Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Axborot texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini samarali rivojlaitirish istiqbollari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasiga asosan quyidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

13-14 mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Axborot texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini samarali rivojlaitirish istiqbollari" mavzusida respublika miqyosidagi;

30 aprel kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida "Shaxs ma’naviyatining shakllanishida san’at va madaniyatning roli" mavzusida respublika miqyosidagi anjumanlar o’tkaziladi.

2014 yil 13-14 mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Axborot texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini samarali rivojlantirish istiqbollari" mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini o’tkazadi.

Anjuman quyidagi sho’balar bo’yicha faoliyat yuritadi:

1.    Elektron hukumat tizimini joriy etishning muammolari

-     ma’sul: prof. Yakubov M.S., Djurayev O.N.

2.   Informatika va axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolari

-     ma’sul: k.t.n. Raxmatov F., dos. Ganiyev A.A.

3.   Axborot kutubxona jarayonlarini boshqarish

-     ma’sul: prof. Raxmatullayev M.A., dos. Ganiyeva B.I.

4.   Axborot xavfsizligining rivojlanish istiqbollari

-     ma’sul: t.f.n. Tashev K.A., k.t.n. Nazirova E.Sh.

5.   Zamonaviy  axborot   va  pedagogik  texnologiyalari - ta’lim  sifatini
oshirish faktori

-     ma’sul: prof. Zakirova F.M., t.f.n. Migranova E.A.

6.    Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari

-     ma’sul: dos. Isayev R.I., dos. Yunusov N.Yu.

7.    Telekommunikasiya tarmoqlari va kommuasiya tizimlarining rivojlanish
tamoyillari

-     ma’sul: dos. Eshmuradov A.M., dos. Gulturayev N.X.

8.   Rahamli    televideniye    va   radioeshittirish,    simsiz    texnologiyalar,
radiotexnika. Rivojlanish istiqbollari

-     ma’sul: t.f.n. Nigmanov A.A., dos. Davronbekov D.A.

9.   Tele va kino ishlab chikrrishning zamonaviy muammolari

-     ma’sul: f.-m.f.n. Nuraliyev F.M., Muxamadiyev A.Sh.

10.O’zbekistonda    axborotlashgan    jamiyat   rivojlanishining    iqtisodiy
masalalari

-   ma’sul: i.f.n. Turayev Sh.Sh., Tursunov Sh.A.

Anjumanni o’tkazish uchun barcha sharoitlar tashkil etiladi: shaxsiy kompyuter, elektron proyektor va kerakli dasturiy ta’minot. Prezentasiyalarni Power Point97-2003 dasturida tayyorlash zarur.

Anjuman   ma’ruzalarini  2013   yil   15   fevralgacha tegishli   fakultetga

topshirish kerak.

ANJUMAN TILLARI

Anjumanning ishchi tillari: o’zbek, ingliz va rus.

ANJUMAN MA’RUZALARINING CHOP ETILISHI

Anjuman ma’ruzalarini asl til va nusxada chop etiladi. Ma’ruzalar hajmi -1-2 to’liqbet.

 

 

MA’RUZALARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

1. Ma’ruza matnlari A4 formatdagi varaqda va quyidagi o’lchamlar bilan chapdan - 3,0 sm, o’ngdan - 1,5 sm, yuqoridan va pastdan - 2,0 sm rasmiylashtiriladi. Betlarga raqam qo’yilmaydi. Microsoft Word2003 dasturida Times New Roman uzva Times New Roman shriftida 14 o’lchamda terilgan, bir intervalda bosilgan holda bitta qog’oz versiyasi bilan elektron versiyasi ham topshiriladi. Qog’oz versiyasini lazer printerda chiqarish lozim.

2.  Rasmiy talablar:

-    birinchi qatorda - ma’ruzaning nomi bosh bosma harfda o’rtadan qalin qilib yoziladi, ikkinchi qator - bo’sh, uchinchi qator (va to’rtinchi, agar mualliflar ikkita bo’lsa) - muallifning I.Sh.Familiyasi, qavs ichida (ish, o’qish joyi, lavozimi), oddiy harfda qiya qilib yoziladi. Keyingi qator bo’sh qoldiriladi, undan keyin ma’ruza matni keltiriladi;

-    ham mualliflar ikkidan ortiq bo’lmasligi va bitta muallifdan ma’ruzalar ikkitadan ko’p bo’lmaslik kerak;

-    jadval nomi tepada o’rtadan qilib yoziladi, keyin jadval - o’rtadan qilib rasmiylashtiriladi.

-  rasm nomi rasm pastidan, rasm va uning nomi o’rtadan qilib yoziladi.

Rasmlar nuqtaviy formatlarida keltiriladi (masalan, Raint redaktori). Microsoft Wordvositalari yordamida rasmlarni bajarish ma’n etiladi;

-  formulalar Microsoft Word formulalar redaktorida teriladi;

-  birorta skaner qilingan axborot ishlatilishi ma’n etiladi.

3.   Anjuman ma’ruzalari asl nusxada chop etiladi. Ma’ruza matnlariga taqrizlar berilmaydi, o’zgartirishlar kiritilmaydi. Maqolalar qaytarilmaydi.
Taqdim etilgan axborot to’g’riligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgar.

Maqolani anjuman dasturiga kiritilgailigi to’g’risida axborot muallifning elektron pochtasi orqali yoki og’zaki 2013 yil 15 fevralgacha xabardor qilinadi.

4.Alohida qog’ozda muallif(lar) to’g’risida ma’lumot keltiriladi:

-  to’liq familiya, ismi-sharifi;

-  ish (o’qish) joyi va lavozimi;

-  telefon, elektron pochta;

-  sho’ba.

Eslatma: Tahririyat kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. Manzil: Toshkent sh., 100202, A.Temur ko’chasi, 108. Tel.: (8-371) 238-64-03, 238-64-43; faks (8-371) 235-10-40, 238-65-52