Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O'quv-uslubiy bo'lim

Samarqand davlat chet tillar instituti o’quv-uslubiy bo’limining asosiy vazifalari  bo’yicha

Yo’riqnoma 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ijrosi ko’p jihatdan oliy ta’lim boshqaruv tizimini tashkil qilish saviyasiga bog’liq. Bu eng avvalo boshqaruv organi bo’g’inlarini va ularning asosiy funksiyalarini, har bir xodimning vazifalari hamda vakolatlarini to’g’ri va aniq belgilash, vazifalar ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmini tashkil qilish demakdir.

Ushbu Yo’riqnomada Samarqand davlat chet tillar instituti o’quv-uslubiy bo’limining asosiy vazifalari, tarkibi hamda bo’lim xodimlarining vazifalari belgilab berilgan. Yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari», «Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning Davlat ta’lim standartlari» hamda «Oliy ta’lim haqida Nizom» talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, O’quv-uslubiy bo’lim faoliyatining asosiy tamoyillarini aniqlab beruvchi va institut  doirasida amal qiluvchi me’yoriy hujjat hisoblanadi.

1.2. O’quv-uslubiy bo’limning asosiy faoliyati  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining o’quv-uslubiy jarayonga tegishli qaror, buyruq va ko’rsatmalarining institut doirasida ijrosini ta’minlash, fakultetlar va kafedralarning o’quv ishlari bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, institut miqyosida o’quv va uslubiy ishlarni tashkil qilish hamda uning nazoratini amalga oshirishdir.

1.3. O’quv-uslubiy bo’lim o’z faoliyatini institut  Ilmiy kengashining qarorlari, institut rektorining buyruq, farmoyish, ko’rsatmalari asosida tashkil qiladi va tartibga soladi hamda bevosita o’quv  ishlari bo’yicha prorektor  rahbarligida ish olib boradi.

1.4. O’quv-uslubiy bo’lim rektor tomonidan tasdiqlanadigan institut ish rejasi asosida faoliyat ko’rsatadi hamda institut miqyosida o’quv-uslubiy ishlar holati va o’z faoliyati bo’yicha Ilmiy kengash, boshqaruv yig’ilishi, o’quv  ishlari bo’yicha prorektor  va bevosita institut rektoriga hisobot berib boradi.

1.5. O’quv-uslubiy bo’lim tarkibi vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan me’yorlar asosida belgilanadi va bo’lim xodimlarini o’quv va uslubiy  ishlar bo’yicha yetarli tajribaga ega bo’lgan, oliy ta’limga qo’yilayotgan yangi talablar mohiyatini chuqur idrok qiladigan, o’z vazifasiga mas’uliyat bilan ijodiy yondashadigan, yetarlicha qat’iyatli va adolatli mutaxassislar tarkibidan tanlash tamoyillariga amal qilinadi.

1.6. Amaldagi me’yorlar bo’yicha bo’lim tarkibi quyidagi lavozimlaridan iborat:

-          O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i;

-          O’quv-uslubiy bo’lim uslubchisi ;

-          O’quv-uslubiy bo’lim nazoratchisi

-          O’quv-uslubiy bo’lim dispetcheri;

-          O’quv-uslubiy bo’lim statisti.

            Rektor buyrug’i bilan bo’lim tarkibida faoliyat yo’nalishlari bo’yicha bir necha bo’lim tashkil etilishi mumkin.

 

  1. O’quv-uslubiy bo’limning asosiy vazifalari:

            O’quv-uslubiy bo’lim institutdada o’quv jarayonining boshqaruvi va ta’lim sifatining nazoratini  amalga oshiradigan asosiy bo’linma bo’lib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

-    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Vazirlik Hay’atining o’quv jarayoniga oid qaror, bo’yruq va ko’rsatmalarini institut miqyosida joriy etish va ijrosini nazorat qilish;

-    institut Ilmiy kengashining o’quv jarayoniga taalluqli qarorlari, shuningdek, rektorning o’quv-uslubiy ishlarga doir buyruq, farmoyish va ko’rsatmalarining ijrosini ta’minlash;

-    o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha fakultetlar, kafedralar va mas’ul bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish, o’quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha fakultetlar va kafedralarga uslubiy va amaliy yordam uyushtirish;

-    fakultetlar va kafedralarda o’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilishga doir me’yoriy hujjatlar, yuqori organlar qaror, buyruq va ko’rsatmalarning bo’lishini ta’minlash;

-    vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy me’yoriy xujjatlar asosida institut me’yoriy hujjatlarini (yo’riqnomalar, ishchi o’quv rejalari, o’quv dasturlari, ishchi o’quv dasturlari, guruh va reyting jurnallari, qaydnomalar, yig’ma qaydnomalar va boshqalar) ishlab chiqishni tashkil etish, zaruriy tasdiqlardan o’tkazish hamda fakultetlar va kafedralarni ta’minlash;

-    ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar  bo’yicha ishchi o’quv rejalarini ishlab chiqishni tashkil qilish va zaruriy tasdiqdan o’tkazish;

-    o’quv, ilmiy-uslubiy, tashkiliy-uslubiy ishlar bo’yicha kafedralar ish hajmini aniqlash va uning kafedra a’zolariga belgilangan tartibda adolatli taqsimlanishini nazorat qilish hamda bu bo’yicha kafedralar qarori asosida rektor buyrug’i loyihasini tayyorlash; 

-    kafedralarga tegishli fanlar bo’yicha o’quv dasturlari va ishchi o’quv dasturlar, kalendar rejalar, texnologik xaritalarni ishlab chiqish va ularni  takomillashtirish  va zaruriy tasdiqlardan o’tkazilishida ko’maklashish;

-    kafedra fanlarining (bakalavriat va magistratura bo’yicha) o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanish monitoringini yuritish, axborot vositalari bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash choralarini ko’rish, kafedralar ehtiyojlari asosida o’quv-uslubiy adabiyotlar yaratish rejasini tuzish hamda ijrosining ta’minlanishini nazorat qilish;

-    kafedralarning ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlanish monitoringini olib borish hamda uni yaxshilash choralarini ko’rish;

-    fakultetlarning o’quv va o’quv yordamchi xonalar, o’quv laboratoriyalari bilan ta’minlanish darajasi, xonalarning texnik holati va jihozlanishi monitoringini yuritish, bu bo’yicha belgilangan tartibda rektorga taklif kiritish, o’quv xonalaridan, kompyuter sinflaridan va o’quv laboratoriyalaridan foydalanish samaradorligi ustidan nazorat o’rnatish;

-    o’quv jarayonining zaruriy o’quv jihozlari bilan ta’minlanish monitoringini yuritish;

-    o’quv, ilmiy-uslubiy va tashkiliy-uslubiy ishlar bo’yicha fakultetlar va kafedralar ish rejasini tuzish ishlarini tashkil etish va ijrosini nazorat qilish;

-    fakultetlar takliflari asosida o’quv mashg’ulotlari va o’quv jarayonining grafigini tuzish, zaruriy tasdiqlardan o’tkazish hamda bajarilishini nazorat qilish;

-    ta’lim yo’nalishlari  va mutaxassisliklar bo’yicha dars jadvallari texnologik xaritasi va ishchi dars jadvallarini tuzish ishlarini tashkil qilish va tasdiqdan o’tkazish;

-    o’quv jarayonining belgilangan me’yorlar doirasida borishini (barcha turdagi dars mashg’ulotlari, ochiq darslar, amaliyotlar, reyting nazoratlari, bitiruv malakaviy ishlari va  magistrlik dissertasiyalari h.k.) ustidan nazorat o’rnatish, nazorat natijalarini tahlil qilish, ro’y bergan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’rish;

-    fakultetlarda talabalar o’quv va shaxsiy kartochkalarining to’g’ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;

-    kafedralarning va dekanatlarning reyting nazoratlariga tayyorgarlik holati va belgilangan talablar doirasida o’tkazilishini tekshirib borish;

-    institut ish rejasini tuzishda ishtirok etish;

-    dekanatlar va kafedralar tomonidan ishchi o’quv rejasining va o’quv yuklamalarining bajarilishini nazorat qilish;

-    soatbay to’lov asosidagi va o’rindosh o’qituvchilar o’quv yuklamalarini belgilash va bajarilishini nazorat qilish;

-    Ilmiy kengashlarda, boshqaruv yig’ilishlarda va yuqori tashkilotlarga belgilangan tartibda o’quv ishlari bo’yicha hisob berish;

-    Rektor,  o’quv   ishlari bo’yicha prorektor  ko’rsatmalari asosida so’ralgan joylarga ma’lumotnoma tayyorlash va jo’natish;

-    profesor-o’qituvchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash  rejasini tuzish va ijrosini ta’minlash;

-    yosh o’qituvchilarning malaka va tajriba orttirishlarini tashkil qilish;

-    zamonaviy talablarga muvofiq holatda Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo’yicha ish olib borish;

-    o’quv jarayonini tashkil qilish, dars mashg’ulotlarini olib borish va nazorat qilish bo’yicha zamonaviy ilg’or tajribalarni, pedagogik texnologiyalarni o’rganish va tanqidiy tahlillar asosida institutdada joriy etish choralarini ko’rish;

-    fakultetlarda o’quv jarayonining tashkil qilinishi, talabalar, professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar tomonidan o’quv va mehnat intizomiga rioya qilinishini tekshirib turish maqsadida reydlar tashkil qilish, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha dekanatlarga amaliy yordam ko’rsatish;

-    iqtisodiyot talablari asosida institutga qabul rejalarini shakllantirishda, yangi ta’lim yo’nalishlari  va mutaxassisliklarni ochish (yoki ta’lim yo’nalishini va mutaxassisliklarni yopish) haqida takliflar ishlab chiqishda marketing bo’limi bilan hamkorlik qilish;

-    institutga qabul, o’qishni tiklash va ko’chirish hay’ati  ishida ishtirok qilish;

-    kafedralar va fakultetlar ish faoliyatini tahlil qilib borish va ilg’or tajribalarni umumlashtirish. Kafedralar faoliyatining maqsadga muvofiqligini tahlil qilib turish va shu asosda yangi kafedralar ochish haqida belgilangan tartibda takliflar kiritish;

-    institut professor-o’qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini ko’rib chiqish va tasdiqdan o’tkazilishini tashkil qilish;

-    Yakuniy davlat attestasiyasiga (YaDA) tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish rejasini tuzish hamda ijrosini ta’minlash choralarini ko’rish;

-    reyting nazoratlari jadvalini institut bo’yicha muvofiqlashtirish va komissiya tarkibi bo’yicha rektor buyrug’i loyihasini tayyorlash. Reyting baholashlari bo’yicha rektor nazoratini amalga oshirish;

-    reyting nazoratlarida adolat va xolislikni ta’minlash choralarini ko’rish, adolat komissiyalari ishini tashkil etish;

-    fakultetlarda guruhlar va patoklarning talablar asosida tashkil qilinishini ta’minlash;

-    talabalarni kursdan-kursga ko’chirish, talabalar safidan chiqarish va stipendiya belgilash ishlarini belgilangan muddatda va to’g’ri bajarilishini nazorat qilish;

-    institut  o’quv-uslubiy kengashi ishini tashkil qilish va kengash qarorlarini institut  miqyosida bajarilishini ta’minlash;

- o’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish ishlarini amalga oshirish;

-    professor-o’qituvchilarning reytingini aniqlash, ichki attestasiyadan o’tkazish ishlarida ishtirok etish va «Professor-o’qituvchilar talabalar nigohida» so’rovnomalarini o’tkazish va tahlil qilish ishlarini tashkil etish;

-    birinchi kurs talabalari uchun «Yo’llanma» (buklet) tayyorlash ishlarida ishtirok etish va talabalarga yetkazilishini nazorat qilish;

-    o’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha chet el tajribalarini, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini tanqidiy o’rganish, mavjud sharoit va imkoniyatlarga muvofiqlashtirish, qayta ishlash va joriy etish;

-    talabalar  o’zlashtirishi monitoringini yuritish, darslar sifati va saviyasi ustidan muntazam nazorat o’rnatish;

-    institutning o’quv ishlari bo’yicha erishgan yutuqlari, ta’lim muammolari bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni matbuotda yoritib borish;

-    professor-o’qituvchilar va talabalarning o’quv ishlari bo’yicha fikrlarini o’rganib, tahlil qilib borish va ish faoliyatini shunga muvofiqlashtirish;

-    fakultetlarning o’quv ishlari bo’yicha faoliyatini kompleks tekshirishni tashkil qilish va bu bo’yicha ishlarni takomillashtirish chorasini ko’rish;

-    o’quv jarayonini moddiy-texnik ta’minoti bo’yicha mutasaddi bo’limlar bilan hamkorlik qilish, kafedralar buyurtmalari asosida asbob-uskunalar tayyorlab berish bo’yicha takliflar tayyorlash;

-     axborot–resurs markazi bilan o’quv jarayoniga tegishli axborotlar va ilg’or tajribalar bankini tashkil qilish va undan samarali foydalanish bo’yicha hamkorlik qilish.       

 

  1. O’quv-uslubiy bo’lim xodimlariga yuklatiladigan asosiy vazifalar:

 

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i:                                                                                      

  • O’quv masalalari bo’yicha ma’sul shaxs hisoblanadi va o’quv-uslubiy bo’lim xodimlarining  faoliyatini tashkil qiladi, bo’lim xodimlariga o’z vazifalarini bajarish bo’yicha uslubiy – amaliy yordam ko’rsatadi;
  • O’quv-uslubiy bo’limning yillik ish rejasini tuzadi;
  • Institut  ilmiy kengashi ishida ishtirok etadi;
  • Yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha fanlarning o’quv-uslubiy adabiyotlar va mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini taxlil qilish ishlarini tashkil qiladi;
  • Institut ilmiy kengashi,  rektor qoshidagi yig’ilishga o’quv ishlariga doir axborotlar va materiallarni tayyorlaydi;
  • O’quv ishlariga doir Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va ko’rsatmalari,institut  ilmiy kengashi qarorlarini institut  miqiyosida joriy etish bo’yicha  rektor buyruq va farmoyishlari loyixasini tayyorlaydi;
  • O’quv ishlariga doir rektor buyruqlari va farmoyishlarining fakultetlarda bajarilishini nazorat qiladi;
  • Yangi o’quv yili uchun o’quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo’yicha fakultetlar  faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha ishchi o’quv rejalarini ko’rib chiqadi va tasdiq uchun tayyorlaydi;
  • Kafedralar o’quv, ilmiy-uslubiy va tashkiliy –uslubiy ishlari bo’yicha ish hajmini ko’rib chiqadi va tasdiq uchun tayyorlaydi;
  • Institut  bo’yicha o’quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o’qituvchilarning lavozimlari bo’yicha o’quv yuklamalari me’yorini belgilaydi va tasdiqdan o’tkazadi;
  • Kafedra ish hajmining professor-o’qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o’rnatadi, bu bo’yicha kafedra yig’ilishi qarori asosida rektor buyrug’i loyixasini tayyorlaydi;
  • Kafedralar o’quv yuklamasi va shtat birliklari o’rtasida muvofiqlik  bo’lishi chorasini ko’radi, kafedraga shtat ajratish  yoki shtatni qisqartirish haqida taklif tayyorlaydi;
  • Fakultetlar taklifi va o’quv rejalari asosida institut  o’quv grafigi va dars mashg’ulotlari grafigini tuzadi va bu bo’yicha  rektor buyrug’i loyixasini tayyorlaydi;
  • “Professor-o’qituvchilar talabalar nigohida” mavzusida  so’rovnoma tashkil qilish, umulashtirish,xulosa chiqarish ishlarini amalga oshiradi;
  • Professor-o’qituvchilarni ichki attestasiyadan o’tkazish ishlarini tashkil qilish va o’tkazishda ishtirok etadi;
  • Reyd asosida  reja bo’yicha o’tkazilgan tekshirishlar natijalarini tahlil qiladi va ma’lumot tayyorlaydi;
  • YaDA jarayonida institut  ma’muriyati nazoratini amalga oshiradi;
  • O’quv jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari va o’quv yordamchi xodimlari yig’ilishlarini o’tkazib turadi;
  • Dekanat  va kafedralarda o’quv jarayoniga tegishli me’yoriy hujjatlarning bo’lish choralarini ko’radi;
  • Amaldagi qonunlar va berilgan vakolatlar doirasida bo’lim tarkibiga  o’zgarish kiritish, xodimlarni rahbatlantirish, choralar ko’rish bo’yicha belgilangan tartibda taklif kiritadi;
  • Bo’lim Web – saytini takomillashtirib borish va ma’lumotlarni vaqtida kiritib turishini ta’minlaydi;
  • Bo’lim tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat’iyatli va adolatli xodimlar bilan to’ldirish choralarini ko’radi;
  • Bo’lim xodimlarining o’z vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qiladi, bajarilgan ishlarni yakunlaydi va navbatdagi vazifalarni belgilaydi;
  • Bo’lim faoliyati bo’yicha yillik hisobotni tayyorlaydi;
  • Institut  pasportini tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Fakultetlarning o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha hisobotlarni umumlashtiradi va institutning o’quv ishlari bo’yicha  hisobotini  tuzishda  yordam ko’rsatadi;

 

Bilishi kerak:

O’quv-uslubiy bo’lim faoliyatiga tegishli Qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari,   institut  rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
  • O’quv-uslubiy bo’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur. 

 

Klassifikator bo’yicha:

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

4386

2

Bo’lim boshlig’i

1239

B

Oliy ma’lumot

 

O’quv-uslubiy bo’lim uslubchisi

  • Bakalavriat va magistratura o’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha vazirlik qaror, buyruq va ko’rsatmalarini institut  miqiyosida joriy etilishi ustidan nazorat o’rnatadi.
  • Dekanat va kafedralarni bakalavriat va magistratura o’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilishga doir me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash chorasini ko’radi.
  • Amaldagi vaqt me’yorlari asosida bakalavriat va magistratura bo’yicha kafedralar o’quv yuklamalari hajmini belgilash ishlarini tashkil qiladi va bu bo’yicha kafedralarga uslubiy yordam beradi.
  • Bakalavriat va magistratura o’quv yuklamalarining malakali professor-o’qituvchilarga taqsimlanishi ustidan nazorat o’rnatadi.
  • O’quv mashg’ulotlarining tashkil etilish sifati, reyting baholashlar samaradorligi  va mavjud talablar doirasida o’tkazilayotganligi ustidan nazoratni tashkil etadi va bu bo’yicha kafedralarga uslubiy yordam beradi.
  • Fakultetlarda me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi ustidan nazorat o’rnatadi va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’radi.
  • Kafedralarda ochiq darslar rejasining bajarilishini, darslar tahlilining sifatini tekshirib turadi va darslar tahlili bo’yicha uslubiy yordam uyushtiradi.
  •   Dekanatlar va kafedralar tomonidan o’quv-uslubiy ishlarining, o’quv, namunaviy rejalar asosida  ishchi o’quv rejalarni ishlab chiqadi va tasdiqqa kiritadi.
  • Dekanalar  tomonidan oraliq va yakuniy  nazoratlar jadvali va komissiya tarkibining tasdiqlanishini tashkil qiladi va jadvalga rioya qilinishini ta’minlaydi.
  • O’quv-uslubiy ishlarining tuzilishini nazorat qiladi
  • Institutda amalga oshirilayotgan o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadi.
  • Fakultetlarda  professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv mashg’ulotlarining o’tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o’quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib boradi.
  • O’quv mashg’ulotlari jadvali asosida o’ziga biriktirilgan kurs talabalarining davomatini nazorat etadi.
  • O’quv-uslubiy bo’limda kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtiradi.
  • O’quv-uslubiy bo’limga kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarning hisobini yuritadi va ro’yxatdan o’tkazadi.
  • O’quv-uslubiy bo’lim arxivi va kartotekasini yuritadi.
  • O’quv ishlari bo’yicha prorektor  va bo’lim boshlig’ining qo’shimcha topshiriq va ko’rsatmalarini bajaradi.
  • Yangi yo’nalishlar va mutaxassisliklar ochish, qabul kvotalarini belgilash va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha marketing bo’limi bilan hamkorlikda ish olib boadi.
  • Reyd asosida uyushtiriladigan tekshirishlarda ishtirok etadi.
  • Kafedralarda mustaqil ta’lim bo’yicha konsultasiyalar jadvalinining mavjudligi, jadvalga amal qilinishi, mustaqil topshiriqlar, yozma bayonnomalarning mavjudligi, himoyalarning belgilangan tartibda o’tkazilishi va rasmiylashtirilishini tahlil qiladi hamda bu bo’yicha uslubiy yordam beradi.
  • Dars jarayonida elektron va multimediali darsliklardan, virtual stendlardan, kompyuter sinflaridan foydalanish  samaradorligi bo’yicha nazorat ishlarini olib boradi.
  • Vakant soatlarning o’rindosh yoki soatbay asosida ishlaydigan o’qituvchilarga belgilangan me’yorlar doirasida taqsimlanishi ustidan nazorat qiladi.
  • YaDA sinovlari va himoyalari belgilangan grafik, tartiblar hamda Nizom talablari asosida o’tkazilishini nazorat qilish bo’yicha ishchi guruhi va jamoa kuzatuvini amalga oshirish guruhi ishini tashkil qiladi.
  • Amalga oshirilgan ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’iga hisobot berib boradi va so’ralgan ma’lumotlarni tayyorlaydi.

Bilishi kerak:

  • O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, institut  ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi zarur;
  • O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

Klassifikator bo’yicha:

 

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

3811

2

Uslubchi

2341

M

Oliy ma’lumot

 

 

O’quv-uslubiy bo’lim inspektori (nazoratchisi)

  • Bo’lim barcha hujjatlarni yuritish;
  • Buyruqlarni rasmiylashtirish, yig’ma jildlarga o’tkazish;
  • Buyruqdan ko’chirmalar tayyorlash.
  • Saqlanayotgan hujjatlarni yil yakunida arxivga saqlash uchun topshirish;
  • Kirish va chiqish xatlari, shuningdek turli so’rovnomalarni ro’yxatdan o’tkazish;
  • Bo’lim hisobotini tayyorlash;
  • Institut malakaviy, pedagogik, o’quv, diplomoldi amaliyotlarini tashkil qilishda dekanatlar, kafedralarga  ko’maklashadi va reyd asosida nazorat qilib boradi, institut bo’yicha  amaliyot haqida hisobot tayyorlaydi hamda Ilmiy kengashda hisobot beradi. 
  • Amalga oshirilgan ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’iga hisobot berib boradi va so’ralgan ma’lumotlarni tayyorlaydi.

 

Bilishi kerak:

O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
  • O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

 

Klassifikator bo’yicha:

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

2500

2

Inspektor

3431

M

Oliy ma’lumot

 

 

O’quv-uslubiy bo’lim dispetcheri

  • O’quv rejalariga asosan dars jadvali tuzadi.
  • Ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxasisliklari bo’yicha ishchi dars jadvallarining vaqtida to’g’ri tuzilishi, soatlar turiga muvofiq kelishi va tasdiqdan o’tkazilishi ustidan nazorat o’rnatadi.
  • Institutda o’tiladigan darslarni nazorat qiladi.
  • Talabalarning fanlardan olgan baholarini xar semestrda semestr vedomostlariga o’tkazishini tahlil qilib boradi;
  • Professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv mashg’ulotlarini aks ettiruvchi qaydnomalar, talabalar guruh jurnallari va o’quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib boradi;
  • Yangi qabul qilingan 1-kurs talabalariga reyting daftarchalari, talabalik guvohnomalari tayyorlab berish va ularni institut  strukturasi bilan tanishtirishni tashkil etishda ko’maklashadi;
  • Yarim yillik va yillik hisobotlar – uchun ma’lumotlar berishini nazorat qiladi.
  •  Reyd asosida uyushtiriladigan  davomatni tekshirishlarda ishtirok etadi.
  • Amalga oshirilgan ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’iga hisobot berib boradi va so’ralgan ma’lumotlarni tayyorlaydi.
  • Institutning  o’quv, laboratoriya va yordamchi xonalari monitoringini yuritadi;

 

Bilishi kerak:

O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilishi.

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
  • O’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lishi;
  • O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

 

Klassifikator bo’yicha:

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

1584

2

Dispetcher

4134

T

O’rta maxsus

 

 

O’quv-uslubiy bo’lim statisti

  • Ta’lim yo’nalishlari,mutaxassisliklar va  kurslar bo’yicha talabalar ro’yixati, kontingenti, gurux va potoklar miqdori bo’yicha ma’lumotlarni yig’adi, o’zgarishlar bo’yicha qaydlarni amalga oshiradi;
  • Kafedralar ish hajmi, o’quv-uslubiy ishlar taqsimoti, o’quv yuklamalarining oyma - oy  bajarib borilishining hisobini olib boradi;
  • Kafedra professor-o’qituvchilari, laborant va texnik xodimlar haqida to’liq ma’lumotlar monitoringini yuritadi;
  • Talabalarning  o’zlashtirishi, akademik qarzlarining topshirishi monitoringini yuritadi;
  • Talabalar davomoti bo’yicha ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, ma’lumot tayyorlash ishlarini bajaradi;
  • Kafedraning o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanish xolati bo’yicha ma’lumotlar monitoringini olib boradi;
  • Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari  bo’yicha  soatlar setkasi haqidagi ma’lumotlarni yig’ib boradi;
  • Har yilgi qabul miqdori va bitiruvchilar soni haqida ma’lumotlarni to’playdi va tartibga soladi
  • Amalga oshirilgan ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’iga hisobot berib boradi va so’ralgan ma’lumotlarni tayyorlaydi. 

Bilishi kerak:

O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, institut  ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini. 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli,  xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
  • O’rta  maxsus ma’lumotga ega bo’lishi zarur;
  • O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

 Klassifikator bo’yicha: 

Kasb, lavozim kodi

Lavozim nomi

KKMS

Xodimlar kategoriyasi

Xodimning ma’lumoti talablari

6840

2

Statist

2122

M

O’rta maxsus

 

 O’quv - uslubiy bo’limda quyidagi xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.

F.I.Sh.

Lavozimi

Telefon raqami

1

Xoliqov Mirzo Bozorovich

O’quv-uslubiy bo’lim

boshlig’i

+99898-573-52-10

2

Bozorov Sayfiddin Axmedovich

O’quv-uslubiy bo’lim
uslubchisi

+99893-342-01-35

3

Norova Mohichehra Sharifovna

O’quv-uslubiy bo’lim nazoratchisi

+99891-542-92-78

4

Karimova Nigora Erkinovna

O’quv-uslubiy bo’lim dispetcheri (Bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha)

+99891-519-35-01

5

Abroqulova Nazira Ibodulla qizi

O’quv-uslubiy bo’lim dispetcheri (Magistratura mutaxasisligi bo’yicha)

+99894-477-60-90

6

Vaydullayeva Muhayyo Fayzullayevna

O’quv-uslubiy bo’lim
statisti

+99890-504-37-77