Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ta’lim tizimini rivojlantirishda ta’lim bosqichlari o’rtasidagi integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirish

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida   2014 yilning  1 mart kuni   “Ta’lim tizimini rivojlantirishda ta’lim bosqichlari o’rtasidagi integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirish”  mavzuidagi Respublika  ilmiy - amaliy konferensiyasini o’tkazish rejalashtirilgan.

Anjumanning ilmiy-ommabop tezislar to’plamini chop etish ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan  2014 yilning 10 fevraligacha bo’lgan muddatda tezislar chop etilgan va elektron shaklda quyidagi rasmiylashtirish tartibiga rioya etilgan holda anjuman tahririyatiga jo’natilishi lozim. Tezislar o’zbek va rus tillarida taqdim etilishi lozim.

Konferensiyada quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

1) Ta’lim bosqichlari o’rtasidagi integrasiya jarayonlarini rivojlantirishning asosiy jihatlari

2) O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari

3) Oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini o’zaro hamkorligini  rivojlantirishning muammolari va uning dolzarb vazifalari

4) Innovasion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ustuvor yo’nalishlari

5) O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ustuvor yo’nalishlari

6) O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi bitiruvchilari bandligini ta’minlashning muammo va yechimlari

7) Iqtisodiyot va ta’lim.

Taqdim etilayotgan tezislarni rasmiylashtirish tartibi:

1. Taqdim etilayotgan tezis MS Word 95 – 2003, 2007, 2010 formatida, Times New Roman shriftida, 14 hajm kattalikda, 1,5 intervalda yoziladi.

2. Qog’oz hajmi A4 (210 x 297 mm), tepadan, pastdan 2 sm., chapdan 2 sm., o’ngdan 2 sm doirasida yoziladi.

3. Birinchi qatorda mavzuning nomi, sahifaning o’rtasida bosh va qalin harflarda, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi va lavozimi, 4-qatordan matn yoziladi.

4. Tezis matnlari ikki nusxada va elektron shaklda universitetning “Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash”  bo’limi Bosh bino 3-qavat 1-xonaga taqdim etiladi.

5. Tezisning har sahifasi uchun 7000 so’m to’lanadi.

6. Qo’yilgan talablarga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi hamda qo’l yozmasi qaytarilmaydi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash” bo’limi,
tel: (998-71) 239-29-16, 232-63-07, (+99890) 975-27-34 Inoyatilla Nematov, (+99893) 553-05-39 Akmal Salimov.         
e-mail: litsey­_kollej@mail.ru
Manzil: Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49-uy.