Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Monitoring va ichki nazorat bo'limi

FAOLIYATI 

Samarqand Davlat Chet tillar institutining ichki nazorat va monitoring bo’limi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustda chiqqan 207 sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

Ichki nazorat va monitoring bo’limi o’z faoliyatini Vazirlik bilan kelishilgan holda va institut rektori tastiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

 

Ichki nazorat va monitoring bo’limining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • Oliy ta’lim muassasalarning ichki nazorat va kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi (bundan keyin ichki nazorat va monitoring) kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o’quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respulikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o’rta  maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil qiladi.
  • Ichki nazorat va monitoring o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga va mazkur nizomga muvofiq amalga oshiradi.
  • Ichki nazorat va monitoring oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va o’quv yurti bo’yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
  • Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, Vazirlikning hay’at qarori, buyruq, yo’riq, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek o’quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarining bajarilishini, nazoratini ta’minlash va monitoringini olib boradi.
  • Professor-o’qituvchilar tarkibi va xalq xo’jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etadi.
  • Oliy ta’lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
  • O’quv jarayoniga zamonaviy inter-faol texnologiyalarni tadbiq etishdagi erishilgan ijobiy natijalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan goya va tashabbuslarni qo’llab quvvatlaydi ommalashtirishga ko’maklashadi.
  • Fakultetlar, kafedralar, va boshqa tarkibiy  bo’limlarda o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayorlash borasida qilinayotgan ishlar monitoringini olib boradi.

 

Ichki nazorat va monitoring quyidagi huquqlarga ega:

  • Oliy o’quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida (malaka oshirish instituti, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
  • Oliy o’quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo’ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
  • Ta’lim muassasasi faoliyatini o’rganish bo’yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
  • Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestasiyalarining o’tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish;
  • Ichki nazorat va monitoring huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda o’quv yurtining malakali professor-o’qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish;
  • Muntazam ravishda hujjatlar ijrosini nazorat qilish va monitoringini olib boorish;
  • O’quv jarayoni bilan bog’liq masalalar (davomat, professor-o’qituvchilarning darslardagi ishtiroki va faoliyatini monitoring qilish, darslarning talab darajasida tashkil etilganligi yoki o’tkazilayotganligini nazorat qilish) bilan bevosita shug’ullanish;
  • Bakalavriat va magistratura yo’nalishlarida haftalik yuklamalarning to’liq bajarilayotganini nazorat qilish;
  • Institutda mehnat intizomini mustahkamlash bo’yicha nazorat tekshiruvlarini o’tkazish, aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan rahbarga (rektorga) bildirishnoma kiritish va intizomiy choralar ko’rish bo’yicha takliflar kiritish huquqlariga ega.