Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy konsepsiyalari” mavzusida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman

AXBOROT XATI

 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish, tub tarkibiy o’zgarishlar jarayoni naqadar salmoqli natijalar berayotgani 2012 yildagi rivojlanish yakunlari misolida yana bir bor o’z isbotini topdi. 2013 yilga belgilangan asosiy ustuvor yo’nalishlardan biri-respublika sanoat tarmoqlarida, eng avvalo yuqori texnologiyalar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishtirokini kengaytirish dolzarb masalalardan sanaladi.

2013 yil 14 dekabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy konsepsiyalari” mavzusida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi yuqorida keltirilgan masalalar borasida erishilgan yutuqlar, istiqboldagi vazifalarni muhokama etish va yuqori texnologiyalarni  rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqarishdan iborat.

Shu munosabat bilan 2013 yilning 1 noyabrgacha bo’lgan muddatda ilmiy maqolalar yozma va elektron shakllarda, ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish tartibiga rioya etgan holda Ilmiy to’plamlarni tayyorlash bo’yicha tahririyat guruhiga jo’natilishi lozim.

Maqolalar o’zbek, rus yoki ingliz tillarida, to’rt betdan kam bo’lmagan hajmda taqdim etilishi mumkin.

Anjumanda quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

  1. O’zbekistonda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish.
  2. Yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirishning xorij tajribasi.
  3. Sifat menejmenti tizimida yuqori texnologiyalarni joriy qilish.
  4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori texnologiyalarni qo’llash samaradorligi.

Taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:

  1. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola  Microsoft Word (97- 2003  `yoki RTF) garnitura; Times New Roman shriftida; 14 shriftda yoziladi.
  2. Kog’oz hajmi A4 (210-297 mm); tepadan 2,5 sm., pastdan 2,5 sm., chapdan 2,5 sm., o’ngdan 2,5 sm. doirasida rasmiylashtiriladi.   
  3. 1-qatorda mavzuning nomi bosh va qalin harflarda sahifaning o’rtasida, 2-qatorda muallifning ismi – sharifi va otasining ismi; 3-qatorda muallifning ish joyi va lavozimi; 4-qatordan matni yoziladi.
  4. Qatorlar o’rtasidagi farq 1,5 interval qilib belgilangan.
  5. Maqola matnlari 2 nusxada va elektron shaklda TDIU “Menejment” kafedrasiga taqdim qilinadi. Maqola Tashkiliy ko’mitaning Ilmiy uslubiy kengashidan ekspertizadan o’tsa, chop etishga tavsiya beriladi. Ilmiy maqolalar to’plamini chop etish uchun har bir sahifaga 7000 so’m to’lanadi.
  6. TDIU “Menejment” kafedrasining manzili: Toshkent shahri, O’zbekiston shoh  ko’chasi, 49  uy 5 bino 3 qavat 301 xona,  telefonlar 232-63-52, faks: 99871 232-63-52, 239-28-49. Ye –mail: tdiumenegment-2013@mail.ru.

                                                                                                                                                                                                                                                                  Tashkiliy qo’mita