Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yuqori texnologiyalarga asoslangan texnik va texnologik jarayonlarni modellashtirishning zamonaviy muammolari

XABARNOMA

 

 1. O’zbekiston Respublikasi  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  “Vazirlik tizimidagi Oliy ta’lim muassasalarida 2013 yilda o’tkaziladigan  ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi  2013 yil  24 yanvardagi  № 23 sonli  buyrug’iga asosan 2013 yil 26-28 noyabr kunlari Buxoro  muhandislik-texnologiya institutida “Yuqori texnologiyalarga asoslangan texnik va texnologik jarayonlarni modellashtirishning zamonaviy muammolari” («Oliy matematika» kafedrasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag’ishlanadi) mavzusida Vazirlik miqyosidagi xorijiy olimlar ishtirokida Respublika ilmiy – amaliy anjumani o’tkaziladi.

 

   Mazkur anjumanga Siz rahbarlik qilayotgan Oliy ta’lim muassasasi  professor-o’qituvchilari va ilmiy-tadqiqotchilarini o’z ilmiy maqolalari bilan ishtirok  etishga  taklif etamiz.

 

Konferensiya sho’balari:

 

A. Fizik – mexanik jarayonlarda zamonaviy modellashtirish usullarining tatbiqi.

 

B. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda  modellashtirishdan foydalanish.

 

V. Oziq – ovqat va yengil sanoatda yuqori texnologiyalarni qo’llash asoslari.

 

G. Energiya va resurs tejash muammolarini tadqiq etishda matematik modellashtirishni qo’llash istiqbollari.

 

D. Qurilish, arxitektura va dizayn masalalarini modellashtirish asoslari.

 

Ye. Matematika va maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy ilg’or texnologiyalardan foydalanish.

 

 Konferensiyaning ishchi tili:  o’zbek, rus tillari.

 

Konferensiya uchun tayyorlanadigan materiallarga qo’yiladigan talablar:

 

Materiallar 3 (to’la) betgacha bo’lgan hajmda 1,5 intervalda (chapdan 2 sm, yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, o’ng  tomondan 2 sm, qog’oz o’lchovi 210 x 297 mm) kompyuterning Microsoft Word muharririda, matnlar Times New Roman dasturlarida  14 o’lchamli shriftda yoziladi. Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirib, qog’ozning o’rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorga ma’ruzachining ismi-sharifi, uchinchi qatorda ma’ruzachining ish joyi yoziladi.

 

        Alohida varaqda qo’yidagilarni ma’ruzaga ilova qilishingizni so’raymiz:

 

 a) ma’ruza nomi;

 

 b) muallifning F.I.Sh;

 

 v) muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, manzili, telefon, faks, e-mail;

 

 g) ma’ruza taqdim etilayotgan sho’ba.                                                                     

 

Konferensiya uchun materialning 1 nusxadagi qog’oz varianti va elektron  matnlarini 2013 yil 6 noyabrgacha quyidagi manzilga yuborish so’raladi: Buxoro shahri  Q.Murtazoyev ko’chasi,  15-uy, Buxoro  muhandislik-texnologiya instituti  Bosh binosi,  2 – qavat  Ilmiy tadqiqot  bo’limi.

 

Tel: 8(365) 223 -78-84,  8(365) 223-46-76   

 

Faks (8 365) 223 78-84, e-mail: buxmti.konf@mail.ru

 

Tashkiliy badal – 20000 so’m, pul kuchirish yoki naqd holda  to’lanishi mumkin.

 

Bux MTI

 

sh/xv 4 999 108 600 640 179 501 000 79 004       INN  - 201504781

 

Moliya Vazirligi G’aznachiligi

 

x/r 234 02 000300 100 00 1010

 

MBBB XKKM Toshkent sh., MFO  - 00014, INN -  201122919,

 

Bux MTI. To’lov badalining chiptasida «Anjumanda qatnashish uchun» deb ko’rsatilishi  kerak.

 

Barcha talablarga javob beradigan ilmiy maqolalar to’plamga kiritiladi va chop etiladi. Ko’rsatilgan muddatda taqdim etilmagan maqolalar va ekspertizadan o’tmagan materiallar to’plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.  

 

Tashkiliy qo’mita