Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Dinshunoslik fanining metodologiyasi, yondashuvi va uslubiyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari

2014 yil 8 aprelda respublikamizda "Dinshunoslik" fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda «Dinshunoslik fanining metodologiyasi, yondashuvi va uslubiyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkaziladi.
Konferentsiyada quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:
"Dinshunoslik" fanini o‘qitish: texnologiyalar, yutuqlar, muammolar va echimlar.
Dunyo dinlarini o‘rganishdagi yondashuvlar: nazariy-metodologik va uslubiy muammolar.
Barkamol avlod tarbiyasida dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi ahamiyati.
Yoshlarda diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmga qarshi immunitetni shakllantirishning nazariy-uslubiy masalalari,
Din falsafasi, psixologiyasi va sotsiologiyasining dolzarb masalalari,

Mualliflar uchun ma’lumot

Konferentsiyaga topshirilgan maqolalar iyamiy to‘plam shaklida chop etiladi. Ilmiy maqola matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.
Maqola matnini rasmiylashtirish talablari:
Maqola matni MS Office dasturining WORD97, 2003 muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1.5 intervalda bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi lozim.
Maqola matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1.5 sm. joy qoldirib, 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Ma’ruzachining ismi familiyasi. ilmiy daraja va unvoni (o‘ng yuqori burchak, kursivda, 10 kegelь kattaligidagi shrift. 1 interval), tashkilot va shahar nomi, muloqot telefonlari joy kodi bilan (ikkinchi qatorda) ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirib, maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi. Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.
Maqolaning chop etilgan va elektron nusxalari tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi.
Nashr xarajatlari uchun maqolaning har bir sahifasiga oldindan 7000 so‘mdan to‘lanadi.
Manzilimiz: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 11, (pochta indeksi 100011) Toshkent islom universiteti, "Islom tarixi va falsafasi" fakulьteti, "Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YuNESKO" kafedrasi: dots. D.Rahimjonov.
Telefon: 2449653, 2440091, 2449471;
Konferentsiya mavzusi va nashr etish talablariga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Maqolalar 2014 yil 1 martgacha qabul qilinadi.