Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Mustaqillik yillarida sportning rivojlanish tarixi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika fakultetida 2013-yil 12-dekabr kuni «Mustaqillik yillarida sportning rivojlanish tarixi» nomli respublikaviy ilmiy-nazariy anjuman bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

Anjuman kuyidagi yo’nalishlar bo’yicha bo’lib o’tadi:

  1. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanish tarixi.
  2. Bolalar sportni rivojlanishning  fiziologik va anatomik asoslari.
  3. Bolalar sportni rivojlanishning  pedagogik va psixologik asoslari.

Maqolalar joriy yilning 9-dekabrigacha qabul qilinadi.

Maqolalar  3 sahifadan kam va 5 sahifadan ortiq bo’lmasligi va 14 kattalikda, 1,5 interval, Times New Roman shriftida, tepadan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chap tomondan 3 sm, o’ng tomondan 1,5 sm qoldirgan holda bir nusxa chiqarilgan, tahrir qilingan va elektron variantda yetkazilishi lozim.

Maqolalar o’zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarda qabul qilinadi

Maqoladagi ma’lumotlarning aniqligi, ilmiy, imloviy va uslubiy sifati uchun mualliflar javobgardirlar.

Maqolaning har bir sahifasi uchun 5000 (besh ming) sumdan badal puli to’lanadi. Bu summani pochta orqali quyidagi manzilga jo’natish yoki ma’sul kishiga shaxsan berish mumkin:

Tashkiliy qo’mita manzili: 230012, Nukus shahri, Ch.Abdirov ko’chasi, 1, Qoraqalpoq davlat universiteti Pedagogika fakultet Sport fanlari kafedrasi,

Ma’sul shaxs - Turdimuratov Jengis Avezovich.

Elektron variantini quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: avqiz67@mail.ru, djin677I@mail.ru

Ma’lumot uchuy telefonlar: +99891 381-82-07, +99893 368-73-74.