Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Badiiy tarjima va adabiy aloqalar

Sizlarni 17 aprel 2014 yilda Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkaziladigan “Badiiy tarjima va adabiy aloqalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi shu’balar faoliyati rejalashtirilgan:
1. Tarjima strategiyasi: an’analar va innovatsiyalar
2. Jahon adabiyoti va globallashuv jarayoni
3. Badiiy tarjima va madaniyatlararo o‘zaro ta’sir masalalari
4. Umumiy va amaliy tarjima lingvistikasi: yangi kontseptsiya va imkoniyatlar
Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz
Anjuman ishtirokchilari maqolalarida shu’ba va maqola mavzusi, maqolaning qisqacha annotatsiyasi va muallif (ismi, sharifi, manzili va e-mail) haqida ma’lumot berishlari kerak.
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Matn formati: Word, RTF, shrift Times New Roman; hajmi 12; yuqoridan, pastdan, chapdan va o‘ngdan 2.0 cm; 1,5 intervalda; abzats 1,25;
Matn o‘rtasidan maqola mavzusi, undan keyingi qatordan o‘ngdan maqola muallif(lar)i familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi, ish joyi va mamlakati to‘liq ko‘rsatilishi kerak. Shundan so‘ng bet o‘rtasidan ingliz tilida maqola annotatsiyasi (12 shriftda 8 qatordan ko‘p bo‘lmagan holda) beriladi;
Matndagi iqtiboslar kvadrat qavs ichida quyidagicha yoziladi. Masalan: [Ivanov 1990:23]; adabiyotlar ro‘yxati matn so‘ngida “Foydalanilgan adabiyotlar” yozuvi ostida alfavit tartibida joylashtiriladi.
Mavzuga oid bo‘lmagan va talablarga javob bermaydigan maqolalarni chop etish va mualliflarga qaytarishga anjuman tashkilotchilari javobgar emas.
Maqolalarni 1 mart 2014 yilga qadar: conference@umail.uz manzilidagi elektron pochtaga elektron (MS Word.DOC) shaklda yoki quyidagi manzilga chop etilgan (qog‘oz) variantda yuborishingiz mumkin: Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDChTI), Tarjimonlik fakulьteti, Bustonsaroy ko‘chasi 93 uy, Samarqand shahri 140104
Maqolalar chop etish uchun har bir betiga 5 ming so‘mdan to‘lanadi. Anjuman va maqolalarga oid savollar bo‘yicha anjuman tashkiliy qumitasiga murojaat etishingiz mumkin: Tel: +998937213745; e-mail: conference@umail.uz