Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“O’zbekistonda inson taraqqiyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

AXBOROT XATI

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Mehnat va ijtimoiy soha iqtisodiyoti” kafedrasi 2013 yilning 22 noyabr kuni  “O’zbekistonda inson taraqqiyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o’tkazadi.

Ilmiy konferensiyada qatnishish uchun ilmiy hodimlar, professor-o’qituvchilar, amaliyot mutaxassislari, tadqiqotchi izlanuvchilar taklif qilinadi.

Konferensiyada  quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

1.Iqtisodiyotni barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash yo’nalishlari.

2.O’zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish istiqbollari

3.Inson tarqqiyotida turmush darajasi va gender omillari.

4.Inson taraqqiyotida ish bilan bandlik masalalari.

5.Inson tarqqiyotida demografik vaziyat va aholi salomatligining o’rni.

6.Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.

Konferensiya materiallari to’plamini chop etish ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2013 yilning  1 noyabrigacha bo’lgan muddatda ilmiy maqola va tezislarni chop etilgan hamda elektron shaklda quyidagi izohlangan rasmiylashtirish tartibiga rioya etgan holda tahririyatga jo’natilishi lozim.

Taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:

1. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola MS Word 2003-2010 formatida,    Times New Roman  shriftida, 14  hajm   kattalikda, 1,5 intervalda yoziladi.

2.   Qog’oz hajmi A4 (210x297 mm), tepadan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 2,0 sm, o’ngdan 1,0 sm doirasida yoziladi. Maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida, to’liq 3 betgacha hajmda taqdim etilishi mumkin. Maqolaning har sahifasi uchun naqd pul va pul o’tkazish yo’li bilan  7000 so’m to’lanadi.

3.   Birinchi qatorda muallifning ismi-sharifi va otasiningismi, 2-qatorda muallifning ish joyi  va lavozimi, 3-qatorda mavzuning nomi sahifaning o’rtasida bosh va qalin harflarda, 4-qatordan matn yoziladi.

4.    Yuqoridagi qo’yilgan talablarga javob bermaydigan va tahrir hay’ati ma’qullamagan maqolalar chop etilmaydi hamda qo’l yozmasi qaytarilmaydi.

Tashkiliy qo’mita: Toshkent shahar, O’zbekiston shox ko’chasi, 49. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, “Mehnat va ijtimoiy soha iqtisodiyoti” kafedrasi, 1-bino, 2-qavat, 210-xona.

Koordinator: i.f.n., I.A. Bakiyeva tel. +998909155697 (Iroda_Bakieva@mail.ru)

Murojaat uchun telefon: ( 8-371 ) 239-28-13