Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

«Onomastika» nomi bilan ataluvchi ilmiy maqolalar to’plami jurnaliga maqola qo'shish

2013 yildan boshlab Samarkand Davlat universitetida «Onomastika» nomi bilan ataluvchi ilmiy maqolalar to’plami tashkil etildi va uning birinchi soni jurnal shaklida nashrdan chiqdi. Uning ikkinchi sonini chop etish rejalashtirilmoqda. Shuning uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha yozilgan maqolalar joriy yilning 25 dekabrigacha qabul qilinadi.
I. ONOMASTIK TADKIKOT YO’NALISHLARI: 1.Andronim, 2.Agionim, Z.Agroonim, 4.Astionim, 5. Antroponim, 6. Agnonim, 7. Gelonim, 8.Geonim, 9.Gidronim, 10.Godonim, 11 .Genotoponim, 12.Dromonim, 13.Drimonim, 14.Zoonim, 15.Mikrotoponim, 16.Makrotoponim, P.Oykonim, 18,Okeanonim, 19.0ronim, 20.0donim, 21.Nekronim, 22.Fitonim, 23.Fitotoponim. 24.Ergotoponim, 25.Etnotoponim, 26.Etnonim, 27.Xrematonim, 28.Xrononim, 29.Xoronim, 30.Speleonim, 31.Teotoponim, 32.Topotoponim, 33.Urbonim, 34.Paragogonim, 35.Polisonim, 36.Pelagonim, 37.Potamonim, 38.Limnonim, 39.Venusonim, 40.Komonim, 41.Ktematonim, 42.Ideonim va boshqa...

II. ONOMASTIKA VA MATN.

Maqolalar 3 sahifadan kam va 5 sahifadan ortiq bo’lmasligi va 14 kattalikda, 1,5 interval, Times New Roman shriftida, tepadan 1,5 sm, pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o’ng tomondan 1,5 sm qoldirgan xolda bir nusxa chiqarilgan, tahrir qilingan va elektron variantda yetqazilishi lozim.

Maqoladagi ma’lumotlarning aniqligi, ilmiy, imloviy va uslubiy sifati uchun mualliflarning o’zlari javobgardirlar.

Maqolaning har bir sahifasi uchun 5000 (besh ming) sumdan badal puli to’lanadi. Bu pulni pochta orqali quyidagi manzilga jo’natish yoki mas’ul kishiga shaxsan berish mumkin: Samarkand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Samarkand Davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’kitish metodikasi kafedrasi, Temirov Sheraliga. Elektron variantini quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: sh-temirov@samdu.uz, sheraliboy@rambler.ru.

Ma’lumot uchun telefonlar: +99893 345-72-26.  +99866 239-12-85.

 

Eslatma: Onomastika sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan ilm ahlini barchaga tanitish va to’plam nufuzini yanada oshirish maqsadida o’zgartirishlar kiritish muljallangan. Maqola yakka tartibda bo’lishi lozim. Shuning uchun quyidagi namunaga asosan yuborishingizni so’raymiz. Maqolalar uzbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.

Namunani yuklab olish.