Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Dunyo qarashlar dialogi: ayol va jamiyat taraqqiyoti

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-F-sonli Farmoyishiga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti va O'zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2014 yil 5 martda "Dunyo qarashlar dialogi: ayol va jamiyat taraqqiyoti" mavzusida Respublika ilmiy - nazariy konferentsiyasini o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Konferektsiyada respublika davlat va boshqaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilot vakillari, barcha oliy o‘quv yurti, ilmiy tadqiqot institutlari professor-o‘qituvchilari, xodimlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Konferentsiya quyidagi sho'balar bo'yicha ish olib boradi:
1-sho'ba: Jamiyat tarakkiyotiga oid muammolarni echishda ayollar dialogi (iqtisod, siyosat, fan, ta’lim, axborot texnologiyalari).
2-sho'ba: Ayollar jamoat tashkilotlariniig fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi roli.
3-sho'ba: XXI asr etakchilarini tarbiyalash va tayyorlashda ayollarning roli.
4-sho'ba: Ommaviy axborot vositalarida ayollar muammolariniig yoritilishi
Konferentsiyaga maqola va tezislar 2014 yil 10 fevralga qadar qo‘yidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 400-uy (UzMUning Huquqshunoslik, Xorijiy filologiya va Falsafa fakultetlari joylashgan bino, 5-qavat, dekanat), ma’lumot uchun telefon: (+99871)246-67-72, (+99893) 588-38-08, konferentsiya koordinatori X.Soqiev.


Maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:

Maqola va tezislar o‘zbek va rus tillarida, hajmi 4 betgacha tayyorlanishi mumkin. Matn Microsoft Word muharririning Times New Roman shrifti RTF formatda, xarflar 14 shrift, satrlar orasi 1 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
Matn maydoni: yuqori va pastdan 2,5 sm., o'ngdan 1,5sm., chapdan 3 sm.
Birinchi sahifaning yuqori o'ng tomonidan muallifning familiyasi, ismi va sharifi va hamda ishtirok etiladigan sho'baning nomi to‘liq keltiriladi.
Bir qator tashlanib bosh xarflar bilan maqola yoki tezis mavzusi, keyingi qatordan xat boshidan matn yoziladi. Matn ilmiy, texnik va stilistik jihatdan tahrir qilingan bo‘lishi shart.
Maqola va tezislarning elektron va qog‘ozdagi nusxasi muallif imzosi bilan taqdim etiladi.
Konferentsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq a’zolik badali (30 ming so‘m) konferentsiya koordinatoriga topshiriladi.
Mazkur talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar to‘plamga kiritilmaydi.
Matnda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma'lumotlar aniqligi uchun muallif javobgardir.
Tashkiliy qo‘mita