Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Chet tillarni o’rganishning zamonaviy muammolari va istiqbollari

BuxDU Filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasi 2014-yil 21-22-fevralda “Chet tillarni o’rganishning zamonaviy muammolari va istiqbollari” mavzusi bo’yicha Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjuman o’tkazish, ilmiy maqolalar to’plamini chop etishni rejalashtirgan. Mazkur to’plam O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori ijrosining bajarilishiga bag’ishlanadi.

Ilmiy maqolalar to’plami quyidagi masalalar talqini ko’zda tutmoqda:

a)     xorijiy tillarda o’quv va badiiy adabiyotlar, elektron darsliklar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazetalar va  jurnallarni yaratish hamda chop etish samaradorligini oshirish;

b)    xalqlarning tarixi va madaniyati,  jahon ilmi va texnikasiga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy  hamda multiplikasion filmlarni o’zbek tiliga tarjima qilish muammolari;

c)     yoshlarda chet tilini egallash darajalarining Yevropa tizimi(CERC) ni o’rganishning o’rni;

d)    yoshlarga chet tilini o’raganishning psixologik aspektlari;

e)     tilini o’rganishda til xususiyatlarining o’rni va muammollari, til va madaniyatlararo komunikasiya metodlari;

f)      tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari, uslubshunos olimlarning  ilg’or tag’ribalarining roli; 

Maqola matni MS Office dasturining WORD97, 2003 muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1.5 intervalda bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi lozim.
Maqola matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1.5 sm. joy qoldirib, 2 nusxada rasmiylashtiriladi.

Havolalar matn ichida qodlashtirilgan tarzda berilishi lozim.

Maqolaning har bir sahifasiga 8000 ming sum miqdorda pul topshirilishi shart. Maqola matniga muallif va ekspertlar masul.

Maqolalarni qabul qilish muddati 2014 yil 15 fevralgacha.

Murojat uchun telefon: +998 93 455-28-52