Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tarixiy manbashunoslik va tarixnavislik metodlari va metodologiyasini takomillashtirishning dolzarb masalalari

Respublika tarixchi olimlari diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi"da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, OO‘MTVning 2013 yil 26 dekabrdagi 494-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2014 yil 13 mart kuni "Tarixiy manbashunoslik va tarixnavislik metodlari va metodologiyasini takomillashtirishning dolzarb masalalari" mavzuidagi respublika miqyosidagi an’anaviy konferentsiyaning 6-navbati o‘tkaziladi.
Konferentsiya innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalariga muvofiq O‘zR FA Sharqshunoslik hamda Tarix institutlari hamkorligida tashkil qilinmokda.
Konferentsiyada quyidagi masalalar sho‘’balarda muhokama qilinadi:
1- sho‘’ba: "Qadimiyat, o‘rta asrlar, yangi va eng yangi davr tarixiy manbashunosligi
va tarixshunosligi";
2- gpo‘’ba: "Tarix tadqiqoti metodlari va metodologiyasining dolzarb
masalalari";
3- sho‘’ba: "Etnologiya va ijtimoiy antropologiya muammolari va bu sohadagi
izlanishlar";
4- sho‘’ba: "Xorijiy mamlakatlar tarixi va tarixnavisligining ilmiy- nazariy
hamda uslubiy masalalari"
Konferentsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruzalar to‘plami uchun maqolalar 2014 yilning 15 fevraligacha. Times New Roman 14 shriftida, 3 betdan 8 betgacha qog‘oz va elektron nusxada, imlo va bayon uslubi to‘g‘rilangan holda qabul qilinadi. Sahifa A-4 formatda yuqoridan 2,5 chapdan 3, o‘ngdan 1,5 pastdan 2sm qoldirib, satrlar oraligi 1,5 interval qilib shakllantirilsin. Muallifning ismi, familiyasi, ilmiy daraja va unvonlari, ish joyi, telefon raqamlari sarlavha ostida to‘liq ko‘rsatilsin.
Maqola nashr harajatlari uchun har betiga 8000 so‘mdan naqd to‘lov bilan birga qabul qilinadi. Ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirilgan materiallar to‘plamga kirmaydi. Ularning mazmuni bo‘yicha tanlash huquqini o‘zimizda saqlaymiz. Maqoladagi fakt va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar javobgardir.
Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 16-uy. Binoning 5-qavati, 501- va 510-xonalar. Mo‘ljal: Oybek-Ming o‘rik metro bekatlari yoni. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Markaziy. Osiyo xalqlari tarixi" va "Xorijiy mamlakatlar tarixi" kafedralari.
Tel: (8 371) 252 14 59, (+99894) 649 24 64, (8 371) 256 75 87
Tashkiliy guruh