy ko’rsatgichlarini aniqlash va joriy yilning 5-yanvariga qadar rektor tomonidan tasdiqlangan qabul rejasi loyihasini vazirlikka takdim etish.

Har joriy yil "Oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo’lgan talablarni o’rganish bo’yicha hujjatlar to’plash"da va qarorning bandlarida ko’rsatilgan vazifalarni bajarilishi bo’yicha ma’lumotlar, rektor tomonidan tasdiqlanib, bosh boshqarmaga topshirish.

Dekan va kafedra mudirlarining bevosita ishtirokida o’quv yilining tugallanishiga qadar institutda tayyorlanayotgan mutaxassislar uchun ish joylarini aniqlash va belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash.

Institutda tayyorlangan mutaxassislarning nazariy bilimlari kelajakdagi amaliy faoliyatlari bilan muvofiqligini o’rganish maqsadida korxonalar, tashkilotlar va boshqa idoralar bilan uzviy aloqa o’rnatish.

Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo’yicha shartnomalarni rasmiylashtirish, hamda to’lov shartnoma asosida o’qiyotgan talabalarni o’z vaqtida mablag’larni to’lashni tashkil etish.