Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Maktabgacha ta’lim: muammo va yechimlar

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Termiz Davlat universiteti

“Maktabgacha ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman
xabarnomasi

TermizDU MAKTABGACHA TA’LIM kafedrasida 2014 yilning 13-14 fevral kunlari Sog’lom bola yili munosabati bilan “Maktabgacha talim: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkaziladi. Anjumanda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha sho’balar tashkil qilinadi:

I-SHO’BA: “MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA SOG’LOM BOLA TARBIYASIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING O’RNI”,

II-SHO’BA: “MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH”,

III-SHO’BA: “SOG’LOM BOLA KOMILLIGINI TA’MINLASHDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARI VA OILA HAMKORLIGI”

Maqolalar rus va o’zbek tilida qabul qilinadi. Maqola anjuman mavzusiga mos kelishi shart. Maqola mavzusiga mos tarzda sho’baning nomi ham ko’rsatiladi.
Maqola hajmi A4 formatda, 14-o’lchamli shriftda, 3 betgacha elektron va qog’oz variantda “MS-WORD” redaktorida “Times New Roman” shriftida 1,5 interval oraliqda yuqoridan va pastdan 2sm chapdan 3sm va o’ngdan 1,5sm tashlangan holda tayyorlanadi.
Matn rasmiylashtirish tartibi:
Maruza mavzusi, muallifning familyasi, ismi, sharifi,  muassasaning to’liq nomi.
Anjumanda ishtirok haqida xabarnoma quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Termiz sh. F.Xo’jayev, 43 Pedagogika fakulteti
tel: +998 95 5014357 +998 915855218
      +998955014364

email: shapulat@mail.ru