Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo`lib o`tadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi “Talabalar Respublikasi Fan olimpiadasi Nizomi” hamda “2015 yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”dagi №123-sonli buyrug‘iga asosan 2015 yil 20-21 may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida Umumkasbiy“Fransuz tili” fanidan Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o‘tkaziladi.

 Olimpiada sinovi 4turdan iborat:

 1.  Tinglash  uchun  test. Fransuzcha tinglash uchun test materiali qo‘yib eshittiriladi va u bo‘yicha tuzilgan testlarga yozma javob yozish talab qilinadi

30 daqiqa - 100 ball;

2.  50 ta savoldan iborat test topshiriqlarini 50 daqiqa davomida komp’terda bajarish - 100 ball;

3.  10-12 daqiqa badiiy-o‘quv filmidan parcha ko‘rish va mazmunini 30 daqiqa davomida fransuz tilida yozma bayon etish  - 100 ball;

4.  O‘quv dasturida ko‘rsatilgan muayyan mavzu bo‘yicha fransuz tilida suhbat (O‘zbekiston va Fransiyaning davlat tizimi, iqtisodiyoti, ta’lim tizimi, tarixi, siyosati, madaniyati, san’ati, buyuk siymolari, yoshlar hayoti va hokazo haqida 10 daqiqa davomida suhbat qilish) -100 ball.

 Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti olimpiada Tashkiliy qo‘mitasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasining I-bosqichida g‘olib talaba (1 nafar) va ilmiy rahbar (1 nafar)ning familiyasi, ismi va sharifi OTM rektori imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan xat orqali 2015 yilning 10 mayigacha yuborishingizni so‘raydi. Bundan tashqari, olimpiada shartlari bo‘yicha taklif va test materiallarini ham 10 maygacha etkazishingiz so‘raladi. Muddatdan kechikkan yoki olimpiadaga kelgan rahbarlarning o‘zi olib kelgan variantlari, testlari inobatga olinmaydi.

2015 yil 20 may kuni soat 9:00 da olimpiadaning ochilish marosimi bo‘ladi. Olimpiada sinovlari 2015 yil 20 may kuni, soat 10:00 da boshlanadi. 21 may kuni soat 15:00 da olimpiadaning tantanali yopilish marosimi bo‘ladi va g‘oliblarga mukofotlar topshiriladi.

Ishtirokchilar Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomida keltirilgan 2-3-4-shakllar (OTM rektori imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan holda) 1 bosqichidag‘olibi bo‘lgan talaba pasportiva reyting daftarchasi, 2 dona rasmiasosida olimpiadaga qo‘yiladi.

 

Manzil: 140104, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi 93 uy

Ma’lumot uchun telefon:   (998-66) 233-78-73

Faks:                                      (998-66) 210-00-18

 

E.mail: ssifl-ilmiy@umail.uz, bekpulat2010@mail.ru

 

TASHKILIYQO‘MITA