Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida xizmat ko’rsatish sohasi samaradorligini oshirish va innovasion faoliyatni takomillashtirish muammolari

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi «Iqtisodiyot maktabi»ning 2014 yil 21-22-fevral kunlari an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani o’tkaziladi.

Konferensiya mavzusi: “Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida xizmat ko’rsatish sohasi samaradorligini oshirish va innovasion faoliyatni takomillashtirish muammolari”.

 ANJUMANDA KO’RILADIGAN MASALALAR:

1Xizmat ko’rsatish sohasida samaradorlikni oshirish va modernizasiyalashning nazariy va metodologik muammolari.

2. Xizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni  takomillashtirish muammolari.

3. Xizmat ko’rsatish sohasida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni takomillashtirish muammolari.

4. Xizmat ko’rsatish sohasida innovasion faoliyatni takomillashtirishmuammolari. 

Anjuman tili: o’zbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman qatnashchilari: Anjumanga professor-o’qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Anjuman materiallari chop etiladi va ishtirok etgan mualliflarga tarqatiladi.

 Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirilishi bo’yicha talablar:

  • ma’ruza matnlari Times New Roman hamda 14 o’lchamdagi shriftda 1 intervalda, 3-5 varaq hajmda yozilgan va tahrir qilingan bo’lishi lozim;
  • matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm, o’ngdan 2 sm, chapdan – 2 sm. o’lchamda belgilanadi va har bir sahifaning matn bilan to’liq bo’lishi talab qilinadi;
  • ma’ruza tezislari 1 nusxa qog’ozda va elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;
  • ma’ruzalar mavzusining pastida muallifning ismi, sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni to’liq ko’rsatilishi kerak.

 

Mualliflik badali: to’plamni nashr qilish anjumanni o’tkazish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash uchun har bir bet maqolaga 5,0 ming so’m belgilangan.

Muddat: ma’ruzalar 2014 yilning 30 yanvariga qadar qabul qilinadi.

Eslatma: Maqola anjumanning qaysi yo’nalishiga mo’ljallanganligi aniq ko’rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

  Bog’lanish uchun telefonlar: +99866-233-17-88

E-mail: Samisitahlil@inbox.uz