Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Davlat ta’lim standartlari talablarini amaliyotga tatbiq etish”

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 56-f-sonli Farmoyishi hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining Vazirlik tizimidagi Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot  muassasalarida 2015 yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2015 yil 16 fevraldagi 51-sonli  buyrug‘iga asosan O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida 2015 yil 24-25 avgust kunlari “Davlat ta’lim standartlari talablarini amaliyotga tatbiq etish”  mavzusida ilmiy-amaliy  anjuman o‘tkaziladi.

 Anjumanning maqsadi: Ushbu mavzudagi anjuman respublika miqyosida bo‘lib, xorij va Vatanimizda  chet tillarni o‘qitishning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va ijobiy yutuqlarini chet tili ta’limiga  joriy etish, ta’lim jarayoni va sifatini ta’lim standartlari hamda amaldagi dasturlar asosida tashkil etish, talabalar bilimini muntazam oshirib borish va baholashning innovatsion metodlarini ishlab chiqish, davlat ta’lim standatlari va o‘quv rejalari asosida o‘quv materiallari tuzish singari masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalarni o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.

Anjuman tili: o‘zbek, rus va chet tillari.

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:

  • Chet tillarini o‘rganishda Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarida tavsiya etilayotgan masalalarni amaliyotga tadbiq etish.
  • Xalqaro va milliy ta’lim sdandartlari va ularni tadbiq qilish
  • Xalqaro tajribadan kelib chiqib, turli ta’lim yo‘nalishlari uchun tuzilgan amaldagi o‘quv rejalari, dasturlari tahlili
  • O‘UTM, O‘MKHT va OTM uchun yaratilgan o‘quv dasturlarida uzluksizlikni ta’minlanganligi
  • Turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
  • Xalqaro hamjamiyatda chet tillarni o‘qitish bo‘yicha mavjud rasmiy hujjatlarni qiyosiy o‘rganish

 Anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

  •  Materiallar  anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda,   o‘zbek, rus tilidagi annotatsiyasi, shuningdek taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
  •  Muallif haqidagi ma’lumotnoma (ob’ektivka) taqdim etiladi;
  • Anjuman materiallari o‘zbek, rus va chet tillarida taqdim etilishi mumkin;
  •  Material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1 sm., joy qoldirib

yoziladi. Materialning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismi, hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi.  1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirib matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 12 kegkl kattaligida 1 intervalda bo‘lishi va 4-6 betgacha hajmda bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida beriladi.

Materialning qog‘oz va elektron varianti 2015 yil 10 avgustgacha O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy - amaliy markazining 4-bo‘limida qabul qilinadi.

Maxsus ishchi guruh tomonidan materiallar antiplagiat dasturida tekshiriladi va anjuman talabiga mos kelmagan materiallar dasturga va materiallar to‘plamiga kiritilmaydi.Har bir maqola topshiruvchi 2 kun muddatda ishchi guruhga murojaat qilib, maqolasi to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin.

Anjuman materiallari to‘plami xo‘jalik shartnomasi asosida nashr etiladi.   Maqola nashri uchun maqolaning har bir beti  8 ming so‘m.

Tashkiliy qo‘mita manzili: O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy -amaliy markazi: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 4-uy (indeks 100138). Mo‘ljal: Uy bozori

Tel.: (99871) 230–57–25,  +998 93 564-93-62, +998 93 316-65-27. Elektron pochta: shuhrat.tagaev@gmail.com,  isarvar@mail.ru 

  Tadbir o‘tkazish joyi:  O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy -amaliy markazi

Manzil:  Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 4-uy (indeks 100138). Mo‘ljal: Uy bozori

 Joriy yilda rejalashtirilayotgan  anjumanlardan  xabardor bo‘lishni istasangiz markazning internet tarmog‘idagi www.moodle.uzspic.uz  o‘quv portaliga tashrif buyuring.