Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda uzluksiz ta’lim muassasalari, oila, mahalla va huquq tartibot organlarining o’zaro hamkorligi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Anjuman tashkilotchilari: O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sirdaryo viloyat hokimligi, Guliston davlat universiteti, Sirdaryo viloyati XTB.

Anjuman o’tkazilish muddati va joyi: 2014-yil, 18-19 aprel, GulDU.

Anjumanning maqsadi: Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda oila, uzluksiz ta’lim muassasalari, mahalla va huquq tartibot organlarining o’zaro hamkorligi masalasini o’rganish, mavjud muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni tahlil qilish va tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Anjuman davomida ta’lim tizimida voyaga yetmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda oila, uzluksiz ta’lim muassasalari, mahalla va huquq tartibot organlarining o’zaro hamkorligini takomillashtirishga oid ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi, hamda tatbiq etiladi. Anjuman ishi o’zbek va rus tillarida olib boriladi.

 

Anjuman quyidagi yo’nalishlarda ish olib boradi.

1-sho’ba. Sog’lom bola tarbiyasining pedagogik va psixologik omillari.

2-sho’ba. Tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiya nazariyasi va amaliyoti.

3-sho’ba. Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olishda uzluksiz ta’lim muassasalari, oila hamda mahallaningo’rni.

4-sho’ba. Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huqubuzarliklarining profilaktikasida voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar, ichki ishlar organlari hamda sog’liqni saqlash muassasalarining vazifalari.

Materiallarni tayyorlashga qo’yiladigan talablar: Materiallar 3 bet hajmida, 1 intervalda, A4 formatli qog’ozda (hamma tomonidan 2 sm. Dan joy qoldiriladi) kompyuterning Microsoft Word muharriri (Times New Roman)da 12 o’lchamli shriftda tayyorlangan bo’lishi lozim. Materiallarning yuqori qismida, o’rtadan tegishli sho’ba nomi ko’rsatilib, mavzusi bosh xarflarda yoziladi, bir intervaldan so’ng muallif(lar)ning ism-familiyasi, ish joyi kichik yozuvlarda to’liq ko’rsatiladi va bir intervaldan keyin Tab yordamida abzas qo’yilib, matn yoziladi.

Ekspertlar xulosasi va tashkilot rahbari tasdiqlagan materiallarning 2 nusxadagi qog’oz varianti 3 bet hajmida ishtirokchining tashrif ma’lumotlari bilan birga tashkiliy qo’mitaga taqdim etiladi. Elektron matnlar 2014-yil 20-martgacha Babajanova-69@mail.ru, shox75@mail.ru, sano75@mail.ru, elektron manzillari bo’yicha qabul qilinadi.

Barcha talablarga javob bergan ma’ruza materiallari to’plam shaklida chop etiladi. Ekspertizadan o’tmagan, ko’rsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar to’plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Sho’balar tomonidan tavsiya qilingan ma’ruzalar “Gul DU axborotnomasi” ilmiy jurnalida maqola sifatida chop etiladi. Maqolalar jurnal talablari asosida tayyorlanishi zarur.

Tashkiliy masalalar va to’plamni nashr ettirish uchun har bir muallifdan quyidagi hisob raqamiga maqolaning har bir sahifasi uchun 5000 so’m miqdordagi badal puli to’lanadi.

Anjuman ishtirokchisining tashrif ma'lumotlari

Moliya vazirligi g’aznachiligi:

H/r 23402000300100001010, MFO 00014, STIR 201122919

Markaziy Bank Toshkent sh.

Gul DU, Guliston shahar 499910860244017950100079001, STIR 200322757.

 

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun manzil:

Guliston shahri 4-mavze, Gul DU bosh binosi,

2-qavat, 213-xona, Ilmiy bo’lim T.Turdiqulov.

Tel. (8-367-2)25-38-01, 25-45-85, faks 25-40-42.