Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Buyuk ipak yo’lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi  56-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2015  yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar reja”si va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2015 yilda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 51-sonli buyrug’ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand Davlat Chet tillar institutida 2015 yil 29-30 may kunlari “Buyuk ipak yo’lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat mavzusida Vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjuman Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarni o’qitishga ixtisoslashgan OTMlari, O’zbekistonning eng yangi tarixi markazi hamda SamDChTI qoshidagi Konfusiy instituti bilan hamkorlikda o’tkaziladi. 

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha seksiyalar tashkil qilinadi:

  • Til va adabiyot nazariyasi;
  • Buyuk ipak yo’li mamlakatlari tili, ta’limi va madaniyati;
  • O’zbekistonning eng yangi tarixi;
  • Xorijiy tillarni o’rganishda ta’lim-tarbiya  nazariyasi va metodikasi;
  • Matnshunoslik  va adabiy  manbashunoslik;
  • Madaniyat  nazariyasi  va tarixi. 

Anjuman tili: o’zbek tili va boshqa xorijiy tillar.  

Anjuman ishtirokchilari maqolalarida seksiya va maqola mavzusi, maqolaning qisqacha annotasiyasi, muallif (ismi, sharifi, va elektron manzili) haqida ma’lumot berishlari kerak. 

Anjumanga maqolalarni quyidagi tartibda taqdim etilishi so’raladi:

Ma’ruza materiallari MS WORD Times New Roman (14) shriftida rasmiylashtiriladi. Qog’oz o’lchovi A4 (210-297)Yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm joy    qoldirish kerak. Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog’ozning o’rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorda ma’ruzachining ismi familiyasi va ish joyi yoziladi. Qator orasidagi interval 1,5 bo’lsin.Ma’ruza materiallari tahrirdan o’tgandan so’ng chop etilishi ko’zda tutilgan (tahrir ma’ruzachi zimmasida).Ma’ruza qog’oz va elektron shaklda topshirilishi lozim.

·Anjumanda ishtirok etuvchilardan 2015 yilning 25 apreliga qadar maqolalarni taqdim etishlari so’raladi.

Anjuman va maqolalarga oid savollar bo’yicha anjuman qo’mitasiga murojaat etishingiz mumkin.

Manzil: Samarqand shahri, Bo’stonsaroy, 93. SamDChTI. 

Telefonlar: +998(366)2337873; +998(91) 5281087

e-mail: ssifl-ilmiy@umail.uz, stipendiat.abror@gmail.com 

Tashkiliy qo’mita