Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Globallashuv davrida til va jamiyat: lisoniy-madaniy aspekt

2015 yilning 15-16 may kunlari  Buxoro davlat tibbiyot institut iva Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialida o’tkaziladigan “Globallashuv davrida til va jamiyat: lisoniy-madaniy aspekt” mavzusidagi ilmiy amaliy anjumani o’tkaziladi.

Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi sho’balar faoliyati rejalashtirilgan:

  1. Chet tili o’qitishning dolzarb lingvo-madaniyatshunoslik muammolari
  2. Madaniyat. Dunyoqarash va ta’minotning o’zaro aloqadorligi
  3. Globallashuv va til falsafasi
  4. Globalalshuv davrida millat, milliy madaniyat va til muammolari

Anjuman tili o’zbek, rus  va ingliz. Anjuman ishtirokchilari maqolalarida sho’ba va maqola mavzusi, maqolaning qisqacha annotasiyasi, muallif (ismi, sharifi, anzili va e-mail) haqida ma’lumot berishlari kerak.

Maqolalarga qo’yiladigan talablar:

Matn formati: Word, MS, shrift Times New Roman (14), yuqoridan, pastdan, chapdan va o’ngdan 2,0 sm. 1 intervalda. Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, o’rtasiga avtomatik tarzda keltirib qo’yiladi, keyingi qator maqola muallif(lar)i va ish joyi to’liq ko’rsatilishi kerak, ilmiy darajasi va unvonlar bo’lsa, ismi-sharifidan oldin yoziladi. Shundan so’ng sahifa o’rtasiga ingliz tilida maqola annotasiyasi (12 shriftda) 3 qatordan kam bo’lmagan holda beriladi.

Matndagi iqtiboslar kvadrat qavs ichida quyidagicha yoziladi, masalan: [Boshmirzayev: 990.27]; adabiyotlar ro’yxati matn so’ngida “Adabiyotlar” yozuvi ostida alfavit tartibida joylashtiriladi.

Maqolada ko’rsatilgan faktlarning to’g’riligiga, aniqligiga mualliflar javobgar. Mavzuga oid bo’lmagan va talablarga javob bermaydigan maqolalarni chop etish va mualliflarga qaytarishga anjuman tashkilotchilari javobgar emas.

Maqolalarni 10 aprel 2015 yilga qadar qurbonjonsh@gmail.com manzilidagi elektron pochtaga elektron (MS Word.DOC) shaklda yoki quyidagi mazilga chlp etilgan (qog’oz) variantda yuborishingiz mumkin. Buxoro davlat tibbiyot instituti, bosh bino “Tillar” kafedrasi, Navoiy ko’chasi1-uy, Buxoro shahri.

Har bir sahifasi uchun 8 ming so’mdan maqolalar bilan yetkaziladi.  Puli to’lanmagan maqolalar chop etilmaydi. Anjuman qatnashchilariga maxsus sertifikat berish ko’zda tutilgan.

Anjuman va maqolalarga oid savollar bo’yicha anjuman tashkiliy qo’mitasiga murjaat etishingiz mumkin: tel.: +998906116730 (K.B.Shodmonov), +998936510743 (T.N.Qurbonova); e-mail: tillar@buxdti.uz ; qurbonjonsh@gmail.com