Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Tarjimashunoslik: dolzarb masalalar va istiqbollar” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti  Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasining “Tarjimashunoslik: dolzarb masalalar va istiqbollar” mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o’tkazilishi haqidagi

Axborot xati

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni 2001-yil 30-yanvar kuni soat 10:00 da O’zMU Madaniyat saroyining Kichik zalida o’tkaziladigan Respublika miqiyosidagi “Tarjimashunoslik: dolzarb masalalar va istiqbollar” mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.

Anjuman doirasida quyidagi sho’balar uchun maqolalar qabul qilinadi:

  1. O’zbek tarjimashunosligi: kecha va bugun
  2. Badiiy tarjimada kognitiv dissonans muammosi
  3. Badiiy tarjimada pragmatika
  4. Zamonaviy tarjima tanqidchiligi
  5. So’nngi yillarda amalga oshirilgan bevosita tarjimalar qiyosiy tahlili va tadqiqi

Maqolalar quyidagi talablar:

  1. Ilmiy maqola hajmi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bilan birga besh sahifadan oshmasligi shart.
  2. Matn formati: fayl MS Word.DOC (versiya 2003); shrift Times New Roman; hajmi 14, satrlar intervali 1.5, yuqoridan, pastdan, o’ng va chapdan – 2sm;
  3. Matndagi iqtiboslar kvadrat qavs ichida quyidagicha yoziladi. Masalan: [1,B. 155], [2, B.482]; adabiyotlar ro’yxati matn so’ngida “Foydalanilgan adabiyotlar” yozuvi ostida joylashtiriladi.
  4. Maqola mavzusi betning o’rtasidan, undan keying qatordan o’ngdan maqola muallif(lar)i ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi, ishlash joyi to’liq ko’rsatilishi kerak.
  5. Anjumanda shaxsan ishtirok etib, ma’ruza qilishni xohlovchilar 23-yanvarga qadar anjuman tashkilotchilariga xabar berishingiz so’raladi.

Maqolalarni 20-yanvar 2014-yil kechgi soat 18:00 ga qadar: translation@nuu.uz manzilidagi elektron pochtaga yuborishingiz yoki quyidagi manzilga chop etilgan variant va elektron variant bilan olib kelishingiz mumkin: O’zMU, Xorijiy filologiya fakulteti, Farobiy ko’chasi 400-uy, 3-qavat 10-xona “Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi”.

Maqolalar chop etish uchun har bir betga 7 ming so’mdan to’lanadi. Anjuman materiallari to’plami (ishning sifatini ta’minlash maqsadida) mart oyidan chop etilishi mo’ljallangan. Anjuman va maqolalarga oid savollar bo’yicha konferensiya tashkiliy qo’mitasi (O’zMU, Xorijiy filologiya fakulteti  Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi)ga  yoki anjuman tashkiliy qo’mitasi mas’uli dots. G.K. Odilovaga murojaat etishingiz mumkin: +998919455255; +998909719140.