Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Iqtisodiyotni modernizaiya qilish sharoitida soliqlarning rag‘batlantiruvchanlik rolini yanada oshirish yo‘llari

Toshkent moliya instituti Kengashining 2013 yil 27 dekabrdagi 5-sonli yigilishida qabul qilingan qarori asosida institutda "Iqtisodiyotni modernizaiiya qilish sharoitida soliqlarning rag‘batlantiruvchanlik rolini yanada oshirish yo‘llari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi 2014 yil 22 fevralь kuni o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy konferentsiyaning maqsadi nazariy bilimlarni amaliyot bilan o‘zviyligini ta’minlash orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida soliqlarning rag‘batlantiruvchanlik rolini yanada oshirish yo‘llarini aniqlash hamda ularni ilmiy asoslashga qaratilgan.
Respublika miqyosidagi mazkur konferentsiyani o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 25 dekabrdagi "Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-359-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi PQ-2099-son qarori asos bo‘lib xizmat qiladi,
Konferentsiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari, Toshkent moliya instituti, Soliq akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa OO‘Yularida ilmiy tadqiqot olib borayotgan professor-o‘kituvchilar, iqtidorli talaba va magistrantlar hamda soxa mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqtsa.
Ilmiy izlanish ishlari natijalari, ilmiy makola va maruza tezislari ko‘rinishida rasmiylashtirilishi va milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish gparoitida soliqlarning rag‘batlantiruvchanlik rolini yanada oshirish masalalariga mos kelishi lozim.
Konferentsiyaga jo‘natilgan maqola(tezis)lar quyidagi yo‘nalishlarga mos kelishi lozim:
1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida soliq siyosatining asosiy
yo‘nalishlari.
2. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliqlarning rag‘batlantiruvchanlik roly.
3. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda soliqlarning ragbatlantiruvchanlik roli.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishini soliqlar orqali rag‘batlantirish masalalari.
5. Solikqa tortish tizimini yanada takomilashtirish orqali xo‘jalik gorituvchi sub’ektlarning iqtisodiy sshyuhiyatini oshirish.
6. "Soliqlar va soliqqa tortish" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
7. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari.
8. Ilmiy maruza va tezislarga talablar:
9. Ilmiy maqola(tezis)lar tashkiliy qo‘mitaga 2014 yil 15 fevralga qadar yozma va elektron variantlarda takdim etilishi lozim.
10. Maqola(tezis)lar o‘zbek, rus va ingliz tillarida 2 yoki 3 to‘liq bosma betda taqdim etilishi mumkin. Ular ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan holda Microsoft Word garnitura, Times New Roman, 14 shriftda, 1.5 interval va A4 (210*297) formatdagi oq qog‘ozda, o‘lchamlari: yuqori va quyi qismidan 2 sm, chap tomondan 3 sm hamda o‘ng tomondan 1.5 sm bo‘lishi lozim.
11. Maqola(tezis)lar nomlari bosh harflar bilan, qator yuqorisida muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ish joyi ko‘rsatiladi. Elektron variant nomlanishida muallif(lar) familiyasi va initsiallari bilan boshlanadi. Ilmiy maqola(tezis)lar nashri kafolatlanadi. Maqola va tezislarda keltirilgan fikr^ mulohaza va raqamlarga muallif(lar) javobgar hisoblanadi. Talabga javob bermaydigan va yuqorida ko‘rsatilgan muddatdan kechikib topshirilgan maqola(tezis)lar nashr etilmaydi. To‘plam nashr qilinadi, maqola (tezis) bir betining narxi 5000 so‘m.