Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

XXI asr – intellektual avlod asri

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning “Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo’lga qo’yish” borasidagi IV-yo’nalishining 35-bandida va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 fevraldagi O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash bo’yicha Respublika ishchi guruhi majlisining 32-sonli bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda respublika hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb qilish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish maqsadida joriy yilning 13-14 iyun kunlari Navoiy davlat konchilik institutida (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari uchun) yosh olimlar va talabalar ishtirokida “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida hududiy ilmiy–amaliy konferensiyasi o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

“XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy ilmiy–amaliy konferensiyalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’tkaziladi:

- ijtimoiy-gumanitar fanlar;

- tabiiy fanlar;

- aniq fanlar;

- texnika fanlari;

Hududiy ilmiy-amaliy konferensiyalarda seksiyalar bo’yicha 1-, 2- va 3- o’rin g’oliblari Buxoro davlat universitetida bo’lib o’tadigan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etadi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2014 yil 27-28 noyabr kunlari Buxoro davlat universitetida ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar hamda texnika fanlari yo’nalishlari bo’yicha bo’lib o’tadi.

Respublika va hududiy konferensiyalarda qatnashish istagini bildirgan yosh olim va talabalar konferensiya Shtabiga quyidagilarni taqdim etadilar:

- muallif haqidagi ma’lumotnoma (obyektivka);

- muallifning pasport nusxasi;

- konferensiya materiallari to’plamiga ilmiy maqola (elektron va qog’oz varianti);

- taqdim etilayotgan maqolaga berilgan soha bo’yicha yetuk mutaxassisning taqrizi;

- respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashish bo’yicha Talabnoma, jumladan talabnomada muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, konferensiya yo’nalishi (seksiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elektron pochta manzillari bo’lishi zarur.

Ilmiy maqola va tezislar matnlari tahrir qilingan holda A-4 format kattalikdagi qog’ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1 sm joy qoldirib, 2 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so’ng muallifning ismi va otasining ismini bosh harflar hamda familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko’rsatiladi. So’ngra 1,5 interval qoldirib matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Ilmiy maqola va tezislar matni sahifalanmagan bo’lib, uning elektron nusxasi  Word dasturida, Times New Roman shriftining 14 kegel kattalligida bo’lishi va 5 betdan oshmasligi lozim. Elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda konferensiya Shtabiga yetkaziladi yoki elektron pochta orqali jo’natildi.

         Konferensiya materiallari to’plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

- ilmiy maqolalar konferensiya yo’nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqlim etilishi lozim;

- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo’yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;

- konferensiya materiallari o’zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilishi mumkin.

 

Konferensiya bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni “Kamolot” YoIH institut BT dan olishingiz mumkin.